MILLIY DAROMAD VA MILLIY HISOBLAR TIZIMIDAGI BOSHQA DAROMAD KO’RSATKICHLARI
REJA:
1.J.Xiksning daromad to’g’risidagi nazariyasi va uning asosiy g’oyalari
2.Yangi milliy hisoblar tizimida milliy daromad ko’rsatkichlarining ifodalanishi
3.Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish statistikasi
J.Xiksning daromad to’g’risidagi nazariyasi va uning asosiy g’oyalari
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida daromadlar statistikasining ahamiyati yanada ortdi,chunki quyidagi holatlar daromadlar bilan bevosita bog’liq:
Iqtisodiyotning umumiy holati va aholining turmush darajasi;
Ijtimoiiy va soliq siyosatini ishlab chiqish;
Ichki imkoniyatlarni jalb qilish,investitsion jarayonlarni kengaytirish imkoniyatlarini baholash.
Yuqoridagi maqsadlarda foydalanish uchun daromadlar statistikasining ma’lumotlari iqtisodiy jarayonlarning bog’liq holatlarini xarakaterlovchi boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlar bilan bog’lanishi lozim: masalan,moliyaviy imkoniyatlarni ifodalovchi ko’rsatkichlar,samaradorlik ko’rsatkichlari bilan va h.k.
Aytish lozimki,daromadlarga ta’rif berish buxgalteriya hisobi amaliyotida qo’llaniladigan ta’rif bilan to’g’ri ukelmaydi.Gap shundaki, umuman buxgalteriya hisobi,shu jumladan,daromad kategoriyasi haqidagi nizom moliya vazirligi tamonidan soliqqa tortish darajasini aniqlash va boshqa masalarni yechish maqsadida ishlab chiqiladi. SHuning uchun,daromadlarni makro va mikrodarajadagi ta’riflari bir biridan farq qiladi va ular orasiga to’g’ridan to’g’ri bog’lanish bo’lmaydi.Makrodarajadagi daromadni to’g’ridan to’g’ri mikrodarajadagi daromadlarni qo’shib aniqlab bo’lmaydi. Lekin,daromadlarni bunday ikki makro va mikrodarajada aniqlashdan iqtisodiy tahlil jarayonida foydalanish mumkin va ular bir birini to’ldiradi.
Masalan,makroiqtisodiy darajadagi daromad haqidagi ma’lumotlar asosan xo’jalik yurituvchi subektlarni iqtisodiy jarayonlardagi holatlarni o’rganish uchun va yana fiskal siyosatni hal etishda qo’llaniladi. Makrodarajadagi daromad milliy daromad deb atalib,undan istemol va jamg’arish siyosatini ishlab chiqishda va juda ko’p ijtimoiy iqtisodiy masalalarini hal qilishda fodalaniladi.
SHunisi qiziqki,iqtisodiy ta’limotda daromad tushinchasi haqidagi ta’limot ancha murakkab masala bo’lib hisoblanadi.Faqat XX asr davomida qator iqtisodchi va statistiklar tamonidan berilgan daromad tushinchasi ta’riflari bir necha bor o’zgardi. Masalan,I.Fisher daromad tushinchasini oxirgi foydalanish bilan bog’laydi.Taniqli gollandiyalik statistik F.Boss o’zining “Milliy hisoblardagi doimiy tahlil”(1989 y)nomli asarida daromad tushinchasini oxirgi istemol summasi va kapital aktivlar zaxirasining sof o’sishi sifatida ta’riflagan. Lekin uning o’zi shuni ham tan oladiki,bu ta’rifni yana boshqa tamonlariga aniqliq kiritish lozim deb hisoblagan.Bu masala bo’yicha ham iqtisodiy adabiyotlarda turli xil fikrlar mavjud. Masalan,ko’p ishlarda kapital bu barcha chegaraga ega bo’lgan resurslar yig’indisi sifatida qaraladi.Lekin ko’pchillik mutaxassislarning fikricha, amalda bu ta’rifni qo’llash ancha qiyinchiliklarga uchraydi,chunki,bu chegaralangan resurslarning bahosi haqidai ma’lumotlar yo’q.SHuning uchun kapitalni bozorda sotilishi mumkin bo’lgan(yoki bozor bahosiga ega bo’lgan) resurslar yig’indisi sifatida qaraladi.Taniqli amerikalik iqtisodchi Samielson kapital tushinchasini, ishlab chiqarish natijasi sifatida hosil bo’lgan natija sifatida yoki ishlab chiqarilgan resurslar sifatida qaraydi. Samielson fikriga ko’ra tabiy qazilmalar zaxiralari va boshqa ishlab chiqarilgan aktivlarga qachonki mehnat ta’sir ko’rsatsa, kapital tusini oladi.
Daromad haqidagi tushinchaning nihoyatda og’ir xarakaterga ega ekanligini, shu sohada dunyodaga taniqli bo’lgan ingliz olimi iqtisodchi Dj Xiks ham tan oladi.U o’zining “Qiymat va kapital” nomli asarida ko’p taniqli mualliflar bir birini o’rgangan,shuningdek,o’zlarining fikrlarini keltirganlar va ularda jamlash va daromad tushinchalariga har xil ta’rif berganlar,bir biriga qarama qarshi va qoniqarsiz fikrlar bo’lganlarini e’tirof etgan va umuman ma’lum bo’lgan daromad va jamlash tushinchalari mantiqiy kategoriyalar bo’lmay, balki amaliyotda biroz yaqinlashgan, biznesmenlar uchun amaliy masalalarni to’g’ri hal qilishga qaratilgan tushincha deb atagan. SHu fikrga taniqli nemis iqtisodchisi va statistik professori P. Fon Der Lippe ham qo’shiladi.Uning fikricha daromadning ta’rifi tahlil va amaliy masalalarning hal qilish maqsadiga bog’liq bo’lib, daromad- xo’jalik yurituvchi subektlarga doim tushib turadigan pul daromadlari summasi hisoblanadi va ular pulning talabiga ta’sir ko’rsatadi. U binobarin,natural formada tushgan daromadlarni o’z ichiga olmaydi.
Yaqin vaqtlargacha “jamlash” termini to’plangan pul(muomaladagi va saqlovchi banklardagi) mablag’larni aniqlash uchun foydalaniladi. Lekin,MHTda uboshqacha ma’noga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |