116
80x43, 16 ta rang
VGA
Rangli
80x25, 16 ta rang
640x480, 16 ta rang
SVGA
Rangli
80x25, 16 ta rang
800x600, 256 ta rang
Kompyuterga monitor ulash uchun maxsus videoadapter zarur.
Videoadapter
-
tasvir
to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanadigan xotiraning muayyan qismini monitorda aks ettiruvchi
signalni, hamda sinxronizatsiya signallarini gorizontal (satrli) va vertikal (ustun bo‘yicha)
taqsimlab shakllantirishdan iborat.Eng birinchi SHKlarda monitor vazifasida maishiy
televizordan foydalanilgan bo‘lsa, hoziresa kompyuterni juda kuvvatli, kuchli grafik
stansiyaga aylantiruvchilarga etib kelindi. Bu vaqt ichida platalar va standartlarni bir necha
avlodi almashdi. Avvaliga MDA (Monocrome Display Adapter - displeyning monoxrom
adapteri) standarti paydo bo‘ldi. MDA platasi ekranga faqat alfavit-raqamli axborotni
chiqarishga qodir - hech qanaqa grafika va ranglarni ta’minlay olmasdi.
MDA o‘rniga kelgan CGA (Color Graphics Adapter - rangli grafika adapteri) nafaqat matnli,
balki grafik rejimlarda ham ishlar va mavjud bo‘lgan o‘n olti rangining to‘rttasini ko‘rsata
olardi.
Keyingi bosqichda EGA (Enhansed Graphics Adapter — yaxshilangan grafika adapteri)
ekranda ko‘rinadigan ranglarning sonini 64 rangli palitradan 16 ranggacha etkazdi va
ekranga chiqariladigan grafika sifatini ancha yaxshiladi. EGA standarti paydo bo‘lishi grafik
dasturlar, jumladan Microsoft Windows operatsion sistemasi imkoniyatlarini kengaytirishga
va mashhur bo‘lib ketishiga omil bo‘ldi.
Bugun ham foydalanib kelinayotgan VGA (Video Graphics Array) eng muvaffaqiyatli
videostandart hisoblanadi, biroq hozirgi kunda u ham takomillashib, SVGA (Super Video
Graphics Array) standartiga o‘tdi.
Agar CGA ning birinchi variantlarida ranglar palitrasi 262144 dan 256 xil chiqarishni
ta’minlasa, keyingi VGA bilan to‘g‘ri keladigan platalar paydo bo‘ldiki, ularda ranglari
bo‘yicha farq 16.8 mlnni tashkil qiladi. Monitorlarni o‘lchamiga qarab uning bahosi o‘sib
boradi. Masalan, 17 dyuymli monitorlar 14 dyuymli monitorga nisbatan uch barobar qimmat
bo‘ladi. Monitorlar sifati bo‘yicha ekrandagi kadrlar chastotasi — 75 Gsni tashkil etishi
lozim. Bu holda monitor sekundiga 80, yaxshi monitorlar (qimmatroq bo‘ladi) 100 kadrni
o‘tkazishi mumkin. Ekrandan zararli nurlanish olmaslik, ular ta’sirini kamaytirish uchun
ekranni LR(Low Radiation) deb yurituvchi maxsus koplamalar bilan ta’minlanganiga e’tibor
bering. Monitor sotib olayotganingizda kompyuter MPR II yoki TSO 95 standartiga mos
kelsagina zararli nurlanishlar minimumga keltirilgan deb tushunish kerak. SHu bilan birga
monitor spetsifikatsiyasida NI(Non Interiaced), ya’ni ekran qatorlarini barobariga ko‘rsatish
rejimi berilgan bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: