Qog'ozli disk usuli. Qog'ozli disklar bilan antibiotikning faolligi
aniqlanadi. Buning uchun antibiotik eritmasiga filtrlovchi qog'oz
botirilib, keyin u quritiladi va 0,5 sm diametrli doira (disk) shaklida
kesiladi. Qog'oz diskdagi antibiotik bir sutka ichida oziq muhitga
diffuziya qilinib, disk tevaragida mikrobning o'sishiga yo'l bermaydi.
Qog'oz disk tevaragida o'sa olmagan doiraning diametri o'lchanib,
antibiotikning mikrobga kuchli yoki kuchsiz ta'sir etganligi
aniqlanadi. Agar qog'oz diskdan 15 mm narigacha mikrob o'sib
chiqmasa antibiotikning mikrobga kuchsiz ta'sir etganligi ma'lum
bo'ladi. Agar diskning diametri 15-25 mm gacha bo'lsa, antibiotik
mikrobga ta'sir etgan, 25 mm dan ortiq diametrli doira o'smagan
bo'lsa, antibiotik kuchli ta'sir etgan deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |