Milliy dasturi



Download 27,01 Kb.
bet4/5
Sana18.02.2022
Hajmi27,01 Kb.
#450190
1   2   3   4   5
USTUVOR YO‘NALIShLARI

Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:


aholi, avvalo, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni belgilash;
noshirlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, sog‘lom raqobatga asoslangan bosma va elektron kitoblar bozorini rivojlantirish;
joylarga, ta’lim muassasalariga maqbul narxlarda yangi nashr etilgan kitoblarni yetkazish tizimini tubdan takomillashtirish choralarini ko‘rish;
milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etishning huquqiy asoslarini yaratish;
kitob savdosini tashkil etish chora-tadbirlarini belgilovchi mezonlarni soddalashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar bazasini yaratish;
axborot manbalarini (kitoblar, gazetalar, jurnallar, qog‘oz va elektron hujjatlar ommaviy axborot vositalarini) tarqatish tizimini takomillashtirish;
yoshga doir kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarni belgilash, maktabgacha ta’lim, maktab, professional ta’lim, oliy ta’lim va korxonalar, tashkilotlar, muassasalarda kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan manzilli dasturlarni ishlab chiqish;
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha moddiy-texnik bazani (kutubxonalar holati, kitoblar bilan ta’minlash, sohalar bo‘yicha kitoblarni ko‘paytirish) takomillashtirish;
viloyat, tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari fondlarini hududda chop etiladigan barcha bosma nashrlarning (kitob, jurnal, gazeta va boshqa nashrlarning) majburiy bosma va elektron nusxalari bilan to‘ldirib borish tizimini yo‘lga qo‘yish;
o‘quvchilarning kitobxonlik darajasi va kitobga qiziqishini turli sotsiologik so‘rovlar orqali o‘rganish, natijalarni e’lon qilish orqali ijodkorlar va nashriyotlar faoliyatiga ko‘maklashish;
kutubxonachi kadrlar salohiyatini oshirish;
kitob ishlab chiqaruvchi infratuzilmani rivojlantirish va ularning zamonaviy ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiqligini ta’minlash;
aholining kitob mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda qulaylik yaratish maqsadida mualliflik huquqlarini buzmagan holda elektron kitoblar yaratish tizimini takomillashtirish;
mamlakatimiz nashriyotlarida mavjud kitoblarning elektron katalogini yaratish va tizimli ravishda yangilab borish;
xorijiy asarlarga onlayn buyurtma berish, ularni respublika hududiga olib kelish va tarqatish tizimini joriy qilish;
bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlarni chop etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
respublikaning chekka hududlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda chop etilgan kitoblarni raqamlashtirish;
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish;
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

4-BOB. DASTURNI AMALGA OShIRISh

Dastur quyidagi chora-tadbirlardan iborat 3 ta bosqichda amalga oshiriladi:
a) birinchi bosqichda (2020-2021 yillar) tashkiliy-huquqiy mexanizmlar yaratishga qaratilgan chora-tadbilar:
kitobxonlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash tizimini yo‘lga qo‘yish;
muammolarning tizimli-tahliliy tavsifi, O‘zbekistonda kitobxonlik rivojlanishining hozirgi holati va keyingi bosqichlarining maqsadli hamda ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish;
xalqaro tajribani hisobga olgan holda infratuzilma mustahkamlanishining samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
Dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirish va kitobxonlikni rivojlantirish infratuzilmasining doimiy ishlashi uchun tashkiliy shart-sharoitlar yaratish;
Dasturning o‘rta va uzoq muddatli maqsadlari va mexanizmlarini aniqlashtirish, mavjud ijobiy tajribani umumlashtirish;
hududlar bo‘yicha tanlov asosida ilg‘or mexanizmlar, dolzarb loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shu jumladan, ularni amalga oshirish natijalarini tahlil qilish;
Dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ilmiy, metodik asoslarni va axborot bilan ta’minlash, shu jumladan, axborot almashish tizimining muhim elementlarini yaratish;
b) ikkinchi bosqich (2022-2023 yillar) kitobxonlikka oid infratuzilmani mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar:
kitobxonlik bilan bog‘liq mavjud infratuzilmalarni mustahkamlash va yangilarini tizimli ravishda barpo etishni qo‘llab-quvvatlashva rivojlantirish;
kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha infratuzilmalarni boshqarish tizimini yaratish;
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha asosiy maqsadlar monitoringini olib borish tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borish;
v) uchinchi bosqich (2024-2025 yillar) yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal rivojlantirish, ularning madaniy savodxonligi o‘sishi hisobiga inson kapitali sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar:
Dasturning asosiy natijalariga erishish, maqsadli parametrlari ko‘rsatilgan inson kapitalini yetakchi rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan mezonlarga muvofiq baholash mezonlariga o‘tish;
kitob va o‘qish madaniyatini oshirish, aholining madaniy barkamolligini rivojlantirish uchun indikatorlarni yaratish.

5-BOB. DASTURNI QO‘LLAB-QUVVATLASh



Download 27,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish