Mikrobiologiya va virusologiya


 - mavzu. Mikrооrganizmlarning klassifikatsiyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/82
Sana22.04.2022
Hajmi1,85 Mb.
#572590
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82
Bog'liq
Mikrobiologiya O\'UM

4 - mavzu. Mikrооrganizmlarning klassifikatsiyasi
Reja: 
1.
Mikrооrganizmlar оlami, umumiy belgilari va turli - tumanligi.
2.
 
Prоkariоt va eukariоt mikrооrganizmlar, ularning o`xshashligi va farqlari. 
 
3.
 
Mikrооrganizmlar klassifikatsiyasi va printsiplari. 
 
4.
 
Prоkariоtlar - mikrоbiоlоgiyaning asоsiy оb`yektidir. Prоkariоtlar 
оlamining to`rt bo`limi vakillariga qisqacha tavsif. 
 
5.
 
Gram musbat va Gram manfiy bakteriyalar, mikоplazma va 


20 
arxebakteriyalar.
 
Tayanch so`z va
 
iboralar: mikrооrganizmlar оlami, prоkariоt va eukariоt 
mikrооrganizmlar, mikrооrganizmlar klassifikatsiyasi, Gram musbat va Gram 
manfiy bakteriyalar, mikоplazma va arxebakteriyalar.
 
Zamonaviy klassifikatsiya mikroorganizmlarni atroflicha 
o`rganib, 
ularning barcha xususiyatlarini bilishni taqazo etadi. Buning uchun 
mikroorganizmlarining tashqi va ichki strukturalari, fiziologo — biokimyoviy 
xususiyatlari, mikroorganizmlarini yuzaga keltiradigan jarayonlarini bilish zarur 
bo`lib ularning quyidagi xususiyatlari asos qilib olinadi: 
1. SHakli va o`lchami; 
2. Harakati (xivchinlarining bor — yo`qligi va joylanishi); 
3. Kapsulasi; 
4. Endospora hosil qilishi; 
5. Gram usulida bo`yalishi; 
6. Modda almashishi; 
7. Energiya olish; 
8. Tashqi muhtni o`zgartirishi; 
9. Tashqi muhtning mikroorganizmga ta’siri. 
Mikrobiologiyaning rivojlanishi mikroorganizmlar tavsifini yanada 
chuqurroq bilishni talab etdi. SHu vaqtgacha fenotip xususiyatlari asosiy 
hisoblangan bo`lsa, endi genotip xususiyatlarini ham o`rganish kerak buldi va 
molekulyar biologiya erishgan yutuqlar bunga imkoniyat yaratdi, ya’ni 1) 
mikroorganizm nuklein kislotasining nukleotid tarkibi, purin va pirimidin 
asoslarining bir—birlariga bo`lgan nisbatlari o`rganiladi va shu asosda ikki guruh 
mikroorganizmlar farqlari aniqlanadi. 
2) ikki guruhga mansub mikroorganizm nuklein kislotalarini bir —birlari 
bilan gibridlab, ular orasidagi nukleotid gomologiyasi (uxshashligi) o`rganiladi. 
Agar, nuklein kislota tarkibi 80 — 90% ga gomologiya bo`lsa, o`rganilayotgan 
mikroorganizmlar yakin "karindosh", gomologligi 50% dan kam bo`lsa 
mikroorganizmlar uzoq "qarindosh" hisoblanadi. 
Mikroorganizm xususiyatlari aniq o`rganilgandan so`ng, unga K. Linney 
taklif qilgan binominal nomenklatura talabi kabi ikki lotin atamasidan tashkil 
topgan ilmiy nom beriladi. 
Birinchi atama — avlod nomini belgilab, mikroorganizm morfologiyasi 
yoki fiziologiyasi yoki shu avlodni kashf ztgan olimning ismi-sharifi yoki ajratib 
olingan muhtni ifodalaydi. 
Ikkinchi so`z esa kichik harfda yozilib mikroorganizmni koloniyasining 
rangi, kelib — chiqish manbaini, yoki shu mikroorganizm yuzaga keltiradigan 
jarayon yoki kasallikni yoki boshqa farqlovchi belgilarni bildiradi. Masalan, 
Bacillus albus. Birinchi so`z — Bacillus - spora hosil tayoqcha, Gram musbat 
kabi xususiyatlarni anglatsa, ikkinchi so`z - albus - koloniya rangining oq 
ekanligini bildiradi (albus- o). 
Mikroorganizmlarga 
1980 
yil 

yanvarda 
Halqaro 
bakteriya 
nomenklaturasi 
kodeksi 
koidalariga 
asosan 
nom 
beriladigan 
bo`ldi. 


21 
Mikroorganizmlarni yakin belgilariga qarab guruhlash uchun tur (species), avlod 
(genus), oila (familia), tartib (ordo), sinf (classis), bo`lim (divisio), saltanat yoki 
odam (regnum) kabi taksonomiya kategoriyalari ishlatiladi. 
Tur deb, fenotipik o`xshashlikga ega bo`lgan bir genotipga mansub 
individlar yiggindisini bildiruvchi taksonomik birlikga aytiladi. Ular kichik tur va 
variantlarga bo`linadi. 
Mikrobiologiyada shtamm va klon kabi terminlar ham ishlatilib shtamm 
deganda har xil tabiiy muhitdan (suv havzasi, tuproq va hokazo) yoki bir 
muhtdan har xil muddatda ajratilgan yoki har xil ekologik muhit yoki geografik 
xududdan ajratib olingan bir turga kiruvchi mikroorganizmlar guruhi tushuniladi. 
Klon — bir hujayradan olingan mikroorganizm kulturasidir. 
Bir turga kiruvchi individlarning tuplami — (populyatsiyasi) toza kultura 
deyiladi. Mikrobiologiya, mikroorganizmlar evolyutsiyasi va filogeniyasi haqida 
ma’lumot yetarli bo`lmaganligi sababli, yuqori o`simliklar va hayvonlar singari, 
tabiiy sistematikaga ega emas. 
SHuning uchun ham, Mikroorganizmlarni sistematikasi sun’iy 
bo`lib mikroorganizmlarni tashhis qilish va ularni identifikatsiya qilish uchun 
xizmat tayoqcha aniqlagich vazifasini bajardi. Quyida biz, D.X.Bergining 1984 
yilda 9 martda nashr etilgan "Bakteriyalar aniqlagichi" da keltirilgan eng muhim 
mikroorganizmlarining qisqacha tavsifini Mishustin (1987) tarifi buyicha 
keltiramiz. 
Aniqlagichda jami mikroorganizmlar Procariotae dunyosiga birlashtirilib, 
u o`z navbatida turt bo`limga, bo`limlar esa sinflarga, tartiblarga, oilalarga, 
avlodlarga va turlarga Bulinadi. 
Mikroorganizmlar asosan, hujayra devorining bor-yo`qligi va ularning 
turiga qarab bo`limlarga, sinf va undan mayda (kichik) taksonomik birliklar esa 
mikroorganizmlarning morfologiya, fiziologo — biokimyoviy belgilari 
yiggindisiga qarab Bulingan.
Bergi Procariotae dunyosini to`rtta bo`limga ajratadi. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish