Kletchatkani
bijg'itadigan
bakteriyalarning
elektiv
kulturasining tekshirish. Preparat tayyorlash uchun kolba tubidan
pipetka bilan suyuqlik olinadi yoki kletchatkadan bir parcha olib,
oynaning ustida eziladi, shundan keyin preparat oddiy usul bilan
fiksasiya qilib bo'yaladi. Shunday preparatda kletchatkani bijg'ituvchi
bakteriyalar baraban tayoqchasiga o'xshab ko'rinadi.
AMMONIFIKASIYA JARAYONI
Mashg'ulotni o'tish tartibi: Talabalar guruhlarga bo'linib,
ammonifikasiya jarayonini yuzaga keltiruvchi aerob va anaerob sifatli
tajriba qo'yadilar. Ular aerob Bacillus mycoides va anaerob Bacillus
putrificus guruhiga kiruvchi ammonifikator mikroorganizmlarning
morfologiyasi bilan tanishadilar.
Qo'zg'atuvchilarning morfologiyasini o'rganish uchun har bir
talaba preparat tayyorlaydi va bo'yab mikroskopda ko'radi. Natijalarni
daftarlarga yozib boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |