5.2. Lokomotiv parki holati, mavjudligi va tarkibi statistikasi
Temir yo‘l transportida xarakatlanuvchi tarkiblar mavjudligi katta axamiyatga ega, chunki tashishlar lokomotivlar va vagonlar yordamida ta’minlanadi. Tashish jarayonida xarakatlanuvchi tarkiblar ishini quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflash mumkin: lokomotivlar soni, ishchi vagonlar parki soni, ular bosib o‘tilgan masofasi bilan.
Temir yo‘l transportida tashish vositalarga lokomotivlar, motorvagonlar va vagonlar kiradi, ular konstruktiv jixatdan, birliklar soni va foydalanish shakli bo‘yicha bir biridan farqlanadi. Masalan, vagonlar parkidagi birliklar lokomotiv parkidan ancha (10 va undan) yuqori barobarga ko‘p.
Lokomotivlar aniq bir depoga biriktirilgan va ulardan foydalanish ko‘rsatkichlari ruyxatga turgan joyilari bilan bo\liq. Lokomotivlarning va motorvagonlarning soni kam bo‘lganligi sababli, ularni har bir lokomotiv bo‘yicha bir kunlik byudjet vaqtini hisoblash mumkin. Yo‘lovchi vagonlar ham aniq depoga biriktirilgan va ushbu depoda ruyxatga olinadi.
Lokomotivlarga elektrovozlar, teplovozlar, gazoturbovozlar, parovozlar va motovozlar kiradi. Alohida guruhga motorvagon xarakatlanuvli tarkiblar ajratilgan – elektropoezd, dizel- poezdlar, avtomotrisalar. Kuzatish birligi – lokomotiv, motorvagon, dizel-poezd, avtomotrisa hisoblanadi. Hisobga olish belgilaridan: tortish turi, lokomotivning seriya va raqami, texnik xolati, ish joyi, foydalanish turi.
Lokomotivlarning mavjudligi ruyxatga olingan joyiga qarab alohida elektrovoz, teplovoz, parovoz, elektrosektsiya va dizel-poezdlar bo‘yicha guruhlanadi. Foydalanish toifasi bo‘yicha lokomotivlarning guruhlanishi 2 chizmada keltirilgan.
Inventar parkini ushbu temir yo‘lda ruyxatga olingan va balansda turgan lokomotivlar soni tashkil etadi. Inventar parki ko‘rsatkichi kamda-kam o‘zgaradi, o‘zgarish sabablari:
- texnik xolati bo‘yicha ruyxatdan o‘chirilganda;
- boshqa temir yo‘lga yoki tarmoqqa berilganda.
Temir yo‘l korxonaning lokomotivlar mavjudlik parki deganda hisobot davr mobaynida uning parkida haqiqiy bo‘lgan lokomotivlar soni hisoblanadi. Yil boshida yeki yil oxirida lokomotivlar inventar va mavjudlik parki bir biriga teng bo‘ladi, ammo yil mobaynida ushbu ko‘rsatkichlar farqlanadi, chunonchi lokomotivlarning bir qismi boshqa temir yo‘lga safarbar etilganligi mumkin.
Lokomotivlarning o‘rtacha kunlik sonini aniqlash uchun quyidagi formula qo‘llaniladi:
, lok.
Bu yerda: - lokomotivlarning o‘rtacha kunlik soni;
- foydalanish toifadagi lokomotiv-soatlar miqdori;
t- hisobot davridagi kalendar kunlar soni.
Barcha hisob toifalari bo‘yicha lokotivlarning o‘rtacha kunlik soni inventar parkidagi lokomotivlar soniga teng bo‘lishi zarur: Mq .
Inventar parki
boshqa yo‘ldan safarbar etilgan
boshqa yo‘lga safarbar etilgan
mavjud parki
«O‘TY» AJ tasarrufida
«O‘TY» AJ tasarrufidan tashqari
ishlatilmaydigan
zaxirada ijaraga berilgan
poezd
harakatdagi
-
o‘tkazmaydigan
o‘tkazadigan va chetga chiqaradigan
ta’mirda va ta’mirlash arafasidagi
inventardan chiqarish arafasidagi
2-chizma Foydalanish toifasi bo‘yicha lokomotivlar inventar parkining guruxlanishi
Lokomotivlar parki dinamikasi 4- jadvalda keltirilgan. Lokomotivlar yuk tashish va yo‘lovchi tashish turkumlarda foydalaniladi. Elektrovozlarning yarmi yo‘lovchi xizmatlarni tashish uchun ruyxatga olingan, yarmisi esa yuk tashishlar uchun.. Dizel lokomotivlarning uchdan ikki qismi yuk tashishlarda foydalaniladi, qolganlari esa yo‘lovchilar tashishda..
4-jadval
«O‘zbekiston termir yo‘llari» AJning lokomotiv parki, ma’lumotlar shartli
Xarakatlanuvchi tarkib turi
|
Inventar parki
|
Foydalanish parki, yil
|
Rejalashtirilgan foydalanish parki, yil
|
2013
|
2014
|
2011
|
2012
|
2013
|
2014
|
Lokomotivlar
|
Magistral elektroteplovozlar
|
275
|
117
|
115
|
115
|
115
|
115
|
115
|
Elektrosektsiyalar
|
68
|
65
|
42
|
42
|
42
|
45
|
45
|
Manevrdagilar (TEM2, ChME3)
|
272
|
136
|
136
|
136
|
136
|
136
|
136
|
EMS (sektsiyalar)
|
42
|
15
|
13
|
13
|
13
|
13
|
13
|
ETT 001
|
1
|
|
|
|
|
|
|
JAMI
|
658
|
333
|
306
|
306
|
306
|
309
|
309
|
Do'stlaringiz bilan baham: |