Vas. botulinus dan tashqari, Colithyphus gruppasidagi bakterial organizmlar sababli ham Ovqatdan zaharlanish mumkin. Bular patogen formalar bo`lib, bundan tashqari, alohida toksinlar ishlab chiqaradi. Ular odam organizmini zaharlaydi va ko`sish, ich ketish hamda boshqa kasallik alomatlarini hosil qilib, ichaklarga kattik ta`sir etadi. Ko`pgina mikroorganizmlar muhitga ajratib chiqaradigan antibiotiklar (penitsillin, streptomitsin va boshqalar) ham mikroorganizmlarga katta ta`sir ko`rsatadi. Penitsillinni 1925 yilda Fleming Petri kosachasidagi stafilokokklar kulturasining o`sishini kuzatayotganda topgan. Mazkur kultura chetki infeksiya-yashil mog`or bilan kasallangan bo`lib, bu mog`or idishdagi stafilokokklarning o`sishiga har xil yul bilan tusqinlik qilar edi. Bu mog`or koloniyasi yaqinida stafilokokklar mutlaqo rivojlanmagan. Petri kosachasini kuzatayotganda mog`or agarli muhitga ajratib chiqaradigan qandaydir modda stafilokokklarning o`sishiga halaqit berayotganligini kuzatish mumkin edi. Bu moddani uzoq vaqtgacha sof holda ajratib olish mumkin bo`lmadi. Faqat 1940 yilga kelib, u efirli eritmadan sodaning suvli eritmasiga oson utishi va undan alohida vakuum apparatlarda —40°da kuritish yo`li bilan quruq preparat olinishi aniqlandi. Penitsillinning konsentratsiyasi juda past (1:2000000) bo`lsa ham, u streptokokklarning, stafilokokklarning, pnevmokokklarning, gonokokklarning va gaz gangrenasi bakteriyalarining rivojlanishini to`xtatadi. Hatto eng chidamli stafilokokklar mazkur modda million marta suyultirilganda ham rivojlanishdan to`xtaydi. Biroq, penitsillindan ta`sirlanuvchi bakteriyalar bilan birga mazkur modda hech qanday ta`sir qilmaydigan formalar topilgan. Masalan, dizenteriya va korin tifi tayoqchalari va boshqa ko`p grammanfiy bakteriyalar ana shunday bakteriyalarga kiradi.
Deyarli penitsillin bilan bir vaqtda muhitga Vas. brevis tomonidan ajratib chiqariladigan ikkinchi antibiotik modda ham topilgan. Bu moda tirotritsin deb ataldi. Biroq, ancha mufassal tekshirishlar mazkur mahsulot eng kamida ikkita komponentdan: gramitsidin va tirotsidindan iborat ekanligini kursatdi. Ikkala komponent ham kristall polipeptidlar (ularning umumiy formulasi C74N105O13N15) bo`lib, tanlab ta`sir etish xususiyatiga ega. Bular odam yoki hayvonlarning tirik hujayralariga sezilarli ta`sir etmaydi, lekin juda kam dozada bo`lsa ham, yiring hosil qiluvchi streptokokk va pnevmokokklarni nobud qiladi. Tirotritsinning bu xususiyati, undan meditsinada yaralarni davolash uchuk keng foydalanish imkonini beradi. 1942 yilda G.F.Gauze va M.G.Brajnikova kulturasida gramitsidin S (sovet gramitsidini) deb atalgan antibiotik modda to`plovchi tuproqbakteriyasini ajratib olishga muvaffak buldi. Bu moddaniig bakteritsidlik xususiyatlari ham ancha yuqori bo`ladi. Uning 1 millimetrdagi konsentratsiyasi 0,01 mg bo`lsa, yiring hosil qiluvchi stafilokokklarni, streptokokklarni va pnevmokokklarni nobud qiladi. Bu moddaning kimyoviy tuzilishi ancha oddiy bo`lib, gidroliz qilinganda 5ta aminokislota: I-ornitin, 1-prolin, 1-valin, 1-leysin va d-fenilalanin hosil bo`ladi.
Tahminan xuddi shu vaqtda Actinomonas antibioticus kulturasidan aktinomitsin ajratib olingan. Bu modda juda murakkab ekanligi ma`lum buldi. Uning kimyoviy tarkibi quyidagi umumiy formula C41Н58O11N8 bilan ifodalanishi mumkin. Buning ketidan aktinomitsetin, mikromonosporin va nihoyat, streptomitsinlar (Actinomyces griseus kulturasidan) ajratib olindi. Keyingi ikkita antibiotik juda katta qizikish tugdiradi, chunki ular faqat grammusbat emas, balki grammanfiy bakteriyalarga ham tamomila bakteritsidlik bilan ta`sir etadi. Streptomitsin ayniqsa kuchli antibiotik hisoblanadi. U hayvon va odamlarga kam ta`sir etadi, lekin juda ko`p bakteriyalarning, shu jumladan Mycobacterium tuberculosis ning ham rivojlanishini keskin so`saytiradi. Shu narsa qizikki, Actinom. griseus ancha oddiy oziqmuhitida o`sa olishiga karamasdan, go`sht ekstrakti tutuvchi murakkab muhitdagina streptomitsin hosil qiladi. Bu shuni ko`rsatadiki, streptomitsin hosil bo`lishi uchun murakkab organik substrat talab kilinadi. Xozirgi vaqtgacha turli nomda tavsiflangan juda ko`p (uch mingdan ortiq) har xil antibiotik moddalar ajratib olinganligi va urganilganligini batafsil tuxtamasdan, aytib utish mumkin. Ular faqat turli xil mikroorganizmlar tomonidan hosil kilinishi bilan emas, balki boshqa mikroorganizmlarga tanlab ta`sir etishi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Ularning ta`sir etish mexanizmi shunga asoslanganki, ba`zilari bakteriya hujayralarining bulinish jarayonlarini buzadi, boshqalari mikrob hujayralari metabolizmi jarayonlarini o`zgartiradi, vitaminlardan foydalanishga tusqinlik qiladi, ayrim fermentlar bilan rakobatlashadi, nafas olish jarayonlarini buzadi, peroksidlar hosil bo`lishiga, hujayralar lizisi (erib ketishi) ga yordam beradi, sirtning kengayishiga qarshi ta`sir ko`rsatadi va hokazo. Ularning ta`sir etish mexanizmi xozirchalik mukammal yoritilgan emas, shuning uchun ham bu masalani uzil-kesil xal etish qiyin, ayniqsa, antibiotiklarning ta`sir etish doirasi biologik ob`yektlar bilan bog`langan. SHunga ko`ra, bakteriyalar antibiotiklar ta`siriga uchraganda bularda mazkur antibiotiklarga chidamli qiluvchi mexanizm paydo bo`lishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |