Mikroorganizmlarni fermentativ ko‘rsatgichlari.
Ajratib olingan kulturani identifikatsiya kilishda mikrobning bioximik xususiyatlarini urganish katta axamiyatga ega. Mikrobning bioximik xususiyatlariga fermentlari, pigment, toksinlar. xosil kilishlari kiradi. Fermentlar - murakkab tuzilishiga ega bulgan oksil moddalardir, xam bu moddalar xujayra ichida tashkarisida xam kimyoviy reaksiyalarni katalizlaydi, tezlashtiradi. Patogen bakteriyalar saprofitlardan fark kilib, kuchsiz bioximik aktivlikka ega va uzining tarkibida ma’lum bir ferment tutadi. Bemor odam organizmdan ajratib olingan bakteriyalar bioximik aktivligini aniklash yukumli kasalliklarga tashxis kuyishni engillashtiradi. Ekzo va endofermentlar, bulardan tashkari konstitutiv, adaptiv yoki indutsirlangan fermentlar farklanadi. Indutsirlangan fermentlar bakteriya xujayrasida ozik muxitlar tarkibida ma’lum bir substratlar bulganda paydo buladi. Adaptiv fermentlar bakteriya xujayrasining uzgargan sharoitlarda yashashga moslashishga yordam beradi. Ba’zi bakteriya turlari moddalar almashinuvi jarayonida maxsus buyok moddalar - pigmentlar xosil kiladi. Eruvchanligiga kura pigmentlar suvda eriydigan, spirtda eriydigan, efirda eriydigan va x.k. buladi. Pigment xosil kilish xossasi turga xos belgi xisoblanib, ajratib olingan kulturani identifikatsiya kilishda katta axamiyatga ega. Mikroorganizmlarning bioximik xususiyatlarini urganish uchun uglevodlardan iborat ozik muxitlardan foydalaniladi. Bunay ozik muxitlarga mono- va disaxoridlardan iborat bulgan Gisning uzun va kiska ola-chipor katorlari kiradi. Idinkator sifatida Andreda reaktiv va boshkalar kullaniladi. Agar ozik muxit rangi uzgarsa uglevodlar kislotagacha parchalangan buladi. Uglevodlar kislota va gazgacha parchalansa, ozik muxit rangi uzgarishi bilan birga suzgich shishachada gaz pufakchalari (suyuk ozik muxitlarda) yoki agarda gaz pufaklari agarning yorilishi (kattik ozik muzxitlarda kuzatiladi). Mikroorganizmlarning proteolitik xususiyatini bilish uchun bakteriya 10-20% jilatinali ustunli muxitga ukol usuli bilan yoki peptonli suvga ekiladi. Oksillarning parchalanganligini kuyidagi reaksiyalar orkali bilish mumkin.
ammiakni maxsus kogoz yordamida
indol uchun Erlix usuli
v) servodorod xosil kilinishini bilish uchun H2S ni ajratadigan reaktivlar saklagan ozik muxitlarga bakteriya ekiladi. (temir, sulfit, natriy tiosulfat, natriy sulfit kabi tuzlar aralashmasidan iborat ozik muxit ishlatiladi.). Mikrob hujayrasida fermentlar katalizatorligida boradigan barcha reaksiyalar moddalar almashinuvi yoki metabolizm deb ataladi, ular hayotiy faoliyatni ta’minlaydi. Ma’lum biomolekula skletidagi kovalent bog‘larning parchalanishi yoki hosil bo‘lishiga olib keluvchi fermentativ reaksiyalarning tegishli ketma-ketligi natijasida hosil bo‘ladigan oraliq va oxirgi mahsulotlar metabolitlar deb ataladi. Birlamchi va ikkilamchi almashinish reaksiyalari yoki birlamchi va ikkilamchi metabolizm tushunchalari mavjud. Birlamchi almashinish reaksiyalari barcha tirik organizmlarda o‘zaro o‘xshash – bu nuklein kislotalar va asoslar, oqsil va ularning dastlabki moddalari, shuningdek, aksariyat uglevodlar, lipidlar, ayrim karbon kislotalarning hosil bo‘lishi va parchalanishidir. Ikkilamchi almashinish reaksiyalariga idiofaza deb ataladigan davrda mikroorganizmlar uchun xos bo‘lmagan moddalar hosil qiladigan reaksiyalar kiradi; bu moddalarning hosil bo‘lishi (antibiotiklar, gibberellinlar, trisporali kislotalar, alkaloidlar va boshqalar) faqat ayrim turlargagina xos. Birlamchi va ikkilamchi alamashinish reaksiyalarini farqlash qiyin, ularga berilgan ta’riflar ham aniq emas; metabolizmni birlamchi va ikkilamchi almashinishga bo‘lish shartli, ammo o‘quv-nazariy maqsadlarda birlamchi va ikkilamchi metabolitlar haqidagi tushunchani saqlab qolish ahamiyatga molik. Tirik hujayrada sodir bo‘ladigan jarayonlar ketma-ketligini e’tiborga olgan holda, oqsillar birlamchi metabolitlar hisoblanadi va quyidagi sxema asosida sintez qilinadi:
DNK → RNK → Oqsil
Birlamchi metabolitlardan fermentlarning keyingi almashinish reaksiyalariga kiritilishi ikkilamchi metabolitlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Buni quyidagi sxema ko‘rinishida tasvirlash mumkin: Informatsion molekulalar sintezi ham birlamchi metobolitlar, yoki fermentlar katalizatorligida amalga oshishi oydinlashadi. Bundan tashqari ikkilamchi metabolitlarning dastlabki mahsulotlargacha parchalanishini ( degradatsiya) aynan bitta mikroorganizm fermentlari ta’siri ostida amalga oshirish mumkin.Prometabolitlar, ya’ni intermediatlar yoki oraliq mahsulotlarning hosil bo‘lishi birlamchi metabolit – fermentlar ta’siri ostida amalga oshadi. SHu sababli xulosa qilish mumkinki, ikkilamchi metabolitlar biosintezi xromosoma yoki plazmid DNKlari bilan kodlanmaydi. U yoki bu produtsentni o‘stirish jarayoni trofofaza (grekcha. τρωϕη-oziqlanish, ozuqa) va idiofazaga (grekcha. ιδιωσ – o‘ziniki, maxsus) bo‘linadi. Trofofaza davrida organizmning o‘sish tezligi yuqori bo‘ladi, ikkilamchi metabolitlar ishlab chiqarish past bo‘ladi. Aksincha, idiofaza davrida mikrobning o‘sish tezligi past, ikkilamchi metabolitlar ishlab chiqarilishi esa yuqori bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |