Kichik biznes investitsiya loyihalarini moliyalashtirish
O’zmilliybank tadbirkorlik sub’ektlariga yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish va xizmatlar ko’rsatishni amalga oshirish maqsadida investitsion kreditlar taklif qiladi.
Milliy valyutadagi investitsion kreditlar yillik 22 foiz stavkasi bilan 3 yildan 5 yil muddatgacha taqdim etiladi.
Investitsion loyihalarni jalb qilingan xorijiy kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirish xorijiy kredit liniyalari shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.