Xususiylashtirish - mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o‘tishi.
Hamkorlik siyosati – xalqaro siyosat sub’ektlarining birgalikdagi siyosiy harakatlarda vujudga keladigan masalalar yuzasidan yagona nuqtai nazarlarni ishlab chiqishida ifodalanuvchi munosabat turlaridan biri. Unga ko‘ra tomonlar o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlarida mustaqillikni saqlab qolgani holda qarashlar mos tuShuvchi amaliy masalalarda birgalikda faoliyat ko‘rsatadilar. Masalan, gitlerchi Germaniyasiga qarshi davlatlar hamkorligi.
Huquq - davlat qonunlari bilan beriladigan erkinlik, harakat qilish imkoniyati, nimanidir amalga oshirish yoki nimadandir foydalanish, nimagadir egalik qilish; jamiyatdagi munosabatlarni, kishilar va ularning harakati va xulqini muvofiqlashtirish, davlat va jamiyat organlarini yashashini ta’minlashga imkoniyat berish maqsadlarida davlat tomonidan o‘rnatilgan va himoya qilinadigan umum majburiy ijtimoiy me’yorlar va qoidalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |