FAKULTET
KURS, GURUH TALABASINING O’QUV
PORTFOLIOSI
(NAMUNA)
Boshlanish sanasi 201__yil “___”_______________
Tamom bo’lish sanasi 201__yil “___”_______________
TOSHKENT-201___yil
“O’QUV PORTFOLIOSI”
Portfolio so‘zining italyan tilidan tarjimasi "hujjatlar bilan papka", "mutaxassis papkasi" degan ma’noni anglatadi. Portfolio - bu asosan o’zining imkoniyatlarini namoyon etishga mo’ljallangan ishlar to’plami.
O’quv portfoliosi falsafasi quyidagilarni nazarda tutadi: ta’lim oluvchi mazkur mavzu va fan bo’yicha bilmaydi va qila olmaydi deb ta’kidlash o’rniga u biladi va qila oladigan urg‘u berish; baholash, miqdor va sifat bog‘liqligi;
pedagogik urg‘uni pedagogning bahosidan ta’lim oluvchining o’ziga baho berishiga ko’chirish.
Portfolioning asosiy ma’nosi - "har bir ta’lim oluvchi u nimaga qodirligini ko’rsata olishiga imkon berish", ular uchun "o’sishga rag‘batlantiruvchi omil" yaratish.
Bunda portfolio bir necha funksiyalarni bajaradi: - tashhisli (belgilangan vaqt davomida ta’lim oluvchilar-ning bilimlari o’zgarishi va o’sishini aniqlaydi) maqsadli (ular uchun aniq va ahamiyatli o’quv maqsadlari); (ular bajaradigan ishlarning barchasini namoyon etadi); rivojlantiruvchi (o’quv jarayonining yildan yilga uzluksizligini ta’minlaydi); motivatsion (ta’lim beruvchi, ta’lim oluvchi va ota-onalarning hamkorlikdagi faoliyatlarini rag‘batlantirish);
reytingli (ularning miqdoriy va sifatli shaxsiy yutuqlarini aniqlashga imkon beradi);
refleksiv (ular o’zlarining rivojlanishlarini baholashlarini rag‘batlantiradi, ya’ni o’ziga baho berish va o’zini tahlil qilish malakalarini shakllantirish). Portfolioning qanday turlari bo’ladi?
Portfolioning birinchi turi - ta’lim oluvchining muvaffaqiyatlar portfoliosi uch bo’limdan tashkil topishi mumkin: "hujjatlar", "ishlar" va "taqrizlar".
Hujjatlar bo’limiga shaxsiy o’quv yutuqlari - olimpiadada, ko’rik-tanlovlarda va boshqa tadbirlarda qatnashganligi to’g‘risida hujjatlar (faxriy yorliq, diplom, sertifikat, guvohnomalar, shahodatnomaga ilova va boshqalar kiradi. Bu ular yutuqlarining ham son, ham sifatini baholash imkonini beradi.
Ishlar bo’limi - ta’lim oluvchining ijodiy, tadqiqotchilik va loyiha ishlarining to’plami, uning o’quv va ijodiy faolligining asosiy shakl va yo’nalishlarining tavsifi. Portfolioning bu bo’limi berilgan ko’rsatkichlar bo’yicha sifatli bahoni beradi: to’liqlik, turlichaligi, materiallarning ishonarliligi, o’quv va ijodiy faollik o’zgarishi, qiziqishlari yo’nalganligi.
Taqrizlar bo’limi - bu ta’lim beruvchilar, ota-onalar tomonidan berilgan ta’lim oluvchining turli faoliyat turlariga aloqadorligi tavsifi va boshqalar, shuningdek, ularning o’z faoliyati va uning natijalarining yozma tahlili (xulosalar matni, taqrizlar, rezyume va boshqalar). Portfolioning bu qismi ta’lim oluvchining o’ziga baho berish mexanizmini kiritish, bu bilan ta’lim olish bilan bog‘liq jarayonlarning anglanganligi imkonini beradi.
Ikkinchi turi - ta’lim oluvchining shaxsiy rivojlanishi o’sishini ko’rsatuvchi refleksiv portfolio. Portfolioning bu turi ularning maqsadlarni, o’zining o’quv ishining borishi va natijalarini tahlil qilish va baholashga asoslangan. Bu papkaga insholar, bayonlar, esse, suratlar, o’zini kuzatish varag‘i, o’ziga baho berishning turli shaklari (masalan, men o’quv jarayonida yuzaga kelgan qiyinchiliklarni qanday yengaman), o’zini kuzatish kundaliklari va boshqalar kiradi.
Portfolioning uchinchi turi - muammo-izlanishli, maqsadlarni, biror-bir muammo jarayoni va natijalarini aks ettiradi.
Portfolioning bunday ko’rinishi ta’lim oluvchining ishini tahlil - sintez - baholash darajasida ko’rsatadi. Odatda, ishning hajmi va sifati, shuningdek, hal qilinayotgan muammoning murakkablik darajasini aniq ruknlar bo’yicha kuzatish mumkin, masalan: o’rganish uchun adabiyotlar ro’yxati; mikro-mavzular, muammoli joylari, tadqiqot rejasi; munozarali nuqtai nazarlar; dalillar, sonlar, statistika; sharhlar, aforizmlar; boshqa fan sohalari bilan bog‘liqligi; tadqiqot natijalari; tadqiqot natijalari bo’yicha xulosalar; tadqiqot metodlari; bashorat va istiqbollar.
Bunday portfolioda materialni yig‘ish va tizimlashtirish ta’lim oluvchilarga faqatgina ilmiy ishni munosib o’tkazishni emas, balki ularning ongli qiziqishlarini ilmiy namunalar darajasigacha "ko’taradi".
Portfolioning to’rtinchi turi - biror-bir katta mavzu, bo’lim, o’quv kursini o’rganish jarayonida yaratiladigan tematik portfolio. Ish quyidagicha bo’ladi: boshida ta’lim beruvchi o’rganiladigan mavzuni, shuningdek, u bo’yicha nazorat shaklini ushbu mavzu ustidagi ish natijalari bo’yicha tuzilgan o’zining portfoliosini himoya qilishni e’lon qiladi. Ta’lim oluvchilarga boshidanoq fikrlash va anglashning turli darajalarini aks ettiruvchi turli murakkablik darajasidagi vazifalar topshiriladi.
Demak, portfolio - bu:
ta’lim oluvchining shaxsiy yutuqlarini aniqlash, yig‘ish va baholash metodi;
ularning ishlari va natijalari to’plami;
tizimli, maxsus tashkil qilingan va bilim, malaka, munosabat, salohiyat monitoringi uchun qo’llanadigan dalil-isbotlar to’plami;
ta’lim subektining egallagan tajriba va yutuqlarini ko’rsatuvchi, turli ma’lumotlarga ega ishchi fayl papka;
Do'stlaringiz bilan baham: |