Mikroiqtisodiyot fanidan


Barqaror narxni ta’minlash va ishlab chiqarish hajmini cheklash siyosati



Download 88,94 Kb.
bet5/7
Sana05.01.2022
Hajmi88,94 Kb.
#320177
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot f

Barqaror narxni ta’minlash va ishlab chiqarish hajmini cheklash siyosati. AQSh va Evropa davlatlarida minimal narxni o’rnatishdan tashqari, narxlarni barqarorlashtirishda ishlab chiqarish hajmini qisqartirishni yoki ishlab chiqarishni chekli rag`batlantirish siyosatlarini qo’shib olib boradi. Ayniqsa, bunday siyosat AQShda qishloq xo’jaligi tizimi qo’llanadi.

Barqaror narxlarni ushlab turish. Rivojlangan davlatlarda barqaror narx ko’pincha sutga, tamaki va donga qo’llaniladi, bundan maqsad, ushbu tovarlarni ishlab chiqaruvchilarning daromadlarini etarli darajada bo’lishini ta’minlash.

Bunday siyosatda davlat mahsulotga narxni R* darajada belgilab, uni shu darajada bo’lishini taminlash uchun kerakli hajmdagi mahsulotni sotib oladi. Ushbu holat 9-rasmda ko’rsatilgan. Bu holatda davlatning, iste’molchilarning va ishlab chiqaruvchilarning yutuq va yo’qotishlarni tahlil qilib chiqamiz.


9-rasm. Narxni barqaror bo’lishini ta’minlash.


Narx darajada o’rnatiladigandan keyin iste’mol talabi dan ga pasayadi, taklif esa ga qadar oshadi. narxni ushlab turish uchun va omborlarda tovar zahiralarni to’planishini oldini olish uchun davlat ortiqcha miqdordagi tovarni sotib olishi kerak. Iste’mol talabi davlat talabi qo’shiladi va ishlab chiqaruvchilar barcha mahsulotni narxda sotish mumkin bo’ladi.

Tovarni sotib oluvchi iste’molchilar tovarni R0 ga nisbatan qimmatroq narxda sotib oladilar va ular o’zlarining iste’molchi ortiqchaligini A to’rtburchak yuziga teng bo’lgan qismini yo’qotadilar (9-rasm). Iste’molchilarning boshqa bir qismi tovarni sotib olaolmaydilar va ularning yo’qotishi V uchburchak yuzi bilan ifodalanadi, natijada iste’molchilarning umumiy yo’qotishi quyidagiga teng bo’ladi:



Boshqa tomondan qaraganda, ishlab chiqaruvchilar yutib chiqadi. Siyosatning maqsadi ham shundan iborat edi. Ishlab chiqaruvchilar ga nisbatan ko’proq, ya’ni miqdordagi mahsulotni yuqoriroq bo’lgan narxda sotadilar. Ishlab chiqaruvchilarning ortiqchaligi ( ) quyidagi miqdorga oshadi:



.

Endi davlatning xarajatlari ga teng, ya’ni bu davlat tomonidan sotib olingan tovar summasi. Bu xarajat ham pirovardida iste’molchi yo’qotishiga qo’shiladi, nima uchun deganda u soliqlar hisobidan to’lanadi. 9-rasmda davlatning xarajati katta to’rtburchak bilan ifodalangan. Davlatning ushbu xarajatlari kamayishi mumkin, agar u sotib olgan mahsulotining bir qismini chetga (odatda past narxda) sotsa. Lekin, bu davlat ichidagi ishlab chiqaruvchilarning o’z mahsulotini chetga chiqarib sotish imkoniyatini cheklaydi.

Bunday siyosatning aholi turmush darajasiga ta’sirini baholash uchun biz iste’molchi ortiqchaligidagi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligidagi natijaviy o’zgarishlarni qo’shib, undan davlat xarajatini ayiramiz:

,

yoki


.
Demak, bunday siyosatda jamiyat o’z faravonligining bir qismini yo’qotadi. 9-rasmda ushbu yo’qotish shtrixlangan soha yuzasi bilan ifodalanadi. Ko’rinib turibdiki, bunday siyosat juda katta jamiyat yo’qotishlari bilan bog`liq.

Siyosatning asosiy maqsadi fermerlar daromadini oshirish bo’lsa, bundan samaraliroq yo’l bormi, degan savolni qo’yadigan bo’lsak, unga bor, deb javob berish mumkin.

Fermerlaning daromadini A+V+E miqdorga oshirishni jamiyatni kamroq yo’qotshi orqali amalga oshirish yo’li bu ushbu A+V+E pulni to’g`ridan-to’g`ri fermerlarning o’ziga berishdir. Iste’molchilarning narxni barqarorlashtirishdagi yo’qotishi bari bir A+V ga teng bo’lgani uchun, fermerlarga ushbu pul bevosita berilsa, jamiyat 9-rasmda shtrixlangan yuzaga teng bo’lgan mablag`ni iqtisod qilishi mumkin.


Download 88,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish