Yer xudolari. Yer xudolarining eng ulug‘i yerda quyoshning, havoda chaqmoqning, yer ustida olovning mujassamlashuvi hisoblangan olov xudosi Agnidir. Agni haqidagi afsonalar Hindistondan tashqarida vujudga kelgan. U odamlarning qurbonliklarini xudolarga yetkazuvchi ruhoniy sifatida tasavvur qilingan. Biror qurbonlik uning vositasisiz xudolarga yetib bormaydi deb hisoblangan. Ayol xudolar qatoriga tong va tong nuri ma’budasi Ushas, daryo xudosi Sarasvatilar kirgan. Sarasvati keyinchalik braxmanizmda so`z xudosi sifatida tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |