O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TASHKIL ETILGAN ERKIN IQTISODIY HUDUDLAR VA XORIJIY INVESTITSIYALAR ISHTIROKIDAGI KORXONALAR
REJA:
1.O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish
2.O’zbekitonda so’nggi yillarda tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlar
3. O’zbekitonda tashkil etilgan kichik sanoat zonalari va ularning xususiyatlari
1. O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishning zarurligi va o’ziga xos xususiyatlari O’zbekitonda EIHlarni tashkil etish g’oyasi o’tgan asr 80 yillari oxirida ko’rib chiqilgandi. O’sha paytda ko’pgina mutaxassislar bu hududlarni respublika iqtisodiyotini qayta isloh qilishning yangi mexanizmi va istiqboli deb hisoblashgandi. Haqiqatdan ham, EIHlarni tashkil etish bo’yicha xorij tajribasi shuni ko’rsatdiki, bu kabi hududlarni tashkil etish orqali milliy va chet el investitsiyalarini keng ko’lamda iqtisodiyotga jalb etish, ilmiy-texnik taraqqiyotga erishish, eksport salohiyati va iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish va yangi ish o’rinlarini barpo etish kabi masalalarni hal etishga ijobiy ta‟sir ko’rsatadi. Hozirgi kunga kelib respublikamiz hududdida EIHlarni tashkil etish O’zbekiton Respublikasining 1996-yil 25-aprelda “Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida”gi 220-I bilan bilan tasdiqlangan Qonuniga asoslanib amalga oshiriladi. Qonun uch qismdan iborat bo’lib, birinchi qismda umumiy qoidalar, ikkinchi qismda EIHning huquqiy tartiboti, uchinchi qismda esa EIHni boshqarish yoritib o’tilgan. Tashkil etilgan EIHlar mazkur qonun va boshqa tegishli me‟yoriy hujjatlarga muvofiq faoliyat ko’rsatadilar. O’zbekiton Respublikasining 1996-yil 25-aprelda “Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida”gi Qonuniga binoan Respublika hududida bunday zonalarning uch modeli, yani 1) erkin savdo zonalari; 2) sanoat zonalari; 3) texnologik zonalarni rivojlantirish ko’zda tutilgan. Shunigdek, bugungi kunda respublikamizda EIHlarning boshqa turlari ham tashkil etilishiga erishildi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, O’zbekitondа EIHni tashkil etishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 1. EIHni tashkil etish to’g’risida mahalliy hokimiyatning qarori. 2.EIHga beriladigan mavqei, boshqaruv tashkilotlari va rasmiy nomi ko’rsatiluvchi Nizom loyihasi. 3. Mazkur hudud joylashgan hudud chegaralari aniq ko’rsatilgan xaritasi. 4. Tashkil etiluvchi hudud faoliyatining texnik-iqtisodiy asosnomasi. 5. EIHni tashkil etish to’g’risidagi qarorning loyihasi. Mamlakatimizda bugungi kunga kelib erkin hamkorlikda iqtisodiy faoliyat olib borish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan. xorijiy investorlar uchun xalqaro amaliyotda qabul qilingan, inson huquq va erkinliklari ustuvorligidan kelib chiqadigan huquqiy qoidalar va me‟yorlar yaratildi. Tashkil etilgan EIHlarning dastlabkisi “Navoiy” EIH hisoblanadi. Dastlabki yillarda ular kutilganidek rivojlanishga erishmagan bo’lsalar-da, biroq, mazkur hududlarning tashkil etilishi bu sohadagi dadil qadam tashlashlarni ta‟minlash imkonini yaratdi. buning natijasida, so’nggi 2,5 yil ichida mamlakatimizda yana 18 ta EIHlar va 153 ta kichik sanoat zona (KSZ)larining tashkil etilishiga erishildi. Bularning barchasi iqtisodiyotni hududiy jihatdan sanoatlashtirishda diversifikatsiyalashuv, mavjud barcha salohiyatlarni hisobga olib ixtisoslashtirilgan holda samarali rivojlantirishda EIHlarning faol ishtirokini ta‟minlashda muhim ahamiyat kast etadi. Bunda mazkur EIHlarni rivojlantirishda barcha qulaylik va infratuzilmalarning hisobga olinganligi, ularni yanada takomillashtirishga jiddiy e‟tibor qaratilayotganligi, shuningdek, ko’plab imtiyozlarning taqdim etilishi ushbu hududlarga xorijiy investitsiyalarning keng jalb etilishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Endilikda EIHlarni rivojlantirishda Ma‟muriy kengashlarning mustaqilligi va mas‟uliyati yanada oshirilganligi hamda maqsadli dasturlari asosida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi bo’yicha monitoringning kuchaytirilganigi EIHlar taraqqiyotini ta‟minlashdagi muhim chora-tadbirlar sifatida qaramoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |