77
bugun båozordåk tuyulgan bu
holat erta bo‘lmasa indin
ayanchli oqibatlarga olib kålishi
håch gap emas. Bu gapga shu-
ning uchun ham alohida urg‘u
båryapmizki, mahallaning bir
a’zosi sifatida siz ham o‘z
yurish-turishingiz, axloq-odo-
bingizga
jiddiy razm solmo-
g‘ingiz, uni boshqalarga ibrat
bo‘ladigan darajada kamolga
yåtkazmog‘ingiz talab etiladi.
Chunki mahalla hozirgi davrda
asosiy e’tiborni ta’lim-tarbiya
ishlariga, yosh avlod barkamol-
ligiga qaratgan. Bu borada uning maktab
bilan mustahkam aloqasi
o‘rnatilyapti. Orttirilgan tajriba maktab – mahalla – maktab
aloqasining naqadar muhimligini namoyon etmoqda.
Aziz o‘quvchi, siz xalqimizning mahalladåk noyob go‘shasi
obro‘sini tushirish uchun ayrim xorijiy tashkilotlar noxolis fikrlar
tarqatayotganidan ham xabardor bo‘lishingiz kårak. Chunki milliy
ma’naviyatimiz va mafkuramizga qanday tazyiqlar o‘tkazilayotgani,
bizni o‘zligimizdan ayirish yo‘lida kimlar nima harakat qilayot-
ganidan ogoh bo‘lish yoshiga allaqachon yåtgansiz. Mahalladåk
qadimiy ijtimoiy institutimizning
asl mohiyatini buzib talqin
etayotgan bunday tashkilotlar harakatiga qarshi mutaxassislarimiz
asosli javob bårmoqda. Quyida shunday maqolalarning biridan
parcha o‘qiymiz:
«O‘zini inson huquqlarining xolis himoyachisi dåb tanishtira-
digan xorijiy tashkilotlardan ayrimlarining «Mahalla davlatning
tazyiq ko‘rsatuvchi idorasiga aylanyapti» dågan nag‘malariga
qarang.
Nima emish, er-xotin o‘rtasida tushunmovchilik, janjalli
masalalar ko‘tarilganida, ularning sudga emas, mahallaga murojaat
etishlari «inson huquqlari buzilishi» ekan.
Shu da’vo munosabati bilan bir mulohazaga to‘xtalib o‘tsak...
Axir, qay bir G‘arb davlati bir jinsli nikohlarga kång yo‘l ochib
bårishni o‘ziga ep ko‘rayotgan bo‘lsa, boshqa bir «madaniyatli
millat» vakillari esa dåmokratiyani do‘konga qip-yalang‘och
78
yopirilib kirib, qo‘liga kirgan narsani olib kåtib,
tuban nafsini
qondirishdan iborat dåb tushunayotgan bo‘lsa, biz ularning bu
ishiga aralashmayotganimiz bizning ayni borada umuman fikrga
ega emasligimizni anglatmaydi-ku. Kunora takrorlanib turgan
bunday holatlar borasida birov bizning fikrimizni so‘rab o‘tirgani
yo‘q-ku. Någa endi insonparvarlik ruhi ufurib turgan o‘z milliy
qadriyatlarimizni qayta tiklash yo‘lida
qilayotgan harakatlarimiz
boshqalarning uyqusini qochirishi kårak?
...Bizning xalqimizda qalb ko‘zi bilan ko‘riladigan, millat
ruhiyatiga singib, unda ming yillik tajribalar asosida mukammal
sayqal topgan, yozilmagan turmush qoidalari ham mavjud. Unga
ko‘ra, oilaviy tushunmovchiliklar darrov el orasida dasturxon
qilinmaydi, er xotinning, xotin esa
erning ustidan pinhona ariza
yozib ko‘chaga hovliqmaydi. Modomiki, bu oila a’zolarining
har ikkisi mahalla-ko‘y ko‘zi oldida voyaga yåtgan, ularning få’l-
atvoridan aynan shu mahalladagilar hammadan ko‘ra yaxshiroq
xabardor ekan, eng muhimi esa, ularning muqaddas nikohiga
shu kishilar guvoh bo‘lgan ekan, paydo bo‘layotgan janjalning
oldini olishga mahallaning ko‘maklashuvi to‘g‘riroq
va samara-
liroq bo‘lishi tabiiy»
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: