68
kasalliklarini qo`zgatadi.
2. Jenner sinfi tarkibiga DNK bo`lgan viruslar kiradi: poqsviruslar —
odam, hayvon va parranda chechagini, fibroma va miksoma shishlarini
qo`zgatadi, adenoviruslar — odamda, hayvonlarda, parrandalarda nafas
yo`llarining qon’yuktivit kasalligini qo`zg’aydi.
Klassifikatsiyalanmagan viruslarga yuqumli
gepatit virusi va boshqalar
kiradi.
Viruslarga qarshi immunitet. Bakteriyalarga qarshi hosil bo`ladigan
immunitetga nisbatan viruslarga qarshi hosil bo`ladigan immunitet kam
o`rganilgan. Lekin ular bir xil yo`l bilan hosil bo`ladi, ya’ni organizmga yot
bo`lgan tirik moddaning kirishi natijasida immunitet hosil bo`ladi. Ammo
fagotsitoz holati viruslarga ta’sir etmaydi, chunki ayrim viruslar leykotsitlarda
ham rivojlanadi. Virus kasalliklariga qarshi tug’ma va sun’iy immunitet bo`ladi:
tugma immunitet organizmning areaktiv hujayralari bilan bog’liq, ya’ni virusga
nisbatan sezgir hujayralar yo`q.
Sun’iy immunitet ikki xil bo`ladi: a) biopreparatlar (vaktsina va immunli
zardoblar) yuborish natijasida hosil bo`lsa, u sun’iy orttirilgan; b) organizm biror
virusli infektsiya bilan kasallanib sog’ayishi natijasida hosil bo`lsa,
u tabiiy
orttirilgan immunitet deyiladi.
Viruslarga sezgir organizmdagi immunitetning faktorlari: 1. Virusning
organizmga kirgan yerida mahalliy atsidoz, gipoksiya bo`ladi, temperatura
ko`tariladi, antitelalar hosil bo`ladi, ingibitor va interferonlar hosil bo`ladi. 2.
Viruslar sezgir hujayralarga yetib borguncha antitelalar va ingibitorlar hosil
bo`ladi. 3. Hujayraning ichida interferon hujayrani himoya qiladigan maxsus
suyuqlik ajratiladi. Ingibitorlar viruslarning ko`payishiga to`sqinlik
qiladigan
maxsus modda va u har qanday organizmda bo`ladi, buni 1942 yili Fyorst
aniqlagan. U quyonning zardobi bilan gripp virusiga tasir etganda, viruslar halok
bo`lganlar. Ingibitorlar ham antitelalarga o`xshash ta’sir etadi, ular odam va
hayvon organizmidagi suyuqliklarda, nafas olish va hazm qilish epiteliyalarida,
turli to`qima organlarning ekstraktlarida bo`ladi. Ingibitorlar kattaroq yoshdagi
organizmda, ayniqsa so`lakda ko`p bo`ladi, masalan, itning so`lagida
boshqa
hayvonlarning so`lagiga nisbatan 10 barobar ko`pdir. Interferon virusning
organizmga kirgan joylarida tezlik bilan hosil bo`ladigan maxsus modda bo`lib,
spetsifik faktor hisoblanmaydi, lekin viruslarning rivojlanishiga to`sqinlik qiladi.
Virus kirgan joyda 18—24 soat ichida ularni neytrallovchi maxsus antitelalar
hosil bo`ladi.
Interferentsiya. O`simliklarda, odam va hayvon organizmlarida, tovuq
embrionida yoki to`qima kulturasida bir virusning rivojlanishiga ikkinchi
virusning to`sqinlik qilish hodisasi interferentsiya deyiladi. Buni 1935 yili
Hoskins aniqlagan va bunday holat bir turdagi va har xil immunobiologik turdagi
viruslar orasida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: