Mikrobiologiya va virusologiya


Oziqa moddalarning mikroorganizm hujayrasiga kirishi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/82
Sana22.04.2022
Hajmi1,85 Mb.
#572590
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82
Bog'liq
Mikrobiologiya O\'UM

Oziqa moddalarning mikroorganizm hujayrasiga kirishi.
Mikroorganizmlarning o`sishi uchun suv juda zarur. CHunki oziqa moddalari 
suvda erigan holda bo`lib, ularni bakteriyalar olib, o`z hujayralarini tiklaydi va 
energiya oladi. Oziqa muhitlarida, mikroorganizm hujayrasini qurishi uchun 
kerak bo`lgan hamma elementlar, mikroorganizm o`zlashtiradigan holatda 
bo`lishi kerak. Suvda erigan oziqa moddalari bakteriya hujayrasiga har xil usullar 
yordamida kiradi. Hujayraga ularning o`tishida hujayra devori bar’erlik 
vazifasini bajarsa, tsitoplazmatik membrana aktiv tanlovchi rolini o`ynaydi. 
Moddalar hujayraga
passiv diffuziya
orqali, 
kontsentratsiyalar farqi
(noelektrik moddalar bo`lsa) yoki 
elektr potentsiallari farqi
bo`yicha 
(tsitoplazmatik membrananing ikki tomonida elektr potentsiallari farqi) mavjud 
bo`lsa o`tadi. Moddalar transporti 
osonlashgan diffuziya
orqali, kontsentratsiya 
farqi mavjud sharoitda energiya sarflanmay ham yuz berishi mumkin. Yana 
boshqa tipi 
aktiv transport,
moddalar hujayra ichiga kontsentratsiya gradientiga 
qarshi yo`nalishda ham kiradi. Unga ATF sarflanadi. Bu mexanizm 
moddalarning muhitdagi kontsentratsiyasi kam bo`lganda ham ishlatiladi. 
Bakteriya hujayrasida 
permeaza 
molekulalari bo`lib, ular hujayraga 
moddalarni olib kirishda xizmat qiladi. Birgina E.coli hujayrasida laktozani 
o`tkazadigan 8000 tacha permeaza molekulasi mavjud. 


29 
Qand moddalarning hujayraga o`tishida, avvalo ular hujayra tashqarisida 
ferment yordamida fosforlanadi, so`ngra tsitoplazmaga o`tadi. 
Demak, mikroorganizmlarning oziqa moddalariga bo`lgan ehtiyoji 
hujayra ichidagi fermentlar tarkibidan tashqari biror birikmani o`zlashtirish 
uchun uning maxsus transport mexanizmi ham muhim rol’ o`ynaydi.
Har xil moddalarning ximiyaviy tuzilishi bilan ularning mikrob 
hujayrasiga kira olishi o`rtasida mustahkam bog’liqlik bor. Ionlarga
ajralmaydigan uglevodorodlar va boshqa birikmalar, odatda, hujayraga juda tez 
o`tadi, agar organik birikmaning molekulasida aminogruppa, oksigruppa yoki 
karboksil gruppa bo`lsa,
 
bunda moddalarning hujayra ichiga kirish xususiyati 
keskin o`zgaradi. 
Bunday gruppalar qancha ko`p bo`lsa, organik moddalarning hujayra 
ichiga kirishi sekinlashadi. Hujayra ichiga kiradigan moddalar nafas olishda hosil 
bo`ladigan N

va NSO
-
ionlariga almashinib o`tadi. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish