MA’NAVIYAT QO‘RG‘ONI
Aziz o‘quvchi, insonning shakllanishi, hayotda o‘z o‘rnini
topishi, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lishida u voyaga yåtadigan
oila muhiti hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Chunki oila shunday ma-
konki, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi shaxs shaklla-
nadi, milliy madaniyat, urf-odatlar, axloqiy qadriyatlar saqlanadi
va rivojlantiriladi. Har bir oila ahil va totuv bo‘lsa, dåmakki,
jamiyatda ham tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, yurtda
osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Oilani båkorga jamiyatning
kichik ko‘rinishi dåmaydilar. Xuddi jamiyatda bo‘lgani singari
unda ham o‘zining boshlig‘i, shuningdåk, uning izmi va
ko‘rsatmalari bilan u yoxud bu ishni bajaruvchi a’zolari bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |