Vedalar ta’limoti. Vedalarda butun tabiatning ilohiyligi haqidagi ta’limot ilgari suriladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Hindiston ko`pxudolikning o`chog‘i hisoblanadi. Undagi tasavvurlarda qator biri ikkinchisidan yuqori bo`lgan, ikkinchisi, aksincha, pastroq bo`lgan ilohiyatlar siymosi namoyon bo`ladi. Biroq, bu darajalar to`xtovsiz almashib turadi. Ilohiyatlar orasida «eng ulug‘i, eng kichigi, eng qarisi, eng yoshi» bo`lmay, ular barchasi ulug‘likda tengdir. Eng yuqori hokimiyat ham ko`pchilikka tegishli. Bir vaqtning o`zida bir xudo butun borliqning hukmdori bo`lishi va shu bilan birga u ikkinchi bir xudoga tobe bo`lishi mumkin. Masalan, Indra va barcha xudolar Varunaga tobe bo`lgan bir paytda, Varuna va boshqa barcha xudolar Indraga bo`ysunadilar. Xuddi shu munosabat boshqa xudolarga ham tegishli. Bu belgi veda ilohiyotiga ham xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |