O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI MOLIYA YO’NALISHI TALABASI
BO’RIYEV FAYZALINING
MIKROIQTISODIYOT.
MAKROIQTISODIYOT FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Bajardi:
__________
Qa’bul qildi:
__________
Termiz-20____
Mavzu: O`zbekison Respublikasi investitsiya siyosati
Reja:
I. Kirish
1. Xorijiy investitsiya.
2. Xorijiy investitsiyalarning mohiyati va jalb qilish sabablari.
3. “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning
faoliyatini rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”.
4. O’zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarning rivojlanishi.
5. Xorijiy investitsiyalar va loyihalarni amalga
oshirish monitoringi
boshqarmasi.
II. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Investitsiya – taraqqiyot tayanchi
Mamlakatimizda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarning erkin faoliyat
yuritishi uchun zarur kafolatlar, qulay tashkiliy va huquqiy shart-sharoit yaratilgan.
Xususan, ro‘yxatga olish, hisobotlarni taqdim etish, ruxsatnomalar berish tartib-
qoidalari soddalashtirildi. Huquqiy ta’sir choralari faqat sud orqali amalga
oshirilmoqda.
O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya
ishtirokidagi korxonalar huquqlarini ta’minlash borasida izchil ishlar olib
borilayotir. Bunda Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 2 mayda qabul qilingan
“To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori muhim omil bo‘lmoqda.
Poytaxtimizda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning faoliyatiga
bag‘ishlangan seminarda shu haqda gap bordi.
Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari F.Ziyayev va boshqalar Prezidentimiz
Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda qulay investitsiya muhitining yaratilgani
samarasida iqtisodiyotimizga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi izchil
o‘sayotganini ta’kidladi. Investitsiya dasturlarini amalga oshirish natijasida yangi
obyektlar ishga tushirilmoqda, ishlab chiqarish hajmi o‘sib, yangi ish o‘rinlari
yaratilmoqda.
Seminarda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarga berilayotgan imtiyoz va
kafolatlar bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va
qo‘shimchalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, poytaxtimizda
faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy
himoya qilish borasidagi ishlar tahlil etildi.
Joriy yilning o‘tgan davrida Toshkent shahar adliya boshqarmasiga xorijiy
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan tushgan qirqdan ortiq murojaat
ko‘rib chiqilgan. Tadbirkorlik sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi
yuzasidan sudlarga da’vo arizalari kiritilgan. Natijada, qo‘shma korxonalar
foydasiga jami 423 million so‘mdan ortiq pul mablag‘i undirilgan. Qonun
buzilishiga yo‘l qo‘ygan tegishli idoralarga taqdimnoma, ogohlantirish va
ko‘rsatmalar kiritilgan.