Микрои=тисодий статистиканинг объекти, услуби ва вазифалари


Mustaqil ishlash uchun masalalar



Download 2,02 Mb.
bet91/95
Sana01.02.2022
Hajmi2,02 Mb.
#420867
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
Bog'liq
temir yol transporti statistikasi.

11.3. Mustaqil ishlash uchun masalalar
1-masala. «O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ikki oylik bajargan ishi bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:

Ko‘rsatkich

Avgust

Sentyabr

Tashishdan tushgan daromadlar, ming so‘m

20000

21930

Tashish bo‘yicha xarajatlar, ming so‘m

16000

16340

Yukaylanma, mln tn-km

12

13,4



Sentyabr oyidagi foydaning quyidagi mutlaq o‘zgarishini avgust oyiga nisbatan aniqlang: a) umumiy; b) transport ishi xajmi, tashish tannarxi va o‘rtacha daromadlilik stavkasi hisobiga.
2-masala. «O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ishlab chiqarish natijalari to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar berilgan, ming so‘m:



Ko‘rsatkich

II chorak

III chorak

Bajarilgan tashishlar uchun daromad summasi

155520

215100

Bajarilgan tashishlar uchun xarajatlar summasi, shu jumladan:

129600

165400

-ish haqi va yagona ijtimoiy to‘lov
- moddiy xarajatlar
- amortizatsiya
- boshqa xarajatlar

32410
38710
7140
51340

43100
55900
18860
47540



Quyidagi ko‘rsatkchilarning mutloq va nisbiy (%) o‘zgarishini aniqlang:
a) bir so‘mlik daromadga to‘g‘ri keladigan xarajatlarini;
b) tashishlarning to‘lov sig‘imini;
v) tashishlarning materialsig‘imini;
g) tashishlarning amortizatsiya sig‘imini;
d) tashishlarning xizmatlar sig‘imini
Hisoblangan natijalarni tahlil qiling va xulosa chiqaring.
3-masala. Avtotransport korxonasi ikki yil mobaynida bajargan ishi quyidagi jadvalda ma’lumotlar berilgan:



Ko‘rsatkich

O‘tgan yil

Hiosbot yil

Foyda,ming so‘m.
Asosiy kapitalning o‘rtachayillik qiymati ming so‘m .
Meyorlangan aylanma mablag‘larning o‘rtachayillik qiymati, ming so‘m .

2864,4


8550


630

2985,6


9300


540

Korxonaning rentabellik ko‘rsatkichlari o‘zgarishini (mutlaq va nisbiy %) aniqlang:


a) umumiy;
b) foyda hajmi o‘zgarish hisobiga;
v) ishlab chiqarish fondlari o‘zgarishi hisobiga.
4-masala. Temir yo‘l boshqarmasi hisobotiga ko‘ra o‘tgan yilga nisbatan tashish xarajatlari 1250 ming so‘mga yoki 4% ga ko‘paygan. Umumiy yalpi tushumi 42250 ming so‘mni tashkil etdi. Tashish rentabellik darajasi o‘tgan yilga nisbatan 5 so‘mga ortgan. O‘tgan yilga nisbatan foydaning umumiy o‘zgarishini (ming so‘mda), shu jumladan tashish xarajatlar va rentabellik o‘zgarishi hisobiga aniqlang.
5-masala. Temir yo‘l boshqarmasi bashoratiga ko‘ra bajarilgan tashishlar bo‘yicha foyda 15180 ming so‘m miqdorida rejalashtirilgan edi, haqiqatda esa 3820 ming so‘mga ortgan. Tariflar (o‘rtacha daromadlilik stavkasi) o‘zgarishi natijasida yalpi tushum 5000 ming so‘mga, tashishlar xajmi esa (tn-km hisobida) rejaga nisbatan 6% ga ko‘paydi. Foyda summasi o‘zgarishiga ta’sir qilgan tashishlarning haqiqiy va reja tannarhining farqini aniqlang.
6-masala. Temir yo‘l boshqarmasi hisobotida quyidagi ma’lumotlar berilgan, ming so‘m:



Ko‘rsatkich

Tasdiqlangan reja

Haqiqiy transport ishiga reja

Haqiqiy

1.Bajarilgan transport ishi bo‘yicha umumiy xarajatlar summasi.
2.Tashishdan olingan foyda

54400
13600

48000
14100

46000
13800



Transport ishi hajmi o‘zgarishi natijasidagi, foydaning haqiqiy summasini rejaga nisbatan o‘zgarishini aniqlang::
a) umumiy;
b) tariflar (o‘rtacha daromadlilik stavkasi), tashish tannarhi.
7-masala. MTUlar bo‘yicha yuklarni tashish rentabelligi to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar berilgan:



MTU

Tashish rentabelligi, %

Bajarilgan tashishlar bo‘yicha xarajatlarning umumiy summasi, mln so‘m

Buxoro

25,0

200

Toshkent

27,5

345

Kungrad

23,0

400



Temir yo‘l bo‘yicha umumiy rentabellik ko‘rsaktkichini hisoblang.


8–masala. Termez MTU bo‘yicha ikki oylik bajargan ishi bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:



Ko‘rsatkich

Yanvar

Fevral

Bajarilgan tashish ishlari uchun xarajatlar summasi, ming so‘m

36200

39600

Bajarilgan tashish ishlari uchun tushum summasi, ming so‘m

45250

50688



Aniqlash lozim:
a) fevral oyida yanvar oyiga nisbatan tashish rentabellik ko‘rsatkichining o‘zgarishini;
b) tashish rentabellik va xarajatlar ko‘rsatkichlari o‘zgarishi natijasidagi foyda summasining o‘zgarishini.


11.4. Nazorat savollari

1. Temir yo‘l transporti moliya statistikasinig predmeti nimadan iborat?


2. Temir yo‘l transporti moliya statistikasinig asosiy vazifalari nimadan iborat?
3. Temir yo‘l transporti daromadlari asosiy qismini nimalar tashkil etadi?
4. Daromadlar tushish manb’asi bo‘yicha qaysi guruhlarga ajratiladi?
5. Kassa hujjatlari, tushumlarni hisobga oluvchi, qanday hujjat bo‘lib xizmat qiladi?
6. Boshqa (operatsion va realizatsiyadan tashqari) daromadlarga nimalar kiradi?
7. Favqulotdagi daromadlarga nimalar kiradi?
8. Tashish daromadlari qaysi turdagi ishlardan tushgan daromadlardan iborat?
9. Moliya sifat ko‘rsatkichlari, ularning nomi va zarurati nimadan iborat?
10.Umumxo‘jalik harajatlar qaysi ikki guruhga ajratiladi, ularning nomi va zarurati nimadan iborat?


11.5. Testlar
1. Temir yo‘l transporti moliya statistikasinig predmeti jarayon va qonuniyatlarni nima qilishdan iborat?
a) rasmiylashtirishdan;
b)* o‘rganishdan;
c) chizishdan;
d) yozishdan.
2. Daromad va harajatlar rejasi bajarilishini nazoart qilish
moliya statistikasinig asosiy nimalaridan birini tashkil etadi?
a) tarkibidan;
b)* vazifalaridan;
c) nizomidan;
d) bayonidan.
3. Yuk va yo‘lovchi tashish daromadlari temir yo‘l transporti daromadlarining qaysi qismini tashkil etadi?
a) minimal;
b)* asosiy;
c) qo‘shimcha;
d) ustama.
4. Tarif to‘lovlari, yuk, yo‘lovchi, bagaj va pochta tashish daromadlari umumiy daromadlar guruhining nimasini tashkil etadi?
a) tarifini;
b)* elementini;
c) jamini;
d) ayirmasini.
5. Kassa hujjatlari, tushumlarni nima qilish uchun zarur?
a) ta’riflash;
b)* hisobga olish;
c) ko‘paytirish;
d) ayirish.
6. Pul mablag‘laridan tashqari, sotish va asosiy vositalar va boshqa aktivlarni hisobdan chiqarish bilan bog‘liq tushumlar qaysi daromadlar tarkibiga kiradi?
a) yuk tashish:
b)* boshqa (operatsion va realizatsiyadan tashqari);
c) tannarh;
d) umumiy.



Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish