Mikroorganizmlarning tuproqda tarqalishi. Mikroorganizmlarning suvda tarqalishi. Suvni tozalash va zararsizlantirish usullari


Mikroorganizmlarning havoda tarqalishi



Download 29,91 Kb.
bet5/5
Sana15.06.2022
Hajmi29,91 Kb.
#672124
1   2   3   4   5
Bog'liq
MIKROORGANIZIMLAR BILAN ZARARLANGAN SUVLARNI BIALOGIK USUL BILAN TOZZALASH

Mikroorganizmlarning havoda tarqalishi.
Mikroorganizmlarning yashashi, rivojlanishi uchun sharoit noqulaydir. Havoda oziq modda yo’qligidan ko’pchilik mikroblar yashay olmaydilar. Bundan tashqari, havoda namlik yetarli darajada bulmaydi va quyosh nuri mikroblarga zararli ta’sir etib turadi. SHu sababli ko’pchilik mikroblar havoda oz yashaydi. Fakat achitki, zambupyg, spora va pigmentli mikroorganizmlar havoda uzoq vaqt yashaydi, chunki ular kurgokchilikka va ultrabinafsha nurlar ta’siriga chidamli bo’ladi. Mikroorganizmlar havoga asosan chang bilan o’tadilar. Odam, hayvon va o’simliklarda uchraydigan mikroblar ham havoga utib turadi. Odam aksirganda, yutalganda, tupurganda shunday bo’ladi. Bir kism mikroblar xayvonning sulagi, gungidan havoga o’tadi, ba’zi mikroblar havoga suv tomchilari orkali o’tadi.
Havodagi mikroblarning ko’p-ozligi va turlari juda o’zgaruvchandir. Bu xol havoning mineral va organik muallaq zarrachalar bilan zararlanishiga, temperaturaga, yogingarchilikka, namligiga va yeriga bog’lik, havoda chang, tutun, qurum va boshqalar qancha ko’p bo’lsa, mikroblar ham shuncha ko’p bo’ladi, chunki chang va tutun zarrachalari ko’pchilik mikroblarni adsorbsiyalash (surish) xususiyatiga egadir.
Odam va hayvon chiqindilari, uliklaridan va turli tashlandiqlardan tuproqqa patogen mikroblar o’tib, tuproqda quriydi va chang bilan havoda ko’tarilib, ular turli yuqumli kasalliklarni tarkatishda muhim rol uynaydi.
Odam yoki hayvon bir marta aksirganda 4500 dan 150 minggacha bakteriya havoga chiqadi.
Turar joy havosida patogen mikroblardan sil tayoqchasi, kuydirgi va qoqshol sporalari, pnevmokokk, gazli gangrena qo’zg’atuvchisi, stretokokk, stafilokokk va boshqalar uchraydi. Bunday havo bilan nafas olgan odam va hayvonlar u yoki bu infeksiya bilan kasallanishi mumkin. Patogen mikroblarning juda ko’p qismi yopik bino havosida, yaxshi shamollatilmaydigan, qorongi, hayvonlar zich joylashgan binolar havosida to’planadi.
A.K. Sqoroxodko molxonaning 1 litr havosida 121 dan 2530 gacha bakteriya topgan. Poldan 5 sm dan to 20 sm balandlikdagi 1 litr havoda o’rta hisob bilan 980 bakteriya borligi aniqlangan.
Molxona havosining turli qismida mikroblarning miqdori turlichadir. Mikroblar hayvonlar turadigan yerda, ya’ni binoning urta qismining havosida juda ko’p bo’lib, devor yonlarida ozroq, eshik oldi havosida esa juda ham nam bo’ladi, chunki u yerga doimo toza havo kirib turadi. Molxona havosidagi mikroblar mollarga dagal hashak berilganda, ularning tanasi tozalanganda, binoni tozalaganda ko’payadi.
Yirik sanoat shaharlarining havosida mikroblar ko’p bo’lib, kishlok havosida oz bo’ladi; urmon, bog, yaylovlarning havosida, ayniqsa, daryo, okean va qorli tog chukkilari havosida mikroblar birmuncha kam bo’ladi.
Voytkevich ma’lumotiga ko’ra 1 m3 havodagi mikroblarning soni qo’yidagicha:
Uy hayvonlari turadigan hovlida 1 mln dan 2 mln gacha.
Odam yashaydigan xonada 20 minggacha.
SHahar ko’chasida 5 minggacha.
SHahar istiroxat bogida 200 gacha.
Dengiz havosida 1—2 dona.
SHimoliy kutb havosida (73° shimolda) 1 dona (10 m3 havoda).
SHimoliy kutb havosida (80° shimolda) 0.
Havoning pastki qatlamiga nisbatan, yuqori qatlamida mikroblar kamroq uchraydi. Masalan, Moskva shahrining 500 m balandlikdagi 1 m3 havosida 2—3 mikrob uchraydi, 1000 m balandligida 1,5 mikrob, 2000 m balandlikda esa 0,5 mikrob uchraydi. Moskvadan 5—7 km chetda xuddi shu balandlikdagi mikroblardan 3—4 marta oz bo’ladi (E. N. Mishustin). Havodagi mikroblarning ko’p-ozligiga yil fasllari ham ta’sir etadi. yomg’ir va qor yoqqandan keyin havodagi mikroblarning soni ancha kamayadi. yozdagiga qaraganda qishda mikroblar kam bo’ladi. Havodagi mikroblarning oz-ko’pligi har xil usullar bilan aniqlanadi. Bu usullar mikrobning umumiy miqdorini yoki turlarini aniqlashga moslashgan. Kox usuli: bunda bir necha Petri kosachasiga 15—20 ml eritilgan go’sht-pepton agari qo’yiladi va ular kotgandan sung uyning burchaklariga va o’rtasiga qo’yib qopkog’i 5—10 minutga ochib qo’yilsa, uy havosidagi mikroblar chang bilan birga kosachaga utiradi. Sungra kosachalarning qopqog’i yopiladi va 37° issiqtermostatga bir necha kunga kuyiladi, ana shunda muhit betiga tushgan mikroblar usadi hamda kosachaga qancha mikrob tushgan bo’lsa, shuncha koloniya hosil qiladi. Koloniyalarni hisoblab havoda taxminan qancha mikrob borligi va koloniyalarni tekshirish necha turli mikrob mavjud ekanligini bilish mumkin. Havo mikroflorasini Krotov — shafir apparati yoki Mikel naychasi bilan ham tekshirish mum­kin. Bu apparat bilan sm3, m3 havo mikrob usadigan oziqka yunaltiriladi, keyin oziqda paydo bo’lgan koloniyalarning hisobi olinadi va mikroblarning umumiy miqdori aniqlanadi. Havoda patogen mikroblar borligini aniqlash uchun har qaysi mikrobga o’ziga xos elektiv oziq (masalan, paratif kasalligini qo’zg’atuvchi mikrob uchun hayvon uti qo’ushilgan oziq) tayyorlanadi yoki sezgir laboratoriya hayvonlariga yuqtirib ko’riladi. Havoda mikroblarning ko’p miqdorda bo’lishi binoning sanitariya qoidalariga hisob holatda ekanligidan (havo almashinuvi yomonligi, hayvonlarning zich joylashishi va boshqalardan) darak beradi. Masalan: turar joy binosining 1 m3 havosida 500-1000 dona bakteriya bo’lishi havoning juda ham ifloslanganligini bildiradi.
Download 29,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish