Biologik omillarning ta`siri. Mikroorganizmlar tabiatda bir-biri bilan yoki boshqa bir organizmlar bilan bog`liq holda yashaydilar. Bu hol biatsinaz deyiladi. Bundan tashqari sambioz, metabioz, sinergizm va antogonizm deb ataladigan hodisalar ham mavjud. Bir muhitda ikki xil mikrob, ikki xil organizmning bir-biriga qarshilik kursatmasdan yashashi sambioz hodisasi deyiladi. Masalan, anaerob mikroblar bilan aerob mikroblarning yashashi. Aerob mikroblar kislorodni o`zlashtirib, anaerob mikroblar uchun qulay sharoit yaratadi. Anaerob mikroblar esa uz navbatida havodagi erkin azotni tuplab, azotli moddalarga aylantiradi. Bular aerob mikroblar uchun oziqhisoblanadi.
Mikroblar uzlarining yashash davrlarida boshqa bir mikroblar uchun qulay sharoit yaratishlari metabioz hodisasi deyiladi. Masalan, ko`pchilik saprofit mikroblar oqsilni peptonga, aminokislotalarga va boshqa oddiy birikmalargacha parchalab nitrofikatsiyalovchi bakteriyalar uchun oziqtayyorlaydilar. Ular esa uz navbatida azot kislotasi tuzlarini hosil qilib, o`simliklarga yetkazib beradilar. Ikki yoki bir necha mikroblarning bir-biriga kumaklashuvi sinergizm hodisasi deyiladi. Masalan, azotobakterning sof kulturasi usganda, 173 mg geteroauksin hosil qiladi. U Bas. Mikondes bilan birga usganda esa 220 mg geteroauksin hosil qiladi. Bir turdagi mikrob rivojlangan muhitda ikkinchi bir turdagi mikrobning rivojlana olmasligi antogonizm yoki antibioz hodisasi deyiladi. Bu hodisani birinchi bo`lib 1877 yilda L.Paster aniqladi. U kuydirgi tayoqchasining rivojlanishiga chirituvchi mikroblar tusqinlik qilishini isbotlagan. Antogonizm hodisasi antibiotiklarning paydo bo`lishiga olib keldi. Antibiotik — grekcha «anti» — qarshi, «bios» — hayot ma`nosini beradi. Mikroblar hayotiga qarshi ishlatiladigan mikroblar o`simlik, hayvonot dunyosidan olingai mahsulotlardir.
Antibiotiklar mikroblarga uch xil ta`sir etadi:
1) bakteriostatik ta`sir mikrobning o`sish va rivojlanishini to`xtatadi.
2) bakteriotsidik ta`sir ularni halokatga olib keladi.
3) bakteriolitik ta`sir ularni eritib yuboradi.
Ba`zi bir mikroblar antibiotiklarning ta`siriga chidamli bo`ladi. Bu hodisa bir xil antibiotiklar ko`p marta ishlatilganda yuz beradi. Mikrob antibiotikka qarshi ferment nshlab chiqarib, uni eritib yuboradi. Masalan, penitsellin organizmga yuborilganda, mikroblarni uldirmasdan, ularning rnvojlanishini to`xtatib kuyadi, ba`zi birlari organizmning himoya kobiliyatini kuchaytiradi. Streptomitsin tukimalarning nafas olishini yaxshilab, tuberkulyoz mikrobining o`sishini to`xtatadi. yoki sun`iy kochirishda bukalarning spermasiga qo`shiladi.
Fitonsidlar o`simliklardan olingan antibiotik bo`lib, 1928 yilda topilgan. Fitonsid efir moylari va har xil organik kislotalari ko`p bo`lgan sarimsok piyoz va gorchitsa o`simliklaridan olinadi. Bu moddalar mikroblarni halok qiladi.
Adabiyotlar:
1. Burxonova X.K., Murodov M.M. Mikrobiologiya. Toshkent, «O`qituvchi», 1975.
2. Vahobov A., Inog`omova M. Mikrobiologiya. UzMU. Toshkent, 2000.
3. Bakulina N.A. i dr. Mikrobiologiya. Toshkent. Meditsina, 1979.
4. Mustakimov G.D. O`simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. «O`qituvchi». T. 1995.
5. Rabotnova I.L. Obshaya mikrobiologiya. M. Vssh. shkola, 1966.
6. Fedorov M.V. Mikrobiologiya. Toshkent. «O`qituvchi», 1966.
7. Inogomova M. Mikrobiologiya va virusologiya asoslari. Toshkent, 1983.
8. www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |