Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Mikroiqtisodiyotning ahamiyati



Download 35,21 Kb.
bet3/6
Sana27.10.2022
Hajmi35,21 Kb.
#856930
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-MAVZU. MIKROIQTISODIYOT FANINING PREDMETI, MAQSADI VA MAQSADI VA VAZIFALARI

1.3.Mikroiqtisodiyotning ahamiyati

Mikroiqtisodiyotning ahamiyati alohida tadbirkorlar, korxonalar, uy xo‘jaliklari, oddiy fuqarolar faoliyatida muhim o’rin tutadi.


Amalda bizning asosiy mahsadlarimizdan biri xo‘jalikka oid qarorlarga kelinganda qanday qilib mikroiqtisodiyot tamoyillari qo‘llanishini ko‘rsatishdan iboratdir. Mikroiqtisodiyotning amalda qo‘llanishini ko‘rsatuvchi jahon amaliyotida yuz bergan misolni keltiramiz.
Korporatsiya darajasida bir qarorga kelish. 1985 yilning oxirida «Ford» oldingi g‘ildiraklari tortadigan va samarali aerodinamik shaklga ega bo‘lgan «Tauras» nomli yangi avtomobil modelini bozorga taqdim etdi. Mashina katta muvaffaqiyatga ega bo‘ldi va 1987 yilga kelib «Ford» foydasini deyarli 2 marta ko‘paytirdi. Bu mashinaning dizayni va samarali ishlab chiqarilishi muhandislik tafakkurining eng yangi yutuqlarini qo‘llash bilan bog‘liq edi, u ancha-muncha iqtisodiy masalalarga ham daxldor bo‘ldi. Firma menejerlari yangi dizayn xaridorlar tomonidan naqadar ma’qullanishini tushunib yetishlari kerak edi. Iste’molchilarni mashinaning texnik tavsiflari va tashqi ko‘rinishi qoniqtiradimi? Dastlabki talab qancha bo‘ladi, u vaqt o‘tishi bilan qanday o‘zgaradi va bunga avtomobilning narxi qanday ta’sir etadi? Iste’molchilarning talab-ehtiyojini o‘rganish, yangi mashinaga bo‘lgan talabni prognozlash, mashina narxi o‘zgarganda unga talabning o‘zgarishi «Tauras» dasturining muhim qismini tashkil etdi. So‘ng «Ford» model qiymatini belgilashi kerak edi: ishlab chiqarish xarajatlari va ularning yiliga qancha mashina chiqarilishiga qarab o‘zgarishini aniqlash zarur edi. Shuningdek, kasaba uyushmasi bilan ish haqining miqdori to‘g‘risidagi muzokaralar natijasi, po‘lat va boshqa xom ashyolar narxi ham hisobga olinishi kerak edi. Ishlab chiqarishda tajriba ko‘paygan sari ishlab chiqarish xarajatlarining pasayish miqdori va tezligini ham tahlil etishga to‘g‘ri keldi. Bu ma’lumotlar maksimal foydani qanday olish mumkin, buning uchun yiliga qanday miqdorda mashina chiqarishni rejalashtirish kerak, degan savollarga javob topish uchun talab qilinar edi. «Ford» narx shakllantirish strategiyasini ishlab chiqishi kerak edi, bundan tashqari raqobatchilarning bu strategiyaga qanday javob berishini ham chamalab ko‘rishiga to‘g‘ri kelar edi. Masalan, mashinaning dastlabki «yengillashtirilgan» modeliga past narx, lekin uning gidravlik boshqarish tizimi bor, havo konditsioneri mavjud individual modelga esa yuqori narx qo‘yish kerakmi? Yoki mashinalarni «standart» qilib ishlab chiqarish va ularning barchasiga ancha yuqori narx belgilash yanada qulay bo‘ladimi? Bunga JM («Jeneral motors) va «Kraysler» kabi raqobatchilar «Ford» qo‘ygan narxdan qat’iy nazar, qanday javob qaytaradilar? JM va «Kraysler» o‘z mashinalari narxini tushirish orqali «Ford»ni ham narxni tushirishga majbur etadimi? «Ford»ning ham narxni pasaytirishga harakat qilishi xavfi JM va «Kraysler»ni narxlarni pasaytirishdan tiyib tura oladimi? «Tauras» dasturi yangi ishlab chiqarish uskunalariga katta kapital qo‘yishni talab qilgan, kompaniya esa bu bilan bog‘liq riskka va uning kutilayotgan oqibatlariga baho berishi zarur edi. Riskning bir qismi benzinning bo‘lg‘usi narxi aniq bo‘lmasligi bilan (benzinning yuqori narxi kam litrajli mashinalarga talabni oshirib yuboradi), riskning boshqa qismi esa firma ishchilariga beriladigan ish haqi miqdorining aniq bo‘lmasligi bilan bog‘liq edi. Agar neftning jahon bozoridagi narxi 2—3 marta oshsa yoki hukumat benzinga yangi soliq joriy etsa nima bo‘ladi? Kasaba uyushmalari ish haqi to‘g‘risidagi muzokaralarda naqadar kuchlilik qiladi va bu ish haqi miqdoriga qanday ta’sir etadi?
Kapital qo‘yish haqida qarorga kelinganda bu savollarga javoblarning noaniqligini qanday hisobga olish kerak? «Ford» birlashgan firma bo‘lib ma’lum tashkiliy muammolarni ham hal etishi kerak edi, chunki uning bir bo‘linmasi mashina ayrim qismlarini ishlab chiqaradi, boshqalari esa yig‘ish bilan shug‘ullanadi. Turli bo‘linmalar menejerlariga mukofot puli ajratilishi ham kerak. Avtomobilni yig‘uvchi bo‘linmalar boshqa bo‘linmalardan oladigan dvigatellarga qanday narx qo‘yishi lozim. Hamma detal va qismlarni o‘z zavodlaridan olish kerakmi yoki ulardan ba’zilarini tashqaridan olish ma’qulmi? Nihoyat, «Ford» o‘z faoliyatida hukumat va qonun chiqaruvchi idoralarning talablarini hisobga olishi kerak. Masalan, avtomobilning yangi modeli tashqi muhitga chiqaradigan gazlar federal me’yor, eng ko‘p deganda, yo‘l qo‘yilgan darajadagi kontsentratsiya talabiga javob berishi zarur bo‘ladi, mashinalarni uzluksiz yig‘ib borish esa xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish qonunlariga mos kelishi kerak edi. Mazkur qoida va me’yorlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishining eng ko‘p ehtimoli qanday? Bular kompaniyaning xarajatlari va daromadlariga qanday ta’sir eta oladi?2

Download 35,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish