Joriy likvidli aktivlar < Zararning miqdori Xususiy kapital
Ko‘rilgan zararning miqdori korxonaning xususiy kapitalidan ortib ketganda (Zararning miqdori > Xususiy kapital) korxona to‘lovga qobilligini yo‘qotadi va so‘zsiz bankrot deb e’lon qilinadi.
Tavakkalchilikni baholashda koeffitsentlardan foydalanish mumkin. Sof foydaga, joriy likvidli mablag‘larga va xususiy kapitalga nisbatan tavakkalchilik koeffitsentlarini hisoblash mumkin:
, , .
Bu yerda,
Ksf, Kjlm, Kxk – sof foydaga, joriy likvidli mablag‘larga va xususiy kapitalga nisbatan tavakkalchilik koeffitsentlaridir;
ZM – ko‘rilgan zararning miqdori, so‘m;
SF – subyektning sof foydasi, so‘m;
JLM – korxonaning joriy likvidli mablag‘lari, so‘m;
XK – korxonaning xususiy kapitali, so‘m.
Tavakkalchilik koeffitsentlarini hisoblashda quyidagi holatlarga e’tiborni qaratish kerak. Agar sof foydaga nisbatan hisoblangan tavakkalchilik koeffitsenti birdan ortib ketsa, ko‘rilgan zarar yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan darajadan ortib, jiddiy zarar tug‘diradigan tavakkalchilikka aylanganini bildiradi va zararni miqdorini korxonaning joriy likvidli mablag‘lariga nisbatan solishtirish zaruriyati tug‘iladi. Joriy likvidli mablag‘larga nisbatan hisoblangan tavakkalchilik koeffitsenti birdan ortib ketganda esa, tavakkalchilik darajasi korxona uchun o‘ta xavfli ekanligidan darak beradi va zarar miqdorini xususiy kapital bilan solishtirish zaruriyati tug‘iladi. Har uchala formulada ham tavakkalchilik koeffitsentlari birdan kichik yoki teng (Kt≤1) bo‘lsagina hisoblanayotgan tavakkalchilik mezoniga mos keladi.
Korxona qancha katta kapitalga egalik qilsa, ishlab chiqarish samaradorligi, rentabellik darajasi va joriy aktivlar likvidligi yuqori bo‘lsa, uning tavakkalchilikka ta’siri shuncha kam bo‘ladi va tadbirkor tavakkalchilik vaziyatlarida qo‘rqmasdan masalalarni hal qilishi mumkin.
Tavakkalchilikni baholash har bir tadbirkorning aql-idrokiga bog‘liq. Konservativ toifadagi tadbirkorlar, odatda, yangiliklarga ko‘p intilmasdan, mumkin bo‘lgan har qanday tavakkalchilikdan o‘ochishga harakat qiladilar. Boshqa toifadagi tadbirkorlar esa, agar tavakkalchilik me’yor darajasida bo‘lib, uni baholash va oldini olish yoki oqibatlarini pasaytirish mumkin bo‘lsa, tavakkal qilish yo‘lini tanlaydilar. Ko‘pchilik mutaxassislar fikriga ko‘ra, tavakkalchilikka bormasdan biznesda muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi.
Tavakkalchilikka bo‘lgan munosabat tadbirkor ega bo‘lgan sarmoya miqdoriga ham bog‘liq. Masalan, tadbirkorning sarmoyasi 100 ming so‘mga teng bo‘lsa, uning uchun 20000 so‘mlik zarar juda katta yo‘qotish bo‘ladi. Agar u 10 mln. so‘mlik saromoyaga ega bo‘lsachi? Bu holda 20000 so‘mga teng zarar bilan tavakkalchilik qilish unchalik xavf tug‘dirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |