Mikroiqtisodiyot makroiqtisodiyot” fanidan o‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash



Download 7,51 Mb.
bet103/206
Sana20.07.2022
Hajmi7,51 Mb.
#828692
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   206
Bog'liq
Микро.Мaкроиқтисодиёт УМК 2019-20

13.4. Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash
Ko’pchilik hollarda eksportni davlat tomonidan rag’batlantirish tadbiri sifatida ko’pgina mamlakatlarda eksport subsidiyalari qo’llaniladi. Bunda tajriba - konstruktorlik ishlari va eksportga mo’ljallangan ishlab chiqarishni bevosita moliyalashtirish yoki bu maqsadlarga davlat byudjetidan imtiyozli kreditlar berish ko’zda tutiladi.
Eksport subsidiyalari turli shakllarda qo’llaniladi. Bularga:
- eksportyor firmalarga yoki xorijiy sheriklarga past foizli kreditlar berish;
- reklama xarajatlarini davlat hisobidan qoplash, bozor konyukturasi haqida tekin axborot etkazib berish;
- firmalarga ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushiga muvofiq soliq imtiyozlarini berish;
- bevosita subsidiyalash kiradi.
Eksport subsidiyalarining berilishi milliy ishlab chiqaruvchilarining tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshiradi. Ammo importyor davlatlar tomonidan kiritiladigan kompensatsion import bojlari bu yutuqni yo’qqa chiqarishi mumkin. Oqibatda eksportyor davlat byudjeti yo’qotishga uchraydi, importyor davlat byudjeti esa qo’shimcha daromad ko’radi. Bu tadbir dempingga qarshi kurash ko’rinishlaridan biridir.
Dempinga qarshi qaratilgan bojlar jahon amaliyotida keng qo’llanilib, o’zida qo’shimcha import bojlarini aks ettiradi. Ular odatda, jahon narxlaridan yoki import qilayotgan mamlakat ichki narxlaridan past narxlar bo’yicha, eksport qilinayotgan mahsulotlarga o’rnatiladi. Bu bojlarni belgilash haqidagi qarorni xalqaro sud mahalliy ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar murojaatidan so’ng chiqaradi hamda uning miqdorini va to’lash tartibini belgilaydi. Masalan, dempingga qarshi bojlar o’z valyuta resurslarini to’ldirish maqsadida jahon bozoriga xom ashyo resurslarini eksport qilishni ko’paytirgan sobiq ittifoqdosh respublikalarga nisbatan faol qo’llanilmoqda.
Eksportga tariflar yoki eksport bojlari kiritilishining oqibati import bojlari kiritilishi oqibatining aynan aksidir. Eksport bojlari kiritishishi sharoitida mahsulotlar ichki bahosi ularning tashqi bahosidan pasayadi. Bunday vaziyatlarda ichki iste’mol o’sadi, ishlab chiqarish va eksport kamayadi. Eksportga bojlarni joriy qilish natijasida milliy ishlab chiqaruvchilarda yo’qotishga duch bo’ladilar. Tanqi bozordagi baholarga nisbatan ichki bahoning kamayishidan iste’molchilar yutuqqa erishsa, davlat esa daromadga ega bo’ladi.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi bo’lib, xorij mamlakatlarining ayrim mamlakatlarga “ixtiyoriy” eksport miqdorlarini cheklashdan iborat.
Bu erda «ixtiyoriy so’zi» shartli xarakterga ega. Chunki, eksport qilayotgan mamlakat savdo siyosatida o’z hamkorlari tomonidan birorta noxushlikka duch kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega:
1. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste’molchilar uchun tarif va kvotalarni belgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun iste’molchilar ularni e’tiborsiz qabul qiladilar va hukumatga norozilik bildirmaydilar.
2. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij iste’molchilari ular sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx belgilashlari mumkin.
Shunday qilib, xorijliklar ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida eksportyor ko’rgan yo’qotishlarni narxlarni oshirish hisobiga qoplashadi.
Savdo siyosatini amalga oshirishning ko’rib o’tilgan usullarining har biri ijobiy jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarga ham ega. Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashqi savdo liberallashtirib boriladi. Mamlakatning xalqaro savdo tashkilotlariga a’zo bo’lishi bu jarayonining qonuniy natijalaridan biridir. Tashqi savdoni erkinlashtirilishi iqtisodiyotda bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishga olib keladi.

Download 7,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish