4.1. Yo‘lovchi tashish hisobini uyushtirish
Yo‘lovchi tashish statistikasining zarurati. Mamlakat ijtimoiy va iqtisodiy hayotida yo‘lovchilarni tashish, ularni o‘z vaqtida manziliga yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish yil sayin muntazam ortib bormoqda. Bu o‘z navbatida, mamlakat aholisining ortib borishi, respublika hududlarida ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, aholi farovonligining ortishi, xorij mamlakatlari bilan iqtisodiy, madaniy va ilmiy aloqalarning kengayishi bilan bog‘liq. Yo‘lovchi tashish hajmining muntazam ortib borishi tashish ishlarini rejalashtirish va tashkil etishni takomillashtirishni taqozo etadi. Ushbu masalalarni yechishda yo‘lovchilarni tashish to‘g‘risidagi statistik ma’lumot muhim ahamiyatga ega.
Yo‘lovchi tashish statistikasining asosiy vazifasi. Yo‘lovchi tashish statistikasining asosiy vazifalari yo‘lovchi tashish hajmi va tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish, shuningdek ular rivojining asosiy qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
Yo‘lovchi tashish statistikasining kuzatuv obyekti. Yo‘lovchi tashish statistikasining kuzatuv obyekti bo‘lib, to‘lovli chipta va unga tenglashtirilgan hujjatlar hamda amaldagi ko‘rsatmaga muvofiq bepul chiptalar asosida yo‘lovchi park vagonlarida, motorvagon va dizel harakatidagi tarkibda, umumiy temir yo‘l bo‘ylab avtomotrislarda tashilgan yo‘lovchilar, xizmat qiladi. Temir yo‘lda yo‘lovchi tashish poezdlari ikki kategoriyaga ajratilgan: yo‘lovchi va tezkor poezdlar.
Yo‘lovchi tashish statistikasining hisob birligi. Yo‘lovchi tashishni hisobga olishda uning kuzatuv birligi bo‘lib, jo‘natish bekatidan manzil bekatga bir yo‘nalishda bajarilgan bitta yo‘lovchi safarini ifodalovchi,“Yo‘lovchi safari “ xizmat qiladi. Yo‘lovchi tashishni hisobga olishda, zona chiptalari asosidagi “u yoqqa” yo‘lovchi safari bo‘yicha
jo‘natish bekati bo‘lib, chiptani sotgan bekat esa jo‘natish bekati deb hisoblanadi, “orqaga qaytish ” safarida esa faqat jo‘natgan zona hisobga olinadi. Yo‘lovchi safari masofasi, sotilgan chiptalarda ko‘rsatilgan jo‘natish punktidan oraliq uzellar orqali to manzil punktgacha aniqlanadi. Temir yo‘l uchun yo‘lovchi tashish umumiy masofasi, sotilgan chiptalar to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatilgan, yo‘lovchi yurgan yo‘nalish bo‘yicha aniqlanadi. Mintaqaviy temir yo‘l uzellari doirasida yo‘lovchi tashish masofasi, barcha hollarda yo‘lovchi tashish poezdlarining, eng qisa yo‘nalish yo‘li bo‘yicha hisobga olinadi. Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish bo‘yicha statistik hisobot, to‘g‘ri, mahalliy, shahar atrofi va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha alohida tuziladigan, yo‘lovchi chiptalari sotilganligi to‘g‘risidagi bekatlar hisobotlari asosida tuziladi. Yo‘lovchi tashish, shahar atrofidagi yo‘nalishda quyidagi tarif turlari bo‘yicha, hisobga olinadi: zonali; kilometr bo‘yicha; abonementli; umumiy.
Yo‘lovchi tashish kuzatuvining hisob momenti.Chipta sotilgan sana, yo‘lovchi tashish kuzatuvining, hisob daqiqasi bo‘lib xizmat qiladi. Jo‘natish bo‘yicha hisobotda, yo‘lovchi boshqa kalendar oyida safar qilgan bo‘lsada, u chipta sotib olgan kalendar oyida Chiptaga muvofiq hisobga olinadi. Shahar atrofi abonent chiptalari bo‘yicha safarlar, ushbu chiptalar foydalanilgan kalendar oylar bo‘yicha, teng bo‘laklarda hisobga olinadi. Yo‘lovchining har bir safari bo‘yicha hisobotda quyidagi belgilar ifodalanadi: jo‘natish va manzil bekati va temir yo‘li; poezd va vagon kategoriyasi; uzatish punktlari; poyaslar raqami; uzoqlik masofasi va zonasi; tashish kategoryasining bahosi; chipta sotilganligi hisobi; tarif turi va tashish haqi miqdori.
Yo‘lovchi tashish kuzatuvining dastlabki manb’alari. Sotilgan chiptalar to‘g‘risidagi kalendar oylik bekatlar hisobotlari, yo‘lovchi tashish statistikasining dastlabki manb’alari bo‘lib xizmat qiladi. Sotilgan chiptalar to‘g‘risidagi kalendar oylik bekatlar hisobotlari asosida, temir yo‘l “Ma’lumot hisoblash markazi” belgilangan dastur bo‘yicha, yo‘lovchilarni tashish to‘g‘risidagi statistik hisobotni ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |