83
7-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
MAVZU: SPORA HOSIL QILISH.
Kerakli jihozlar:
mikroskop, har xil yoshdagi tugunaklar, buyum
oynalari, sin’ka
yoki fuksin, spirt lampa, shakar, soda, no`xat yoki boshqa
dukkakli o`simliklar urug’i, o`lchovli kolba, voronka, fil’tr.
Nazariy tushuncha: Tugunak bakteriyalar
. Dukkakli ekinlar mahalliy
yoki mineral o`g’it berilmaganda
ham normal rivojlanib, hosilga kirishi
qadimdan ma’lum. Buning sabablarini birinchi marta fransuz olimi Jan-Batist
Bussengo 1838 yildan boshlab tekshirgan. SHu tekshirish natijalariga asoslanib,
u dukkakli o`simliklar molekulyar azotni o`zlashtira oladi degan xulosaga
kelgan. Oradan 20 yil o`tgach, Bussengo dukkakli
va don ekinlari ustidagi
tajribalarini yangidan boshlaydi va bu tajriba usullarini tobora takomillashtiradi.
U tajriba uchun ishlatiladigan tuproq tarkibidagi azotli birikmalarni yo`qotish
uchun shu birikmalar batamom yonib bo`lguncha tuproqni qizdiradi (sterillaydi).
SHu tarzda tayyorlangan tuproqni idishlarga solib, ularning yarmiga no`xat va
qolgan yarmiga don ekinlari urug’ini ekadi. Lekin ekilgan no`xat va don ekinlari
urug’i ko`karib chiqsa ham, keyinchalik o`smay qolaverganligini aniqlaydi.
Bussengo bu tajriba natijalariga asoslanib, o`zining dastlabki, ya’ni
dukkakli
o`simliklar havodagi erkin azot bilan oziqlanib, bemalol o`sadi va rivojlanaveradi
degan fikridan voz kechadi.
1888 yilda nemis olimlari Gel’rigel’ bilan Vil’fart ham dukkakli
o`simliklar bilan tajriba ishlari olib boradilar. Ular bu
tajribalarda dukkakli
o`simliklar urug’ini qizdirilgan hamda qizdirilmagan tuproq solingan idishlarga
ekadilar va shu tajriba natijalariga aeosan quyidagi xulosaga keladilar:
1) qizdirilmagan (tabiiy) tuproq solingan idishga ekilgan urug’dan
ko`kargan dukkakli o`simliklarning ildizida tugunaklar hosil bo`ladi,
qizdirilgan
tuproqqa ekilgan dukkakli o`simliklarda esa bunday hodisa yuz bermaydi;
2) ildiz sistemasida tugunaklar hosil qilgan dukkakli o`simliklargina
molekulyar azotni o`zlashtira oladi.
Dukkakli o`simliklar molekulyar azot o`zlashtirishi sabablarini rus olimi
M. S. Voronin bilan nemis olimi Beyerink ham isbotlaganlar. M. S. Voronin
1865 yilda dukkakli o`simliklar ildizidagi tugunaklar ichida tayoqchasimon va
shoxlangan
bakteriyalar borligini aniqlagan. Beyerink esa 1888 yilda bu
tadqiqotni
davom ettirib, tugunaklar ichidagi bakteriyalarni toza holda ajratib
olgan va ularga
Do'stlaringiz bilan baham: