Keyingi paytlarda transport xizmatini amalga oshirishda bajarilayotgan logistik boshqaruv masalalarining ahamiyati ortib bormoqda. Ko‘plab korxona va tashkilotlar xizmat ko‘rsatish sohasiga kirib kelmoqda, logistik xizmat ko‘rsatuvchi vositachi tashkilotlar soni ortib bormoqda. Ayrim hollarda bunday vositachi tashkilotlar ko‘rsatayotgan xizmat narxi mahsulot ishlab chiqarish narxidan ham yuqori bo‘lmoqda

Xizmat ko‘rsatish sohasi iste’molchilarning xizmat hajmi va sifatiga bo‘lgan ehtiyoji eng kam xarajatlar bilan ta’minlash kerak. Ammo hozirgacha transport xizmati sifatini miqdor jihatidan har tomonlama baholaydigan usullar ishlab chiqish murakkab masala bo‘lib qolmoqda. Bunday holat quyidagi sabablar bilan bog‘liq:

- xizmat natijalarini mahsulot sifatida payqab olish qiyinligi;
- transport xizmati iste’molchisining xizmat jarayonida ishtirok etishi;
- xizmat iste’molchisi uning egasi bo‘la olmasligi;
- xizmat jarayoni kichkina harakatlar tizimidan iborat bo‘lishi mumkin, uning bahosi esa harakatlar yig‘indisiga ko‘ra berilishi.
Ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini baholashda quyidagi komponentlar muhimdir:
xizmat ko‘rsatish muhiti (interyer, qurilmalar, xodimlar);
xizmatning ishonchliligi, ya’ni uning belgilangan muddatda bajarilishi;
xizmatning bajarilishi kafolatlanganligi, xodimlarning barcha masalalarda yordam berishga tayyorligi;
xodimlar bilimdonligi, ma’lum ko‘nikmalarga egaligi;
muloqot va uchrashuvlarni tashkil etish osonligi;
xavfsizlik, ya’ni xizmat iste’molchilari tomonidan ishonchsizlik va tavakkalchilik yo‘qligi;
xodimlar iltifotliligi;
o‘zaro aloqalar o‘rnatishda xodimlar xayrxohligi;
o‘zaro bir-birlarini tushunishi va sh.k.
Iste’molchiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini baholashda u ma’lum meyoriy sifat ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi va ular bir xil yoki bir-birlariga kerakli darajada yaqin bo‘lsa, erishilgan sifat darajasi ham qoniqarli, deb hisoblanadi.