Rivojlantirish portfolisi (developmental) - shaxsiy yutuqlar va kamchiliklar refleksiyasi uchun qo‘llaniladi. Bu bosqichda talaba va o‘qituvchi o‘rtasida o‘zaro aloqa, munosabat, ta’sir asosiy rol o‘ynaydi.
Erishgan yutuqlar portfolisi (assessment) - talabaning fan bo‘yicha erishgan yutuqlari va bilimini aniq va to‘g‘ri baholash uchun xizmat qiladi.
Namoyish portfolisi (showcase) - o‘quv kursining yakunida yaratiladi va talabaning olgan bilimlarini (tayyor kadr sifatida) potensial ish beruvchiga taqdim qilish yoki o‘qishni davom ettirishga tavsiya etish maqsadida tashkil etiladi. Bu turli ko‘rinishdagi Curriculum Vitae hisoblanadi.
e-Portfolio yuqorida keltirilgan uch variantning birgalikdagi ko‘rinishida ham
bo‘lishi mumkin. Bunda multimedia axborotlardan ham foydalaniladi.
e-Portfolio talabaning o‘zlashtirishi va turli sohalardagi erishgan yutuqlari monitoringini yuritishning prinsipial yangi, refleksiyaga asoslangan vositasi bo‘lib, talaba bilimi natijalarini ball tizimida emas, balki sifat jihatdan baholash imkonini beradi. e-Portfolioni yaratish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan, masalan Angel qobig‘i.
«On-line-portfolio» turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Masalan:
kursning umumiy saytida buning uchun maxsus ajratilgan bir qancha hujjatlar va materiallarni yuklash orqali talaba tomonidan tuzilishi mumkin;
talabaning shaxsiy veb-varag‘ini yaratish orqali tuzilishi va unga o‘quv kursi bo‘yicha o‘z tushunchalari asosidagi hisobotlar kiritilishi mumkin.
Talaba portfoliosini baholash mezonlari.
Talaba o‘z-o‘zini baholashda o‘z faoliyatiga tanqid nuqtai nazaridan qarashi, nima uchun aynan ushbu bo‘lim yoki mavzularni tanlaganligini o‘zi mantiqan bilishi, bu uning ushbu fan bo‘yicha umumiy bilimida qanday rol o‘ynashi mumkinligini ifoda etishi kerak. «Portfolio» yaratishdagi eng murakkab masala - taqdimotga loyiq materiallarni tanlash, ushbu materiallarga tushunarli tilda, ravon, mantiqan mazmunga boy va qisqa izoh yozish hisoblanadi. Materiallarni to‘g‘ri tanlash, ularga izoh yozish hamda uni ob’ekiv baholashda quyidagi savollardan foydalanish mumkin:
Talaba faoliyati bo‘yicha savollar:
Portfolioga material tanlashda siz qanday ishlarni amalga oshirdingiz?
Nimaga erishdingiz, nimalarda qiynaldingiz?
Portfolioda siz qiynalgan biror material bormi?
Sizda portfolio yaratish bo‘yicha mos namuna bormi?
Axborotlarni qanday tashkil qildingiz?
Muammolarni qaytadan yorita olasizmi (topshiriqni yanada oddiyroq so‘zlar bilan)?
Qaysi so‘zlar, iboralar bu yerda ahamiyatlliroq bo‘ldi, nima uchun?
Muammoni qayta yoritish qanchalik ratsional bo‘ldi?
Bu masala, muammo qanday savollarni keltirib chiqarishi mumkin?
Siz ushbu savollarga yaqinroq savollar tuza olasizmi?
Ushbu masalani yoki muammoni hal etishda siz uchun nimalar eng qiyin kechdi?
Ushbu masalani, muammoni yechish bilan siz qanday yangi bilimlarga erishdingiz?
Hayotda ushbu masala, muammoga o‘xshash holatlar bo‘lishi mumkinmi?
Siz tavsiya etgan javob ushbu muammo yechimining yagona yo‘limi?
Guruhiy ishlashga qanday munosabat bildirasiz?
Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqadi, nimalar yoqmaydi?
Ushbu masala sizning fan bo‘yicha bilimlaringizni yanada orttirishda foydali bo‘ladimi?
Ota-onalar yoki taqrizchilarga savollar bera olasizmi?
«Portfolio»dan sizning birinchi taassurotingiz qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |