Mikroblarni yashashi uchun havo qulay sharoit bolib hisoblanmaydi,
chunki unda mikroblarning yashashi uchun oziqa moddalar yoq va
u doimo harakatda boladi. Shunga qaramasdan, unda ayrim mikrob-
lar sil, klostridiy sporalari, zamburuglar va boshqa mikroblar saq-
lanadi. Havoni sanitariya-bakteriologik tekshirish ÃÎÑÒ talabiga
asosan olib boriladi. Rejali va epidemiologik korsatkich boyicha
tekshiriladi. Yani, operatsion xona, tugurugxona, boglov xonasi,
dorixona va boshqa xonalarning havosi tekshiriladi.
Havoni sanitariya-bakteriologik tekshirishda quyidagi korsatkichlar
aniqlanadi:
1) 1 m
3
havodagi mikroblarning umumiy soni aniqlanadi;
2) 1 m
3
havodagi patogen va shartli-patogen mikroblar aniqlanadi.
Sinama olish. Havodan sinama ikki usulda olinadi:
1) sedimentatsion usul mikroblarning mexanik ravishda choki-
shiga asoslangan;
2) aspiratsion usul havoni aktiv ravishda sorib olishga asoslangan.
3.10. Sedimentatsion usul
GPA solingan kosachalarni ochiq va gorizontal holda poldan turli xil
balandlikda 1020 daqiqaga (havoni iflos-tozaligiga qarab) ochiq qoldiri-
ladi. Patogen mikroblarni aniqlash uchun elektiv muhitlar qollaniladi.
?
Nazorat uchun savollar
347
Ekilganlarni termostatga 37°C haroratda 24 soatga qoldiriladi. Ertasi
kuni olib tekshiriladi.
3.11. Aspiratsion usul
Rechmenskiy, Dyakonova, PAB1, Krotov asboblaridan
foydalaniladi.
Krotov asbobida havoni sinamaga olish Petri kosachasidagi
muhitga havo urilishiga asoslangan. Krotov asbobi uch qismdan iborat:
havoni sinamaga oluvchi qismi, rotometr va elektr mexanizmi qismi.
1-kun. Havoni soruvchi qismiga ochiq holdagi Petri kosachasi
ornatiladi, qopqogining teshigi orqali havo oziqa muhitiga ekiladi,
kosacha esa bir daqiqada 40005000 marta aylanadi. Havo muhitga
bir xil otiradi.
Krotov asbobining kamchiligi shundan iboratki, u elektr
energiyasida ishlaydi va hamma sharoitda qollashning iloji yoq. Oziqa
muhitini termostatga 37°C haroratda 24 soatga qoldiriladi.
2-kun. Ekilgan muhitlar tekshiriladi, koloniyalar sanaladi. 1 m
3
havo-
dagi mikroblar aniqlanishiga qarab elektiv oziqa muhiti qollaniladi.
Agar patogen mikroblar aniqlansa, xuddi shu qozgatuvchiga
tekshirish ishlari otkaziladi.
1. Havo mikroorganizmlar yashashi uchun qulay sharoit hisoblanadimi?
2. Qaysi hollarda havoni rejali tekshirish ishlari olib boriladi?
3. Havo qanday usullarda tekshiriladi?
3.12. Òuproqni sanitariya-bakteriologik tekshirish
Òuproq mikroblarning yashashi uchun eng qulay sharoit bolib
hisoblanadi. Ular tuproq orqali suvga, havoga otib, ularni ifloslantiradi.
Òuproqni mikrobiologik tekshirish katta ahamiyatga ega. Òuproqni
kasalxona, bogcha, lager va boshqa obyektlarni qurishdan oldin
sanitariya-bakteriologik tekshiriladi.
Òuproqni tekshirganda quyidagi korsatkichlar aniqlanadi:
1) 1 kg tuproqdagi mikroblarning umumiy sonini aniqlash;
2) koli-titr va klostridiy perfringensni aniqlash;
3) 1 kg tuproqdagi termofil bakteriyalarni aniqlash;
4) epidemiologik korsatkich boyicha patogen mikroblardan
salmonellalar, shigellalar, botulizm, qoqshol qozgatuvchilari va
boshqa mikroblarni aniqlash.
?
Nazorat uchun savollar
348
Sinama olish. Sanitariya shifokori va bakteriolog tomonidan
tuproqdan maqsadga qarab, sinama olinadi. 1000 m
3
hudud tanlanadi.
Biri ifloslantiruvchi manbalarga yaqin, ikkinchisi undan uzoqroq
bolishi lozim. 25 m
2
maydonidan 5 ta nuqta: 4 ta chetidan va 1 ta
ortasidan olinadi yoki diagonal boyicha 5 ta nuqtadan olinadi.
Material tuproqni yuza qismidan steril lopatkachalar bilan 20 sm
chuqurlikkacha olinadi, chuqur qismidan sinama Nekrasov buri
yordamida olinadi. Sinama eng kamida 1 kg olinishi lozim. Sinamani
steril bankalarga solib, pergament qogozga orab, raqamini,
etiketkasini yopishtirib, yashiklarga solib, tushuntirish xati bilan
laboratoriyaga yuboriladi. Agar tuproqni shu kunning ozida
tekshirishning iloji bolmasa, muzlatgichga 12°C haroratda 1 kun
qoldiriladi.
Sinamani tayyorlash. Olib kelingan tuproq yirik qismlardan
tozalanadi, steril hovonchada eziladi, steril tordan otkaziladi. Òor-
dan otgan tuproqdan 30 g olinib, steril kolbaga solinadi va 270 ml
steril suv quyiladi. Natijada, 1:10 nisbatda suyultirilgan eritma hosil
boladi. Mana shu eritmani 1:100; 1:1000: 1:10000 gacha suyultiriladi.
Mikroblarning umumiy sonini aniqlash
Har bir tuproqning suyultirilgan eritmasidan olib, steril Petri
kosachasiga solinadi, ustiga 45°C gacha sovitilgan GPA solinadi.
Òermostatga 37°C haroratda 24 soat qoldiriladi. Vaqt otgach kolo-
niyalar sanalib, mikroblarning soni aniqlanadi.
Koli-titrni aniqlash
1-kun. 1 : 10 ga suyultirilgan eritmadan 10 ml olib, 50 ml.li
Kessler muhitiga ekiladi. Qolgan suyultirilgan eritmalardan 1 ml.dan
olib, 1 ml.li Kessler muhitiga ekiladi. Ekilganlarni termostatga 37°C
haroratda 24 soatga qoldiriladi.
2-kun. Ekilgan muhitlar tekshiriladi. Agar hech narsa osmagan
bolsa, yana 1 kunga qoldiriladi. Agar 48 soatda ham loyqalanib, gaz
hosil bolmasa, ichak tayoqchasi aniqlanmadi, deb javob beriladi.
Agar loyqalanish va gaz hosil bolgan bolsa, sektorlarga bolingan
Endo muhitiga ekiladi, termostatga 37°C haroratda 24 soatga qoldiriladi.
3-kun. Ekilgan muhitlar tekshiriladi. Agar Endo oziqa muhitida
ichak tayoqchasiga xos koloniyalar hosil bolgan bolsa, shubhali
koloniyadan olib:
1) surtma tayyorlab, Gram usulida boyab mikroskopda tekshi-
riladi;
2) oksidaza sinamasi qoyiladi;
349
3) yarimsuyuq glukozali muhitga ekiladi.
4-kun. Ekilgan muhitlar tekshiriladi. Oziqa muhitida gaz hosil
bolib, rangi ozgarsa, ichak tayoqchasi bor, degan xulosaga kelinadi.
Membranali filtr usuli
Bu usul kam ifloslangan tuproqlarni tekshirishda qollaniladi. Har
bir suyultirilgan aralashmadan 10 ml.dan olib filtrdan otkaziladi.
Filtratni yuqorida aytilgandek, tekshirish ishlari otkaziladi.
C.perfringens titrini aniqlash.
Har bir suyultirish darajasidan 1 ml.dan olib, ikki qator steril
probirkalarga solinadi. Bit qatordagi probirkalar 80°C haroratda
15 daqiqa qizdiriladi. Barcha probirkalarga eritilgan va 45°C gacha
sovitilgan VilsonBler muhitiga material ekiladi. Òermostatga 43°C
haroratda 24 soat qoldiriladi.
C.perfringens oziqa muhitining pastrogida qora koloniya hosil qilib
osadi. Gaz hosil bolgani oziqa muhitining yorilib ketganidan bilinadi.
Koloniyadan olib surtma tayyorlanadi. Gram usulida boyalib, mik-
roskop ostida tekshiriladi. Agar tayoqchasimon, sporali, Grammusbat
bolgan bakteriyalar korinsa, C.perfringens bor, deb xulosa qilinadi.
Bu qozgatuvchining tuproqda uchrashi unda boshqa klostridiylarning
borligidan dalolat beradi. Masalan, qoqshol, botulizm qozgatuv-
chilari.
1. Qachon tuproq sanitariya-bakteriologik tekshiriladi?
2. Sinamaga tuproq qanday olinadi?
3. Òuproqda qanday korsatkichlar aniqlanadi?
4. Enteropatogen ichak tayoqchasi qanday usullarda aniqlanadi?
3.13. Sut va sut mahsulotlarini sanitarya-
bakteriologik tekshirish
Sut va sut mahsulotlari mikroblar rivojlanishi uchun eng qulay
sharoit bolib hisoblanadi. Ayrim sutdan tayyorlanadigan mahsulot-
larning ozi mikroblar tasirida tayyorlanadi.
Sut orqali sil, brutselloz, salmonelloz, kuydirgi, poliomiyelit
virusi, anaerob batsillalar va boshqa mikroblar tarqalishi mumkin.
Bu mikroblar sut va uni sogayotgan va jonatilayotgan vaqtda, saqlash
va boshqa hollarda tushishi mumkin. Sut va sut mahsulotlarini
bakteriologik tekshirish ÃÎÑÒ 922568 asosida olib boriladi.
?
Nazorat uchun savollar
350
Sinama olish. Suyuq va yarimsuyuq mahsulotlar aralashtirilib,
50100 ml.li steril kolbalarga solinadi. Sariyog, pishloq, tvorog
mahsulotlarining chuqur qismidan material steril qisqichlarda olinadi.
Ularning ustki qismi tozalanib, songra tekshirish uchun olinadi.
Qadoqlangan mahsulotlardan 2 ta qadoq olinadi. Olingan materiallar
laboratoriyaga tushuntirish xati bilan jonatiladi. Material 4 soat ichida
tekshirilishi lozim. Sut va sut mahsulotlarida quyidagi korsatkichlar
aniqlanadi.
1 g (ml) tekshiriladigan materialdagi mikroblarning umumiy
sonini aniqlash. Epidemiologik korsatkichni aniqlash yuzasidan
patogen mikroblardan stafilokokk, salmonella, brutselloz va boshqa
mikroblar aniqlanadi.
Mikroblarning umumiy sonini aniqlash
Sinamalarni tekshirishga tayyorlash. Sut va sut mahsulotlarni 1:10,
1:100, 1:1000 nisbatlarda suyultiriladi.
Ekish. Har bir suyultirish darajasidan 1 ml. dan olib, 23 ta steril
Petri kosachasiga solinadi va ustiga eritilgan va 45°C gacha sovitilgan
GPA solinadi. Òermostatga 37°C haroratda 48 soatga qoldiriladi. Vaqt
otgach kosachalar termostatdan olinadi. Koloniyalar kam bolsa oddiy
koz bilan, kop suyultirish darajasiga kopaytirilib, kosachalar soniga
bolinadi va 1 ml sut tarkibidagi mikroblarning umumiy soni aniqlanadi.
Achitish natijasida tayyorlangan mahsulotlarda mikroblarning umumiy
soni aniqlanmaydi. Mahsulotlardan surtma preparat tayyorlab mikroflora
nazorat qilib turiladi. Materialda spetsifik mikroblarning aniqlanishi uning
eskirganidan yoki ifloslanganidan dalolat beradi.
Ichak tayoqchasi guruhi bakteriyalarini aniqlash
Ichak tayoqchasi guruhi bakteriyalarini aniqlash achitish-bijgi-
tish usulida aniqlanadi. ÃÎÑÒ 922568 asosida bakteriologik tekshirish
ishlari otkaziladi.
1-kun. 3 ta 5 ml.li Kessler muhitiga 1 ml.dan tekshirilayotgan material
va 3 ta Kessler muhitiga 1 : 10 suyultirilgan materialdan 1 ml.dan yana
ekiladi. Òermostatda 37°C haroratda 1824 soat qoldiriladi.
2-kun. Agar Kessler muhitida loyqalanish va gaz hosil bolgan
bolsa, sektorlarga bolingan Endo muhitiga ekiladi. Òermostatga 37°C
haroratda 24 soatga qoldiriladi.
3-kun. Agar Endo muhitida yaltiroq metall, malina rangli koloniya
hosil bolgan bolsa, surtma tayyorlab Gram usulida boyab
tekshiriladi, oksidaza sinamasi otkaziladi, Kozero muhitiga ekib
termostatga 37°C haroratda 24 soatga qoldiriladi.
351
4-kun. Ekilgan material glukozali muhitni kislota va gazgacha
parchalasa, Kozero muhitida osish hosil bolmasa, koli-titr maxsus
jadval asosida aniqlanadi.
Sut va sut mahsulotlarida patogen mikroorganizmlarning bolishi
mumkin emas.
3.14. Kremli mahsulotlarni sanitariya-
bakteriologik tekshirish
Kremli mahsulotlarni sanitariya-bakteriologik tekshirish Sogliqni
saqlash vazirligining buyrugiga asosan, olib boriladi. Quyidagi
korsatkichlar aniqlanadi:
1. Ichak tayoqchasi titrini aniqlash.
2. 1 g mahsulotdagi plazmani koagulatsiya qiluvchi stafilokokkni
aniqlash.
Sinama olish. Kremli mahsulotning yuzasidan va ichki qismidan
50 gr sinama olinadi. Sinama steril qoshiqchalar bilan idishlarga olinib,
laboratoriyaga tushuntirish xati bilan jonatiladi.
Ichak tayoqchasi titrini aniqlash
1-kun. Olingan sinama termostatda yoki suv hammomida 4345°C
ga qoldiriladi. Erigan kremning pastki qismidan sinama olib tekshiriladi.
Krem 1:10, 1:100, 1:1000 nisbatda suyultiriladi.
1 : 10 nisbatda suyultirilgan eritmadan 10 ml olib 50 ml.li Kessler
muhitiga ekiladi. Qolgan (1:100, 11000) suyultirilgan eritmalardan
1 ml.dan olib, 5 ml.li Kessler muhitiga ekiladi. Òermostatga 43°C
haroratda 24 soatga qoldiriladi.
2-kun. Ekilgan muhitlar tekshiriladi. Kessler muhitining rangi
ozgarib gaz hosil bolsa, sektorlarga bolingan Endo muhitiga ekiladi.
Òermostatda 37°C haroratda 24 soatga qoldiriladi.
3-kun. Agar shubhali koloniyalar hosil bolmasa, ichak tayoq-
chasi yoq, deb javob beriladi. Agar shubhali koloniya hosil bolsa,
surtma tayyorlab, Gram usulida boyab tekshiriladi. Agar Gramman-
fiy bolgan tayoqchasimon, tartibsiz joylashgan bakteriyalar korinsa,
ichak tayoqchasi guruhiga tekshirish ishlari otkaziladi. Bunda koli-
titr 0,3 g.dan kam bolmasligi lozim.
Plazmani koagulatsiyalovchi stafilokokkni aniqlash
1-kun. Eritilgan kremdan 0,1 g olib, sut-tuz agarga (MSA) va
0,5 ml li 2 ta tuzli shorvaga ekiladi. Òermostatga 37°C haroratda 24
soatga qoldiriladi.
352
2-kun. Ekilgan muhitlar tekshiriladi. Petri kosachasini bir kunga
pigment hosil qilinishini aniqlash uchun xona haroratida qoldiriladi.
Boyituvchi tuzli shorvadan olib, tuxum sarigi qoshilgan tuzli agarga
ekiladi (JSA). Òermostatga 37°C haroratda 24 soatga qoldiriladi.
3-kun. Ekilgan muhitlar tekshiriladi. Petri kosachasida stafilokokka
xos koloniyalar hosil bolgan bolsa, plazmakoagulatsiya reaksiyasi
qoyiladi.
1. Sut va sut mahsulotlari sinamaga qanday olinadi?
2. Sut va sut mahsulotlarida, krem mahsulotlarida qanday mikroblar
korstakichi aniqlanadi?
3.15. Gosht va kolbasa mahsulotlarini
sanitariya-bakteriologik tekshirish
Gosht va gosht mahsulotlari mikroorganizmlar bilan turli
sabablar tufayli ifloslanadi:
1. Birlamchi ifloslanish. Hayvonlar organizmining kasallikka qarshi
kurashishi susaygan hollarda mikroblar ichak orqali qon va azolarga otadi.
2. Hayvonlar soyilgan vaqtida, goshti bolinganda, notogri
saqlangan hollarda ifloslanishi mumkin. Mahsulotlar notogri tayyor-
langanda ham ifloslanishi mumkin. Gosht va kolbasa mahsulotlari
ÃÎÑÒ 985874 asosida tekshiriladi.
I. 1 g mahsulotdagi mikroblarning umumiy soni aniqlanadi.
II. 1 g mahsulotdagi ichak tayoqchasi guruhi bakteriyalari
aniqlanadi.
III. 5 g mahsulotdagi salmonella, protey va klostiriylar aniqlanadi.
Sinama olish. Har bir partiyaning turli qismlaridan ikki bolak
gosht, kolbasa olinadi. Sosiska va sardelalardan bir qancha bolakchalar
olinadi. Liqildoq, pashtet va boshqa qadoqlanmagan mahsulotlarning
23 qismidan 200250 g.dan olinadi. Har birini alohida pergament
qogozlarga orab, tushuntirish xati yozilib laboratoriyaga jonatiladi.
Òekshirishga tayyorlash. Qattiq mahsulotlarning ustki qismi spirtli
tampon bilan artilib yondiriladi, turli qismlaridan bolakchalar olinadi.
Dudlangan mahsulotlarning esa suyakka yaqin qismlaridan olinadi.
Qobigi bolmagan mahsulotlardan namlangan tampon yordamida
surtma olinib «XB», Xeyfis yoki Kessler muhitlariga ekiladi. Songra
bu mahsulot spirtga namlangan tampon bilan artilib kuydiriladi va
20 g.dan bolakchalar olinadi. Uni steril hovonchada steril qum va
fiziologik eritma bilan eziladi (80 ml).
?
Nazorat uchun savollar
353
1 g mahsulotdagi mikroblarning umumiy sonini aniqlash
1-kun. Òekshirish materialidan 1,0 va 0,1 ml olib, Petri kosa-
chasiga solinadi, ustiga eritilgan va 45°C gacha sovitilgan GPA solinadi.
Proteylar osmasligi uchun 45 ml och agar solinadi. Ekilgan
muhitlar termostatga 37°C haroratda 48 soatga qoldiriladi.
Koloniyalar kam bolsa, oddiy koz bilan, kop bolsa, koloniya
sanaydigan asbob bilan sanaladi, suyultirish soniga kopaytirilib,
kosachalar soniga bolinadi. 1 g mahsulotdagi mikroblarning umumiy
soni aniqlanadi.
Ichak tayoqchasi guruhi bakteriyalarini aniqlash
1-kun. Har bir suyultirilgan materialdan 5 ml.dan olib «XB»,
Xeyfis yoki Kessler muhitlariga ekiladi. 43°C haroratda 1820 soatga
qoldiriladi.
2-kun. Ekilgan muhitlar tekshiriladi. «XB», Xeyfis muhiti kok
rangdan sariq rangga aylanadi. Kessler muhitining rangi ozgarib, gaz
hosil boladi. Shunday ozgarishlar bolsa, ichak tayoqchasiga tekshirish
ishlari otkaziladi.
Salmonellalarni aniqlash
Òayyorlangan aralashmadan 25 ml olib Myuller, Kaufman yoki
selenitli shorvaga ekiladi, termostatga 37°C haroratda 24 soat qoldiriladi.
Vaqt otgach, olib tekshiriladi. Ulardan olib Endo, vismut sulfit
agarga ekiladi. Òermostatga 37°C haroratda 24 soatga qoldiriladi. Vaqt
otgach, olib tekshiriladi. Agar salmonellalarga xos koloniyalar hosil
bolsa, tekshirish ishlari otkaziladi.
Proteylarni aniqlash
0,5 ml tekshirish materialidan olib, qiyshiq agarning kondensatsion
suyuqligiga ekiladi (Shukevich usuli). Òermostatga 37°C haroratda 24 soatga
qoldiriladi. Vaqt otgach, olib tekshiriladi. Agar muhitning yuzasida kolo-
niyalar yoyilib osgan bolsa, proteylar bor deb, faqat kondensatsion
suyuqligida osgan bolsa, proteylar yoq, deb javob beriladi.
1. Gosht va gosht mahsulotlari qachon mikroblar bilan ifloslanadi?
2. Gosht va gosht mahsulotlari sinamaga qanday olinadi?
3. Gosht va gosht mahsulotlarida sanitariya korsatkichi qanday?
4. Proteylar borligi qanday aniqlanadi?
?
Nazorat uchun savollar
354
3.16. Konservalarni sanitariya-bakteriologik tekshirish
Konservalarda aerob va anaerob mikroblar bolishi mumkin. Ular
ifloslangan mahsulotlarni konservalash yoki konservalarni notogri
sterilizatsiya qilish natijasida tushadi.
Sinama olish. ÃÎÑÒ 8756070 asosida olib boriladi. Har bir
konserva partiyasidan sinama olinadi. 1 litr hajmdagi shisha polimer
idishlarda bolsa, 3 ta idishda olinadi. 13 litrli idishda bolsa, bitta
qadoq olinadi. Bochka va yashiklarda bolsa, 500 g olinadi.
Òekshirishga tayyorlash. Òekshirishga keltirilgan bankalarning avval
tashqi korinishi tekshiriladi (zanglaganligi, pachoqlanganligi). Oqqan
joyi bormi yoki yoqligi tekshiriladi.
Germetik yopiqligini tekshirish. Konserva bankasi suvli kastrulkaga
solib qaynatiladi. Suv konserva hajmidan 4 marta kop bolishi lozim.
Konserva bir necha daqiqa qaynatiladi. Agar havo chiqsa, germetik
yopiq emasligini korsatadi.
Bombajga tekshirish. Banka termostatga 37°C haroratda 56 kunga
qoldiriladi. Bombaj bolganligini qopqoqning shishib qolganligidan
bilamiz. Agar bombaj bolmasa va germetik yopiq bolsa, tekshirilmaydi.
Bankalarni sanitariya-bakteriologik tekshirish uchun tayyorlash.
Òekshirish aseptik sharoitda bokslarda olib boriladi. Banka qogozdan
tozalanadi. Korsatkichlari yozib olinadi. Sovunlar yuvilib, chayiladi,
quruq qilib artiladi. Ular, odatda, spirtga namlangan tampon bilan
artiladi. Konservani ochadigan asbob ham spirtda yondiriladi, song
banka ochiladi. Bankaga shisha naycha kiritilib, material olinadi va steril
Petri kosachasiga solinadi.
Ekish. Mezofil aeroblarni aniqlash uchun 56 ml 1 % li glukozali
ikkita probirkaga ekiladi. Òermostatga 37°C haroratda 5 kunga qoldiriladi.
Har kuni tekshiriladi. Agar mikroblar osgan bolsa, surtma tayyorlab,
Gram usulida boyaladi va mikroskop ostida tekshiriladi. Konservalarda
aerob mikroblari bolishi mumkin emas.
Mezofil anaeroblarni aniqlash uchun tekshirish materialidan olib
(2 sm), 20 daqiqa qizdirilgan, 40°C gacha sovitilgan Òarossi muhitiga
ekiladi. Òermostatga 37°C haroratda 5 kunga qoldiriladi. Agar mikrob
kulturalari osgan bolsa, surtma tayyorlab, Gram usulida boyab
tekshiriladi, katalaza sinamasi qoyiladi. Agar surtmada Grammusbat
bolgan bakteriyalar korinsa, katalaza sinamasi manfiy bolsa, 2 ml
olib steril Petri kosachasiga solinadi va ustiga eritilgan 1 % li glukozali
agar solinadi. Oziqa muhiti yuzasiga buyum oynachasi havo
qoldirilmasdan yotqiziladi. Òermostatga 37°C haroratda 48 soatga
qoldiriladi. Agar buyum oynasining tagida mikrob kulturasi osgan
bolsa yoki muhit yorilib ketgan bolsa, 34 mm uzoqlikda buyum
355
oynachasi atrofida mikroblar osmagan bolsa, anaeroblar bor, deb
xulosa qilinadi.
Qanday konserva bolishidan qati nazar, sanitariya-epidemiologik
korsatkich boyicha stafilokokk, gazli gangrena, termofil aerob va
anaeroblar, botulizm toksinlari, achitqi va boshqalarga tekshirish ishlari
otkaziladi. Konservalarda patogen mikroblar bolishi mumkin emas.
3.17. Yuvindilarni sanitariya-bakteriologik tekshirish
Ovqatlanish obyektlari, oziq-ovqat korxonalari, davolash va bola-
lar muassasalari tozaligi, xodimlarning sanitariya-gigiyena qoidalariga
rioya qilayotganliklariga yuvindilar olib tekshirib baho beriladi.
Òekshirish maqsadiga qarab, quyidagi korsatkichlar aniqlanadi:
1. BGKP (ichak tayoqchasi guruhidagi bakteriyalar) borligi
aniqlanadi.
2. Stafilokokkning borligi aniqlanadi.
3. Mikroblarning umumiy soni aniqlanadi.
Patogen mikroblarga epidemiologik korsatkich boyicha tekshi-
riladi. Ovqatlanish va bolalar muassasalarida ichak tayoqchasi va
stafilokokka tekshirish bilan chegaralanadi. Operatsion, reanimatsiya,
boglov, intensiv terapiya, tuguruqxona va boshqalarda ichak tayoq-
chasi, stafilokokkdan tashqari mikroblarning umumiy soni ham aniq-
lanadi.
Sinama olish. Yuvindilar paxta tampon yoki salfetka yordamida
olinadi. Òampon yoki salfetka fiziologik eritmaga namlab olinadi, song
sinama olinadi.
Qoldan sinama olish. Sinama chap qoldan boshlab olinadi.
Avval qolning yuzasidan barmoqlar tomon harakatlantiriladi, song
shu yosinda qolning ichki qismidan barmoqlar orasidan va tirnoqlar
orasidan olinadi. Mana shu tampon bilan yuqorida aytib otilgandek,
ong qoldan ham olinadi.
Buyumlardan sinama olish. Yuzasi keng bolgan buyumlarning
bir necha qismidan 50x50, 100x100 sm.li trafaret yordamida olinadi.
Òrafaret simdan yasalgan bolib, ishlatishdan oldin spirt alangasida
qizdirib olinadi.
Ichak guruhi bakteriyalariga tekshirish
1-kun. Laboratoriyaga keltirilgan sinamalar Koda muhitiga ekiladi.
Òermostatga 37°C haroratda 24 soat qoldiriladi.
2-kun. Agar tekshirish materialida ichak tayoqchasi bolsa, muhit-
ning rangi ozgaradi. Mana shu muhitdan olib, Endo muhitiga ekiladi.
Òermostatga 37°C haroratda 24 soat qoldiriladi.
356
3-kun. Endo muhiti tekshiriladi. Agar yaltiroq metall, malina
rangli koloniyalar hosil bolgan bolsa, surtma tayyorlab tekshiriladi
va sxema asosida ishlar otkaziladi.
Stafilokokka tekshirish
Òekshirishga olib kelingan yuvindi tuxum sarigi qoshilgan tuzli
agarga va 6,5 % li tuzli shorvaga ekiladi. Òermostatga 37°C haro-
ratda 24 soat qoldiriladi. Agar stafilokokka xos koloniyalar hosil bolgan
Do'stlaringiz bilan baham: |