Millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenlik o’zbek xalqining yuksak qadiryatidir
Minavarova Shakhrizoda Shukhrat qizi
Matematika fakulteti Matematika yo’nalishi talabasi
shaxrizodaminavarova04@gmail.com
Tel:+998(95)0650048
Annotatsiya:Ushbu maqolada millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenlik o’zbek xalqining yuksak qadiryatlaridan biri ekanligini ko’rishimiz mumkin.Shu bilan birgalikda tolerantlik, milliy qadiryatlar,shovunizim, kabi qoidalar hamda ularga berilishi mumkin bo'lgan izohlar bayon etilgan.
Kalit so’zlar:Diniy bag’rikenlik, tolerantlik, tajovuzkor millatchilik, shovunizim,milliy qadiryatlar.
“O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”.
(O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasidan). [1]
Bugungi kunda xalqlar va dinlar orasidagi bag’rikenlik tolerntlik g’oyasi dunyoda eng dolzarb masalalardan biridir. Bu borada YUNESKO tomonidan 1995-yil Parijda “Bag’rikenlik tamoyillari deklaratsiyasi” qabul qilingan edi. 16-noyabr “Bag’rikenlik kuni” deb e’lon qilingan . Ma’lumki, bag’rikenlik g’oyasi turli millat va elatlar vakillarining bir zamin, bir vatanda oliyjanob g’oya va niyyatlar yo’lida hamkor va hamjihat bo’lib yashashini anglatadi. Qadim-qadimdan milly qadiryatlarimiz ezgulik g’oyalariga asoslanib, yaxshilik, tinchlik, do’stlik kabi fazilatlarga tayanib kelmoqda. Odamlarni halolik, poklik, mexr-oqibat va bag’rikenlika chorlab kelmoqdadir. Milliy qadriyatlar diniy bag’rikenlikni rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Tolerantlik-o’zlikni anglagan millat vakillarini boshqa millat vakillarining kamsitishga yo’l qo’ymaslik, ular bilan tinch-totuv hayot kechirishdir. Tolerantlik tuyg’usi insonning xulq-atvori, odob-axloqi, siyosiy-ma’naviy pokligi, o’z xalqiga milliy-tarixiy qadiryatlariga munosabatini belgilab beradi. Bu xususiyatlar esa har bir insonda bag’rikenlik,baynalminallik tuyg’ularini uyg’otadi.
Milliy g’oya bu faqat birgina millatning emas balki jamiyat taraqiyoti ravnaqiga umumiy maqsad yo’lida baholi qudrad hissa qo’shayotgan mamlakat fuqarolarining millati, irqi, diniy e’tiqodidan qat’iy nazar barchaning maqsad va manfaatlarini ifoda etadi.
Hozirgi kunda mamalakatimiz statistik ma’lumotlariga ko’ra 136 ta millat va elat, xalq, va etnik gruhlar hamda 15 ta diniy konfessiya vakillari yashaydi.
136 ta milliy-madaniy markazlar faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekistonda barcha millat vakillariga teng huquqli munosabat davlat qonuni bilan mustahkamlangan Konstitutsiya 18-modda.
Maktablarimizda 7 ta milliy tilda o’qitish ishlari.
20 tilda ommaviy axborot nashirlari faoliyat ko’rsatilayotganiligini ko’rishimiz mumkin. [2]
Millatlararo totuvlik va hamjihatlikka raxna soluvchi illat bu-tajavuzkor millatchilik va shovinizimdir. Bunday zararli g’oyalar ta’siriga tushgan jamiyat beqarorlik holatiga yuz tutishi muqarrardir.
“Jahon tajribasida millatlar yoki etnik gruhlar o’rtasidagi o’zaro munosabarlarda an’anaviy uyg’unlik vujudga kelgan mamlakatlarda ko’p elatlilik omili davlatlarnining siyosiy-iqtisodiy rivojlantirishga samarali, rag’batlantiruvchi ta’sir etishni ko’rsatuvci misollarni ko’plab keltirish mumkin. Bu mamlakatlarda etnik gruhlar va irqlar o’rtasida ma’lum muammolar mavjud. Shunga qaramay, ko’p elatlilik omili ularning ijtimoiy-iqtisodiy taraqiyoti yo’lidagi to’g’anoqa aylanib qolmagan. Aksincha taraqiyotning jadallashuviga yordam bergan millatlarning va madaniyatlarining bir-birga ta’sir ko’rsatishi bu davlatlarda yashayotgan xalqlarning ijtimoiy-aqliy boyishi uchun yaxshi manbaga aylangan. Shunday qilib , bu mamlakatlarda ko’p millatlik omili demokratik o’zgarishlarni jadallashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqiyotining fuqarolar jamiyati qurilishining ta’sirchan vositasiga aylanib qolgan” . I.A.KARIMOV [2]
Xulosa qilib aytishimiz joyizki Respublika Baynalminal Madaniyat Markazi(RBMM) va Milliy Madaniyat Markazlari (MMM) ning faoliyatini bu yerda yashovchi xalqlarning milliy an’analari,urf-odatlari va marosimlarini qayta tiklash ma’naviyat va madaniyatni rivojlantirish millatlararo munosabatlarni uyg’unlashtirishga qaratilgan. Turli millatlarga mansub fuqarolarimiznining katta umum xalq bayramlariga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish mamlakat madaniy turmushidagi shonli voqealarni nishonlashda faol ishtirok etayotganliklari samimiy saxovat va mexr oqibat muxitini yaratmoqda. Bu muxit bizga yagona oila tuyg’usini qayta-qayta his etish “O’zbekiston umumiy uyimiz” degan so’zlar zamiridagi chuqur ma’noni anglab olish imkonini beradi. Dinlararo bag’rkenglik g’oyasi - xilma-xil diniy e’tiqotga ega bo’lgan kishilarning bir zamin,bir Vatanda, oliyjanob g’oya va niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat yashashini anglatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
[1]-O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi TOSHKENT “O’ZBEKISTON” NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI 2016. 2-bo’lim,V bob, 9-bet
Internet ma’lumotlari:
[2]-http://staff.tiiame.uz/storage/users/426/presentations/VXYsybCkA9s4m8iYB6j15aGMWa40qykgVjFEkH6.pdf
Do'stlaringiz bilan baham: |