Mikroorganizmlar asosida bioo git va pestisitlar ishlab chiqarish
Reja:
Gen muxandisligida qo`llanilishi.
Gen muhandisligi yo’li bilan transgen hayvonlar yaratish
Rivojlangan gen-muhandislik infratuzilmasiga ega bo’lgan barcha mamalakatlarda hozirgi vaqtda o’zining zamonaviy biotexnologiya va biomuhandislik bo’yicha amalga oshiruvchi ishlarni huquq va me’yorini belgilab beruvchi qonunlari va boshqa davlat hujjatlari qabul qilingan. Bunday hujjatarni tayyorlashda ko’pchilik mamalakatlarda BMT, FAO va boshqa xalqaro birlashmalar tomonidan tayyorlangan xalqaro talablar asos qilib olingan. Shuning uchun ham, bunday qonun va qonun ostidagi hujjatlar har-xil mamlakatlarda qabul qilinganligiga qaramasdan, bir-birlariga juda o’xshab ketadi.
AQShda genetik o’zgartirilgan organizmlar bo’yicha biologik xavfsizlikni nazorat qilishda davlat boshqaruvi.
AQSh biotexnologiya, xususan, biomuhandislik bo’yicha yetakchi o’rinda turadi. Eng avvalo bunday holat gen muhandisligi, biomuhandislik borasidagi ilmiy hamda ilmiy ishlab chidarish ishlarini Davlat tomonidan kuchli muhofazasida ekanligi bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari, bu mamlakatda gen modifikatsiya qilingan organizmlardan ishlab chidarishda foydalanish bo’yicha kongress qonunlari va prezident farmon va farmoyishlari qabul qilingan. AQShda ekiladigan soyaning yarmi, makkajo’xorining1/4 qismini transgen o’simliklar tashkil etadi. AQSh genetik modifikatsiya qilingan mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha birinchi o’rinda turadi.
AQShning gen modifikatsiya qilingan organizmlarni yaratish va ulardan foydalanishni Davlat tomonidan nazorat qilish tizimi boshqa mamlakatlardan (masalan, Rossiyadan) tubdan farq qilmasada o’ziga xos bo’lgan tomonlari bor.
Shuni xam aytib utish lozimki, AQSh fermerlari gibridlarni ekish, ulardan hxosil olish, urug’larini yoki ulardan ishlab chiqariladigan maxsulotlarni sotish bo’yicha hech qanday muammoga duchor bo’lmaydilar. Gibridlardan foydalangan fermerlar gerbitsid va pestatsidlarga ketadigan xarajatlar xisobidan juda katta foyda topadilar.
AQShda genetik modifikatsiya qilingan va gibridlardan olinadigan oziqa maxsulotlarini maxsus belgilar bilan belgilab qo’yish bo’yicha qarorlar qabul qilinmagan. Xaridorlarning xoxish istaklaridan kelib chiqqan xolda, belgilarni xoxlagan vaqtda, xoxlagan sotuv tarmoklarida qo’yish mumkin. AQShda biotexnologiya buyicha maxsus targ’ibot markazi tashkil etilgan va faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Bu markazning asosiy vazifasi eng yangi axborot tazimidan foydalanib, biotexnologiya va biomuxandislik bo’yicha axborotlarni izlash, yig’ish va saqlashdan iboratdir.
AQShda biotexnologiyani rivojlantirish bo’yicha Milliy qo’mita va genetik modifikatsiya qilingan organizmlar va ulardan olingan maxsulotlarni baxolash b’yicha ekspert kengashi ham faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Shuningdek, AQSh hukumatida biotexnologiya muammolari va yutuqlarini muxokama qilish, bu soxaga yordam ko’rsatishda Milliy strategiya ishlab-chiquvchi maxsus komissiya faoliyat ko’rsatadi.
Bu komissiyaning a’zolari qilib, qishlok xo’jaligi, savdo-sotiq, mudofaa, energetika vazirlari, shuningdek, ozix-ovqat maxsulotlari va dori-darmonlar komiteti raislari, ekologiya agentligi rahbari, milliy- ilmiy fond direktori, qator ilmiy tekshirish institut direktorlari, har-xil departamentlarning bo’lim boshliqlari hamda biotexnologiya sohasi bo’yicha yirik olimlar kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |