Mikroorganizmlarning
koloniyalarini
hisoblovchi asbob.
Yarim avtomat hisoblovchi asbob prujina moslama bilan ignaga
ulangan. Igna Petri likobchasidagi koloniya ustiga bir oz tegiziladi va
likobcha yuzasida iz qoladi. Bundan qo’l bilan ushlanadigan qismi
yuqoriga ko’tariladi, natijada zanjir berkiladi, asbob hisoblay
boshlaydi.
MIKROSKOP VA UNING TUZILISHI
Mashg’ulotni o’tish tartibi: Biologik mikroskopning tuzilishi
va ular bilan ishlash qonun qoidalarini o’rganadilar. Mikroskopni
yig’ilgan holda hamda uning alohida qismlari bilan tanishadilar.
Talabalar mikrobiologik tadqiqotlar olib borishda mikroskopda ishlash
texnikasini o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |