Milliy 9 (2015-y). p65


dågan maqollar ham borligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Albatta



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/150
Sana23.06.2021
Hajmi2,55 Mb.
#99259
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   150
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 9 uzb

dågan maqollar ham borligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Albatta,
bunday maqol-matallar båjiz paydo bo‘lmagan, ular ham
ma’lum bir haqiqatning ifodasi. Binobarin, biz hayotning
ma’no-mazmunini shunday tushunib, shu asosda yashashga
intiladigan kishilar ham borligini inkor etolmaymiz.
Låkin, måning nazarimda, bunday gaplar odamning boylik
va mol-dunyoni qanday yo‘llar bilan topayotganiga loqayd
va båparvo qaraydigan, manfaatparast shaxslar tomonidan
to‘qib chiqarilgandåk tuyuladi»
1
.
Darhaqiqat, o‘g‘rilik, poraxo‘rlik, aldamchilik, firibgarlik, qal-
loblik bilan orttirilgan boylik harom sanaladi. Oilaga kirib kåladigan
har bir tiyinning halol bo‘lmog‘i bu oila a’zolarining dilini to‘g‘ri,
boshini baland qiladi, håch kimning oldida xijolat chåkmasligi,
tili qisiq bo‘lib qolmasligiga garov bo‘ladi. Halol bilan haromni
farqlay bilishni esa axloqimizga yoshlikdan singdirib borishimiz
lozim. Chunki bu ikki tushunchaning farqini anglamaslik, halol
bilan haromni aralashtirib yuborish, eng yomoni esa – haromga
o‘rganib qolish kishi boshiga juda katta falokatlarni, dilsiyohliklarni
boshlab kåladi. Haromdan hazar qilmaydigan kimsadan har qanday
yomonlikni kutish mumkin. Unga o‘rgangan odam oxir-oqibatda
Vatanni, el-u yurtni sotib yuborishdan ham toymaydi.
Albatta, bu dunyoda to‘q va farovon yashashni istamaydigan
odam bolasini topish mushkul. Inson o‘z oldiga qo‘ygan bu
maqsadga erishishning turli yo‘llarini o‘ylab topmog‘i ham tabiiy.
Hamma gap mana shu yo‘lning qanchalar to‘g‘ri, pok bo‘lishida
qolgan. Afsuski, ayrim kishilar, Yurtboshimiz iborasi bilan
aytganda, manfaatparast kimsalar, moddiy yoki nafsi bilan bog‘liq
boshqa istaklarini qondirish yo‘lida håch narsani nazar-pisand
qilmay qo‘yishadi. Bunday kishilarga atrofdagilardan andisha hissi,
boshqalardan uyalish va tortinish odati, vijdon va iymon atalmish
oliy tuyg‘ular yotdek. Ular nazarida go‘yo bu tushunchalar faqat
kitoblarda bo‘ladigandåk yoxud bugun eskirib qolgandåk. Hayotga
shu nuqtayi nazardan qarashga o‘rgangan o‘sha odamlar ham bir
paytlar siz va tångdoshlaringizdåk båg‘ubor bola bo‘lgan, qaysidir
bir oilada unib-o‘sgan. Dåmakki, o‘sha paytda – hali bolaning
ongi va qalbi xuddi oppoq qog‘ozdåk toza bo‘lgan davrda unga

Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»
nashriyoti, 2013-yil, 21–22-betlar.


68
halollik, to‘g‘rilik, adolat, insof, diyonat, uyat, andisha, hayo singari
ezgu his-tuyg‘u va tushunchalar emas, aynan ularni yåmiruvchi
salbiy ko‘nikmalar ko‘proq naqshlangan. Bunda, avvalo, oila
kattalarining båparvoligi, uquvsizligi, hafsalasizligi yoki o‘sha
kattalar xaraktårini chirmab olgan tarbiyasizlik illati katta rol
o‘ynaydi. Qolavårsa, shunday nopok muhitga ko‘nikib qolgan,
uni to‘g‘rilash hamda tozalashga o‘zida kuch va bilim topa
olmaydigan farzandlarni ham aslo oqlab bo‘lmaydi.
Yurtboshimiz ma’naviy sog‘lom oila muhitida tarbiyalangan
farzandlarimizni el-u yurtning umid-ishonchi, suyanadigan tog‘i
dåb hisoblaydi:

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish