Mikroprotsessor va kompyuter texnikasi asoslari



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/139
Sana06.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#320593
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   139
Bog'liq
mikroprotsessor va kompyuter texnikasi asoslari

3,5 dyuymli disketalar
 
Disketalar  ehtiyotlik  bilan  foydalanishni  talab  etadi.  Ularning  asosiy  dushmanlari  magnit 
maydondir.  
    Qattiq  disklar
  (Hard  Disk  Drive)  -  ko‘p  hajmli  axborotlarni  saqlash,  tashishi  uchun 
foydalaniladi. Hozirgi kunda ularnig turli  hajmlilar yaratilgan va jamiyatda keng foydalanib 
kelinmoqda.Qattiq  disklardan  biri  SHKning  doimiy  xotirasi  - 
"Vinchester"
  bo‘lib 
hisoblanadi.  NDD  (Hard  Disk  Drive)  -  qattiq  disk  yoki  "vinchester"  kompyuterdagi: 
operatsion  tizim,  programmalash  translyatorlari  va  tillari,  matn  va  grafik  muxarrirlar, 
drayverlar,  dasturiy  ta’minotlar,  dasturlar,  fayllar  va    boshqalarni  doimiy  saqlaydi.  IBM  RS 
turidagi  barcha  kompyuterlarda  "vinchester"  mavjud  bo‘ladi.  "Vinchester"  kompyuterdagi 
bor qurilmalar (operativ xotiradan tashqari) ichida  ma’lumotni eng tez yuqori ko‘zgalish (7-
20 millisekund) va o‘qish-yozishni 5Mbaytgacha tezligini ta’minlaydi.  
Kompyuterdan  foydalanuvchi  "vinchester"ni  asosan  uch  parametriga  qarab  aniqlab  oladi, 
bular:  sigim,  tezlik,  interfeys.  "Vinchester"  sig‘imini  -  qattiq  diskka  joylashtirish  mumkin 
bo‘lgan  ma’lumot  miqdori  belgilaydi.  Eng  birinchi  IBM  RS  kompyuterlarida  qattiq  disk 
sig‘imi  5  Mbayt  bo‘lgan  bo‘lsa,  xozir  100  Gbaytdan    200  Gbaytgacha,  xattoki  500-1000 
Gbaytga  etdi.  1-2  Gbaytli  qattiq  xotira  eskirgan  xisoblanib,  umuman  ishlab  chiqarishdan 
olingan. Hozirgi vaqtda qattiq diskning minimal miqdorini  40 Gbaytga etkazilgani ma’lum. 
"Vinchester"  tezligi  ko‘zgalish  va  ma’lumotlarni  o‘kish-yozish  bilan  xarakterlanadi.  Bu 
xarakteristikalarni  avtomobilning  ko‘zgalish  va  eng  yuqori  tezlanishiga  qiyoslash  mumkin. 
Ko‘p kompyuterlarda diskdagi ko‘zgalish 1 - 12 ms yoki undan xam tez, yangi disklarda 7-8 
ms ga teng. Diskda o‘kish-yozish tezligi faqat diskka emas, kontroller, shina turi, protsessor 
tezligiga  ham  bog‘liq  bo‘ladi.  Hozirgi  zamon  kompyuterlarining  arzon  variantlari  uchun 
tezlik  256  -  512  Mbaytni,  qimmatroqlarida  tezlik  2-4  Gbaytni  tashkil  etadi.  "Vinchester"lar 
asosan  IEDE  turidagi  interfeys  bilan  kontrollerga  ulangan  (Kontrollerning  markasi  ham 
IEDEdir).  Amalda  ishlab  chiqarilayotgan  barcha  kompyuterlar  ona  platasida  tikilgan  IEDE 
kontrolleriga ega. Aytish lozimki - IEDE kontrolleri to‘rttala qurilma  - qattiq disk, egiluvchi 
disketa  qurilmasi,  strimer,  bundan  tashqari  kompakt  disklar  uchun  qurilma  va  boshqalarga 
ishlatiladi.  Eski  kompyuterlarda  IDE  kontrolleri  (IEDEning  avvalgi  varianti)  bo‘lgan. 
Nisbatan  ancha  sekin  ishlaydi  va  528  Mbaytdan  ortiq  hajmdagi  qattiq  diskni  qabul  qila 
olmaydi.  Lokal  tarmoqlarining  serverlarida  va  boshqa  unumdorligi  yuqori,  narxi  qimmat 
kompyuterlarda  esa  disk  uchun  SCSI  interfeysi  ishlatiladi.  Bu  holda  SCSI  kontrolleri  ona 
platada  bo‘lishi  ham  zarur.  Mazkur  kontroller  avvalgi  IEDE  ga  nisbatan  bir  necha  marta 
qimmatdir,  tezligi  yuqori,  4  emas  7  qurilmaga  (xattoki  15  yoki  31  dona  bo‘lishi  mumkin) 
xizmat qiladi.  

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish