Markaziy-agarli blok usuli. Antibiotik produsentlari
rivojlanishi uchun yaroqli bo'lgan sterillangan agarli oziqa muhiti
qatlamlaridan diametri 20-25 ml bo'lgan doirachalar o'yib olinadi.
O'yib olish uchun sterillangan shisha naychalardan foydalaniladi.
O'yib olingan doirachalar boshqa sterillangan Petri likopchalariga
qo'yiladi. Har bir Petri likopchasiga bittadan doiracha joylashtiriladi.
Doirachalar joylashtirilgan Petri likopchalarga test mikrob o'sishi
uchun yaroqli bo'lgan suyultirilgan agarli oziqa quyiladi. Oziqa
muhitini quyilganda uning sathi doirachadan 1-1,5ml. past bo'lishi
kerak. Petri likopchasidagi oziqa muhit sirtidagi ortiqcha namlikni
yo'qotish uchun likopchani to'ntarib, sterillangan termostatda 30-45
daqiqa qo'yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |