Savollar, testlar va masalalar.
Bozor iqtisodiyoti davrida daromadlarning ahamiyati nimada?
Makro va mikrodarajadagi daromadlar orasida qanday bog‘lanish mavjud?
Dj.Xiksning daromad xaqidagi ta’limotida daromadga qanday ta’rif berilgan?
Iste’mol va jamg‘arish tushunchalariga ta’rif bering.
Yangi MHT (1993 y.)da Dj.Xiks ta’limotlari asosida daromadlarni qanday ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llaniladi?
Yalpi ichki mahsulot va yalpi milliy daromad ko‘rsatkichlarining sifat va miqdor tomonidan farqi nimada?
Yalpi milliy daromad va yalpi milliy mavjud daromad xajmi qanday aniqlanadi?
Yalpi milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oxirgi foydalanishlarning mohiyati qanday?
Daromad bu:
qo‘shilgan qiymat
sotishdan olingan tushum
v) xizmat ko‘rsatishdan olingan tushum
g) iste’mol uchun ishlatish mumkin bo‘lgan eng katta summa
aktivlar xajmini o‘sishi
Yangi MHT (1993 y.)da daromadlarning qanday ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi?
birlamchi daromadlar
pul formadagi joriy transfertlar
v) ixtiyordagi daromadlar
g) natural formadagi ijtimoiy transfertlar
ixtiyordagi tuzatish kiritilgan daromad
milliy daromad
j) ixtiyordagi milliy daromad z) yuqoridagi ko‘rsatkichlarning barchasi
Yalpi ichki mahsulot va yalpi milliy daromadlarning sifat jihatdan farqi:
YaIM va YAMD ikkalasi bir narsa
YaIM - ishlab chiqarish xajmini, YaMD - daromad xajmini ifodalaydi
v) YaIM - shu mamlakat rezidentlarining ma’lum davrda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar oqimini ifodalaydi,
YaMD - shu mamlakat rezidentlari olgan birlamchi daromadlar oqimini ifodalaydi
g) YaIM xajmi katta, YaMD xajmi kichik
d) YaIM iste’mol uchun ishlatiladi, YaMD jamg‘arish uchun ishlatiladi.
YaIM va YaMDlarning miqdor jihatdan farqi:
har doim YaIM xajmi YaMD xajmidan katta bo‘ladi
har doim YaIM xajmi YaMD xajmidan kichik bo‘ladi
v) YaMD xajmi YaIM xajmidan xorijdan olingan birlamchi daromadlar qoldig‘iga farq qiladi
g) YaMD xajmi bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida YaIM xajmidan katta bo‘ladi
d) YaMD xajmi bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida YaIM xajmidan katta bo‘ladi.
Mamlakatda yalpi ishlab chiqarish joriy baholarda - 46912 mlrd. so‘m, yalpi qo‘shilgan qiymat - 31690 mlrd. so‘mni tashkil qilsa, oraliq iste’mol qanchaga teng bo‘lgan?
Mamlkatda yalpi qo‘shilgan qiymat 50934 mlrd.so‘m bo‘lib, uning 69%ini ishlovchilarning mehnat xaqqi, 31%ini ishlab chiqarish va importga sof soliqlar tashkil qilsa yalpi foyda ko‘rsatkichini aniqlang.
Mamlakat bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan (mlrd.so‘m)
Aholining mulkdan olgan daromadlari - 120
Mehnat haqqi - 360
Ishlab chiqarish soliqlari - 40
Xorijga to‘langan birlamchi daromadlar - 30
Xomiylik yordami - 20
Qarindoshlar sovg‘asi - 16
Yalpi ichki mahsulot va daromad ko‘rsatkichlari aniqlansin:
Rezidentlarning xorijdan olgan birlamchi daromadlari
Yalpi milliy daromad
v) Yalpi milliy ixtiyordagi daromad
Mamlakat iqtisodiyotini harakterlovchi quyidagi ma’lumotlar berilgan (mlrd.so‘m)
Yalpi ichki mahsulot - 71800
Asosiy kapital iste’moli - 3400
Xorijiy mamlakatlardan bandlik va mulkdan olinadigan rezidentlaik daromadlari - 3000
Mamlakatning YaIMidan bandlik va mulkdan norezidentlarning oladigan daromadlari - 2580
Joriy transfertlar qoldig‘i - 3650
Yakuniy iste’mol - 28000
Kapital transfertlar qoldig‘i - 6440
Yalpi jamg‘arish - 8500
Berilgan ma’lumotlar asosida quyidagi ko‘rsatkichlarni aniqlang: sof ichki mahsulot, yalpi milliy daromad, sof milliy daromad, yalpi milliy mavjud daromad, sof milliy mavjud daromad, yalpi milliy jamg‘arish, sof milliy jamg‘arish, sof kredit (qarz)lar.
Quyidagi shartli ma’lumotlar berilgan:
Ko‘rsatkichlar
|
Bazis davr
|
Joriy davr
|
Moddiy ne’matlar qiymati, mln. so‘m
|
960
|
1056
|
Ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati, mln. so‘m
|
272
|
328
|
Baho indeksi: moddiy ne’matlarga
|
1,08
|
1,10
|
xizmat ko‘rsatishda
|
1,07
|
1,12
|
Berilgan ma’lumotlar asosida quyidagilarni hisoblang:
Yalpi ishlab chiqarishni baho indeksini
Yalpi ishlab chiqarishni fizik xajm umumiy indeksini
Yalpi ishlab chiqarishni qiymat indeksini.
Do'stlaringiz bilan baham: |