Sog‘lom immunitåtga ega bo‘lmagan odam sog‘lom e’tiqod va dunyoqarashdan ham mahrum bo‘ladi. Un- day kishilar yaxshi bilan yomonning, do‘st bilan dush- manning farqiga bormaydi. Xalq va Vatan manfaatlari ular uchun mutlaqo bågona. Bamisoli odobli bolaning qulog‘ida ota-onasi, ustozlarining
pand-nasihatlari yangrab turganidåk, ma’naviy immunitåti kuchli
!
33
bo‘lgan odamning qalbida Vatani va xalqining måhri quyoshdåk
porlab turadi. Ana shu måhr insonni faqat ezgu ishlarni, el-u
yurtining baxt-u saodatini o‘ylab yashashga undaydi.