55
ustida hosil bo'lgan mikroorganizmlarning miqdori orqali aniqlanadi.
Buning uchun tekshirilayotgan suvni ifloslanish darajasiga qarab
sterillangan vodoprovod suvi bilan suyultiriladi. Odatda suyultirilish
1:10 dan 1:1000 gacha konsentrasiyada suyultiriladi.
Tekshirilayotgan suvning 1 ml ni (yuqori konsentrasiyaligidan
boshlab) sterillangan Petri likobchalariga (2 ta) solib, uning ustidan
eritilgan, 45ºS ga sovitilgan qattiq oziqa muhiti quyiladi va
aralashtirilib, 37ºS haroratda 24 soat to'ntarilgan holda qo'yiladi. Toza
suvni esa suyultirilmagan holda ekiladi.
Inkubasiya
davrini
o'tagach,
o'sgan
koloniyalarni
lupa
yordamida sanaladi va har bir koloniyani Petri likobchasining orqa
qismiga siyoh bilan belgilanadi. Bundan tashqari hisob kamerasidan
ham foydalanish mumkin.
O'sgan koloniyalar miqdori ma'lum konsentrasiyada ekilgan
suvdagi mikroorganizmlar miqdoriga bog'liq. Har bir Petri
likobchasida o'sgan koloniyalarning o'rtacha miqdorini aniqlash
uchun koloniyalar soni sanalib, ularga tegishli bo'lgan konsentrasiya
soniga ko'paytirish kerak. Petri likobchalarini alohida sanalib
qo'shiladi, so'ngra ikkiga bo'linadi.
Ekilgan suvning ichak tayoqchasi topilgan eng kam miqdori
suvning koli-titri deb hisoblanadi.
Suvning kolititrini aniqlash
Ichak tayoqchasi
Filtrlovchi membranalar yordamida ham suvning koli-titri
aniqlanadi:
filtrlovchi
membranalar
mayda
teshikli,
yupqa
pitrasellyulozadan tayyorlangan va oq qog'ozga o'xshaydi. Ko'pincha
amaliy ishda 3-nomerli filtrdan foydalaniladi. Bu filtrlar Zeyts
apparatiga joylashtirilib sterillanadi. So'ngra tekshiriladigan suvning
56
ma'lum miqdori (300 ml) filtrlanib, keyin filtrlanuvchi membranalar
Zeyts apparatidan olinib, tepaga qaratib qattiq oziqa muhitli Petri
likobchalariga yoyib qo'yiladi va termostatga qo'yiladi. Agar
filtrlangan suvda ichak tayoqchasi bo'lsa, ertasiga ularga xos qizil
koloniyalar ko'rinadi. Bunday koloniyalar sanalib, Eykman oziqasiga
ekib 43ºS issiqlikda o'stiriladi. Unda ham ichak tayoqchasi borligi
aniqlansa, olingan natijaga ko'ra suvning koli-titri aniqlangan bo'ladi.
Masalan, 300 ml suvni filtrlanganda filtrlovchi membranada
ichak tayoqchasiga xos 3 ta qizil koloniya o'sib chiqsa, demak 100
ml suvda bitta ichak tayoqchasi borligi, ya'ni suvning koli-titri 100 ml
ekanligi ma'lum bo'ladi. Suvning koli-titri qancha kichik bo'lsa, u suv
shuncha ko'p ifloslangan, koli-titri qanchalik katta bo'lsa, suv shuncha
toza hisoblanadi.
Suvdan olingan namunalar Petri likobchasidagi agarli oziqa
muhitiga ekiladi. Buning uchun suv 10
-2
, 10
-1
marta suyultirilgan va
sterillangan namunalar ishlatiladi. Petri likobchasidagi unib chiqqan
mikroorganizm koloniyalarining hisobi olinib, so'ngra bu olingan son
suvni suyultirilganligini darajasiga ko'paytiriladi hamda o'rtacha
miqdori
hisoblab
topiladi.
Suvning
sifati
1
ml
suvdagi
mikroorganizmlar miqdoriga qarab aniqlanadi:
100 gacha bo'lsa - toza suv,
100 dan 500 gacha bo'lsa - o'rtacha ifloslangan,
500 dan ortiq bo'lsa - iflos suv.
Do'stlaringiz bilan baham: