Mikrotarixning vujudga kelishi va uning sabablari
Mikrotarix mashhur bo‘lmagan kishilar, aholi u yoki bu ijtimoiy qatlamining odatiy bo‘lmagan vakillari hayotini har tomonlama o'rganish orqali tarixiy tadqiqotlar olib borish yo‘nalishidir.
1950-1960-yillarda “mikro tarix” atamasi F.Brodel tomonidan
ishlatilgan. Mikrotarix 1970-yillarda Italiyada vujudga kelgan.
Bu boradagi dastlabki ishlar avval “Quademi Storici” jumalida, keyinchalik Eynaudi nashriyotida Karlo Ginzburg va Djovanni Levi
tomonidan “Microistirie” nomli seriyada chop etilgan. 1970-yillarda Germaniyada ijtimoiy fanlaming tarixiy-tanqidiy vakillariga
qarshi (X.U. Veler, X. Byome, Yu. Кокк, M. Shtyurmer) “davlat
siyosatini o‘rganishdan va global ijtimoiy tizimlarni tahlil qilishdan kichik hayotiy voqeliklarga murojaat qilaylik” shiori ostidagi harakat boshlandi. Uning natijasi sifatida mikro tarixga oid
bir nechta tadqiqotlar vujudga keldi, B. Xaupert va F. Shefeming
qalamiga mansub “Yoshlar xoch va svastika orasida. Biografiyani
90
liklash fashizm kundalik hayoti tarixi” nomli monografiyasi klassik asarga aylandi92. Unda Ikkinchi jahon urushida millionlab halok
hoMgan boshqa insonlar kabi oddiy inson vermaxt tankisti Yozef
Sliefer biografiyasi tadqiq etiladi. 1980-1990-yiIlarda Germaniya
va Italiya “mikrotarixchilari” safini “yangi madaniy tarix” tarafdorlari bo‘lgan amerikalik tadqiqotchilar va “Annallar”maktabining
ba’zi vakillari (J.Le Goff, R.Sharte) to‘ldirishdi.
Mikrotarixning paydo bo‘lishiga 1960-yillarda makrotarixiy
(adqiqotlaming inqirozi sabab bo'lgan. Birinchidan, o‘z davrida
annalchilar tomonidan e’lon qilingan ommaviy (total) tarixning
cheklanganligi ko‘rina boshladi. V.F.Em ta’kidlaganidek, tarixiy
bilimlarimizning adekvatligiga (tengligi) ishonch hosil qilish uchun
liirixiy jarayonlarga kirgan yer yuzida yashagan milliard kishilardan
liar birini anglash muhimdir. Ammo, bunday vazifani amalga oshilislming iloji yo‘q, shuning uchun ba’zi olimlar individual obyektlarni va kontekstlarni to‘liq tadqiq etishga va yakka misol orqali
ilavrni o‘rganishga harakat qiladi. Shuning uchun ham bu yo‘nalish
liirixiy antropologiyaga va kundalik hayot tarixiga juda yaqin hamda mohiyatan ularning tarmog'i hisoblanadi.
Mazkur yo'nalishning nuqsonlari dastlabki ishlardanoq ko‘rina
boshladi. Birinchisi, J. Revel ta’biri bilan aytganda, tavsif qopqoni,
ya’ni tadqiqotchi o‘z obyektini barcha jihatlari bilan, hech qanday
jihatlarini esdan chiqarmasdan oddiy tavsiflashga o'tib ketish xavfi
mavjudligi edi. Bu yondashuvning ikkinchi nuqsoni o‘rganilayotgan
obyektni reprezentatsiya qilish muammosidir. M a’lumki, tarixni
obyekt va individlar tarixini arifmetik hisoblash yo‘li bilan tiklash
imimkin emas.
Mikro tarix yondashuvi nazariyotchilaridan biri Dj.Levi o‘r-
(.’iinilayotgan obyektning reprezentatsiya qilish muammosidan chiqish yo‘lini ko‘rsatadi, buning uchun har bir ijtimoiy qatlamdan bu
KUi uhda turli o'rin egallagan bir necha model tanlashni taklif qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |