Ezilgan tomchi preparatini tayyorlash. Toza buyum oynasiga
pipetka bilan toza suvdan bir tomchi tomiziladi. Keyin spirt lampasi
alangasida cho’g’ bo’lguncha qizdirilgan mikrobiologik sirtmoq bilan
zarur mikroorganizmlar olinib, suv tomchisiga qo’shib aralashtiriladi.
Shundan keyin sirtmoq qizdirilib, undan qolgan mikroorganizmlar
yo’q qilinadi. Mikroorganizmlar aralashtirilgan suv tomchisi
qoplag’ich oyna bilan yopiladi, tomchi shu tariqa ezilib, mikroskopda
o’rtacha katta qilib qaraladi.
Qoplag’ich oynani tomchi chetiga qirrasi bilan qo’yib, keyin
asta-sekin butun tomchini yopish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |