Mehnat muhofazasi
Mikroiqlimning inson organizmiga ta’siri
Ishlab chiqarish binosining mikroiqlimi xodimga katta ta’sir ko’rsatadi. Tavsiya etish mazmundan mikroiqlimning ayrim o’lchamlarining chetga chiqishi mehnatga layoqatni sustlashtiradi, xodimning hissiyotini yomonlashtiradi va kasbiy kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Havo xarorati. Past xarorat organizmning sovib ketishga hamda shamollash kasalliklari chiqishiga sabab bo’ladi.
Yuqori xaroratda – organizm qizib ketadi, juda ko’p miqdorda terlaydi, mehnatga layoqat sustlashadi. Ishchi e’tibori sustlashib, baxtsiz xodisaga olib kelishi mumkin.
Havoning yuqori namligi teri va o’pkaning ustki qismidan namlikning bug’lanishini qiyinlashtiradi va og’ir – oqibatda organizmning termoregulyastiyasi buzilishiga, inson axvolining yomonlashuvi, mehnatga layoqatlilikning sustlashuviga olib keladi. Past namlikda (< 20%) – Yuqori nafas yo’llarining shilliq pardalari qurib qolishi kuzatiladi.
Havo xarakati tezligi. Inson 0,15 m/sek.da havo xarakatini seza boshlaydi. Havo oqimining xarakati uning xaroratiga bog’lik. 360 S > t da oqim insonga salqinlatuvchi ta’sir, 400 S < t da noqulay, yomon, salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Mikroiqlim ko’rsatkichlari
Mikroiqlim ishchi xududda ishchilarning doimiy va yoki vaqtincha turgan joyidan 2 m balandlikda baholanadi.
Eng qulay sharoitlar – termoregulyastiya mexanizmlari kuchlanishisiz organizmning normal issiqlik ahvolini ta’minlovchi hamda uzoq va muntazam insonga ta’sir qiluvchi mikroiqlim o’lchamlarining yig’indisi. Ular mehnatga qobiliyatlilikning yuksak saviyasi uchun shart – sharoit yaratadi va issiq - qulay komfort sezuvchanlikni ta’minlaydi.
Insonga uzoq muntazam ta’sir etishda termoregulyastiya mexanizmlari- kuchlanishi bilan davom etadigan organizmning issiqlik xolatida darhol normallashuvchi o’zgarishlar chaqiradigan mikroiqlim o’lchamlari yig’indisi yo’l qo’yiladigan iqlim sharoitlari deb qaraladi. Bunday holda organizmga shikast etmaydi yoki salomatlikning ahvoliga zarar bo’lmaydi, biroq diskomfort issiqlikni sezish, inson o’zini yomon his qilishi va mehnatga layoqati pasayishi (sustlashishi) mumkinligi kuzatiladi.
Xonani tanlash
Xona keng, me’yorida yoritilgan va havosi oson almashtiriladigan bo’lishi kerak. Yorqin quyosh nurlari monitorga salbiy ta’sir etadi.Qorong’i xonada faqat ish joyini yoritish ham maqsadga muvofiq emasdir.Stolni shunday joylashtiring-ki, deraza oynasi qarshingizda bo’lmasin. Agar buning iloji bo’lmasa, u holda qalin parda yoki jalyuzi sotib oling, shunda derazadan tushayotgan yorug’lik sizga halal bermaydi. Agar oyna yon tomonda bo’lsa, yana parda yoki jalyuzi joningizga oro kiritadi. Chang va issiqliq salomatlikka putur etkazibgina qolmay, texnikaga ham yomon ta’sir o’tkazadi, shuning uchun xonaga qondistioner o’rnatgan ma’qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |