Pentium protsessorlarining xarakteristikalari
Vujudga kelish sanasi
|
1993 yil, 22-mart (1-avlod), 1994 yil ,7 -mart(2-avlod)
|
Maksimal takt chastotasi
|
60,66 MGts (1-avlod), 75, 90, 100, 120, 133, 150, 166, 200 MGts (2-avlod)
|
Chastotaning ko‘payish karraligi
|
1x (1-avlod), 1,5x-3x (2-avlod)
|
Registrlarning razryadliligi
|
32
|
Malumotlarning tashqi shinasining razryadliligi
|
64
|
Manzil shinasining razryadliligi
|
32
|
Manzillanayotgan xotira
|
4 Gbayt
|
Ichki kesh xotiraning o‘lchami
|
8 Kbayt (kodlar uchun),8 bayt ( ma’lumotlar uchun)
|
Ichki kesh xotiraning tipi
|
Ikki betli, ikki yo‘nalishli ( ma’lumotlar uchun)
|
Xotiraning qisqartirilgan sikllari
|
Bor
|
Tranzistorlar miqdori
|
3,1mln va undan yuqori
|
Kristaldagi elementlar miqdori
|
0,8 mkm (60/66 MGts), 0,6mkm (75-100MGts), 0,35 mkm(120 MGts va undan yuqori)
|
Korpus
|
273-kontaktli RGA, 196-kontaktli SPGA,qatlamli korpus
|
Soprotsessor
|
O‘rnatilgan
|
Energiya ta’minotining pasayishi
|
CMM tizim,2-avlodda yaxshilangan
|
Ta’minot kuchlanishi
|
5 V(1-avlod), 3,465; 3,3; 3,1; va 2,9 V (2-avlod)
|
Zamonaviy mikroprotsessorlar interfeysli qismida bir nechta guruh, registrlarga ega, ular turli darajadagi o’zib ketish bilan ishlaydi, bu esa amallarni konveyer usulida bajarish imkonini beradi. MPning bunday tashkil etilishi uning samarali tezkorligini sezilarli oshirish imkonini beradi.
Pentium 80586 (P5) mikroprotsessorlari Intel firmasi tomonidan patentlangan Pentium tovar markasi bo’yicha ko’proq ma’lumdir (boshqa firmalarning 80586 MP boshqacha belgilanishga ega: AMD firmasida K5, Cyrix firmasida Ml va b.). Pentium Pro mikroprotsessorlari 1995 yil sentyabrda savdo markasi Pentium Pro bo’lgan 80686 (Rb) MP ning taqdimot marosimi bo’ldi va savdoga chiqarildi.
Turli firmalar chiqarayotgan protsessorlarning bir necha turi kelti-
rilgan.
a) Intel Pentium 4; b) AMD K7 Athlon; c) VIA-13; d) Crusol e) Motorole Power PC 603 protsessorlari.
Garchi hamma protsessorlar matematik va mantiqiy hisoblarni bajarishga mo‘ljallangan bo‘lsada, ularning ichki arxitekturasi sezilarli darajada farq qiladi. Shunga muvofiq, turli tipdagi protsessorlar asosida yig‘ilgan kompyuterlar uchun dasturiy ta’minot ham farqlanadi. Lekin Intel korporatsiyasi shaxsiy kompyuterlar uchun protsessorlarni ishlab chiqishda yetakchi o‘rinni egallagani sababli, boshqa ishlab chiqaruvchilar o‘z protsessorlarini Intel korporatsiyasining ommalashgan protsessorlari bilan mos keladigan qilib ishlab chiqishga intiladi. Iintel korporatsiyasining protsessorlari va boshqa firmalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan, ularning (x86 oilasi nomi bilan ataluvchi) analoglari (o‘xshashlari) foydalanilgan kompyuterlar mos keluvchi IBM PC kompyuterlari degan umumlashtiruvchi nom oldi. Bu nom Intel 8086 protsessor asosida yig‘ilgan birinchi IBM PC shaxsiy kompyuteridan boshlangan. Mos keluvchanlik esa pastdan yuqorigacha mos bo‘lishi kerak bo‘lgan dasturiy ta’minotga taalluqlidir, masalan, eng eski bo‘lgan kompyuter uchun mo‘ljallangan dastur eng zamonaviysi uchun ham ishlashi, qo‘llanila olinishi kerak. Buning teskarisini isbotlashga urinish xatodir. Intel protsessorlari bazasidagi kompyuterlarga butunlay mos kelmaslikning misoli Apple firmasining Motorola korporatsiyasini protsessorlari ishlatgan kompyuterlardir.
M ikroprotsessor 2 ta kristalddan: MP ni o’zidan va kesh-xotiradan tashkil topgan. Lekin u Pentium bilan to’liq mos kelmaydi va xususan, maxsus tizimli platami talab etadi. Pentium Pro 32-bitli ilovalarda yaxshi ishlaydi, 16-bitli ilovalarda esa hattoki Pentiumga bir muncha yutqazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |