Mikroorganizmlarga tashqi muhit


Mikroorganizmlarga kimyoviy omillarning ta`siri



Download 131,5 Kb.
bet8/9
Sana17.06.2023
Hajmi131,5 Kb.
#952089
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mikroorganizmlarga tashqi muhit omillarining ta`siri

Mikroorganizmlarga kimyoviy omillarning ta`siri. Kimyoviy moddalar turli Mikroorganizmlarga turlicha ta`sir etadi. Ba`zi bir mikroblar ta`sir kilgan kimyoviy moddalarga yaqinlashadi, boshqa xil kimyoviy moddalardan uzoqlashadi. Bu hodisa ximiotaksis deyiladi. U ikki xil bo`ladi:
1. Uziga tortuvchi — musbat.
2. Uzidan uzoqlashtiruvchi — manfiy.
Bu hodisani quyidagi tajribada ko`rish mumkin. Bir idishdagi suvga harakatchan mikroblar solinib, unga shakar eritmasi tuldirilgan naycha tushiriladi. Natijada, suvdagi mik­roblar naycha teshigi atrofiga tuplana boshlaydi. Bu uziga tortuvchi ximiotaksisdir. Agar naychaga kislota kuyilgan bo`lsa, mikroblar kapillyar atrofidan uzoqlasha boshlaydi, bu uzoqlashtiruvchi ximiotaksis. SHunga uxshagan hodisa kislorodga nisbatan ham bo`lishi mumkin. Aeroblar kislorod bor joyga to`planadi, anaerob bo`lsa uzoqlashadi. Bu hodisaga aerotaksis deb ataladi.
Pepton, mineral tuzlar juda oz konsentratsiyalarda (0,007—0,0018) uziga tortuvchi ximiotaksisni hosil qiladi. Uzoqlashtiruvchi ximiotaksislar esa erkin kislotalar, spirtlar hosil qiladi. Ximiotaksis hodisasida tirik mikrob protoplazmasi atrof-muhit ta`siriga sezgir bo`ladi va shu ta`sirga javob qaytaradi. Ba`zi kimyoviy moddalarning mikroblarga ta`siri bor, shu sababli ular mikroblarni uldirish uchun ishlatiladi va dezinfeksiyalovchi vositalar deyiladi. Bu dizenfeksion moddalarning mikroblarga ta`siri ham bir xil bo`lmaydi. Misol: efir, spirt va ishkorning kuchsiz eritmalari mikrob hujayrasining tarkibidagi lipoid (yogsimon) moddalarni parchalaydi. Ogir metall tuzlari (sulema, rtut, mis ko`porosi), kislotalar, formalin — bular mikrob hujayrasidagi oqsil moddalarni uyushtirib, ularning hayot faoliyatini buzadi va halokatga olib boradi. Ba`zi bir moddalar: azot kislotasi, xlor, xlor oxagi, kaliy permanganati va boshqalar mikrob hujayralarini to`g`ridan-to`g`ri buzadi. Glitse­rin, shakar va osh tuzining yuqori konsentratsiyali eritmalari mikroblarning osmatik boskichiga ta`sir etadi. Mikroblarga: kimyoviy moddalarning ta`siri ba`zi bir omillarga kimyoviy moddalarning konsentratsiyasi ta`sir qilish davriga va temperaturasiga bog`liqdir. Kimyoviy moddalar mikrob hujayrasiga uning kobigi orkali kirsa halok bo`ladi. Kimyoviy moddalar suvda eritilgan bo`lishi lozim. Ishlatiladigan kimyoviy zahar moddalar +40, +45 darajada kullansa, u mik­roblarga kuchli va tez ta`sir etadi. Agar kimyoviy moddalar bilan birga oqsil, sut, zardob bo`lsa ta`siri pasayadi. CHunki hujayraning atrofida kimyoviy zahar oqsil moddani koagu­lyatsiya qiladi va zaharni hujayraning ichiga kuymaydi. Natijada zahar mikrobga ta`sir etmay qoladi. Bu hodisa zaharli kimyoviy moddaning konsentratsiyasiga bog`liq. Masalan, karbol kislotasi 2,5% formalin — 1%, xlor oxagining suvi — 1:10, sulema — 1:1000 — 1:5000 eritmalar barcha mikroblarga ta`sir etadi. Spirt 70—80% mikroblarga halokatli ta`sir qiladi. Kimyoviy moddalar to`liq dissotsiatsiyalanib, eritmada erkin ionlar ko`p hosil bo`lsa, uning mikroblarga ta`siri kuchli bo`ladi, aksincha, spirtda, atsetonda yoki moylarda eri­tilgan bo`lsa, ular mikrobga kuchsiz ta`sir etadi. Dezinfeksiya, eritmalarini stafilokokk kulturasida sinab kuriladi, chunki sporasiz mikroblardan ular ancha chidamli. Turli xil mik­rob hujayralari bir xil kimyoviy moddalarga turlicha chidaydilar, bu ana shu mikrob hujayrasining kimyoviy tarkibiga bog`liqdir. Kimyoviy moddalar mikroorganizmlarga uch xil ta`sir etadi:
1. Kimyoviy moddalar juda oz konsentratsiyada ta`sir etsa, u mikrobning rivojlanishiga yordam beradi.
2. Oz miqdordagi kimyoviy moddalar mikroblarning vegetativ qismini uldirishi mumkin, ammo sporasi tirik qoladi.
3. Kimyoviy moddalarning konsentratsiyasi kuchli bo`lsa, u mikroblarning vegetativ va spora qismini uldirishi mumkin, ammo sporani uldirish uchun zahar uzoq muddat ta`sir etishi kerak.



Download 131,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish