I. — Gracilacutes bo`limi
Bu bo`limga grammanfiy hujayra devoriga ega, sharsimon, ipsimon yoki
tayoqchasimon bakteriyalar kiritilgan bo`lib ular harakatchan yoki harakatsiz:
endospora hosil qilmaydi. Lekin, meva tanalar hosil tayoqcha miksobakteriyalar
miksosporalar hosil taqsim Ko`ayishi kurtaklanish yoki binar bo`linib sodir
bo`ladi.. Bo`limga 3 sinf kiradi.
I. Scotobacteria sinfi
Bu sinf eng katta sinf bo`lib 10 guruhni o`z ichiga oladi.
1 — guruhga Spirochaetaceae va Leptospiraceae oilalari kiradi. Saprofit,
odam va hayvonlarda yukumli kasallik ko`zgatadigan vakillari bor.
2 — guruhga Spirillaceae oilasi kirib, qattiq, spiralsimon buralgan
tayoqcha shakliga ega. Saprofit va parazit vakillari bor. Bdelvibrio degan vakili
bakteriyalarda parazitlik tayoqcha mayda, bir hujayrali mikroorganizmdir.
3 — guruhga Pseudomonaceae (vakillari tayoqchasimon shaklga ega),
Azotobacteriaceae {vakillari oval, tayoqchasimon), Rhizobiaceae (vakillari
tayoqchasimon), Methylcoccaceae (vakillari tayoqcha va sharsimon) va boshqa
22
oilalarini o`z ichiga olib, vakillari azot o`zlashtirish jarayonida qatnashadi yoki
o`simliklarda har xil kasalliklar yuzaga keltiradi va hokazo.
4 - rypyh Entherobacteriaceae va Vibrionaceae oilalaridan tashkil topgan
bo`lib Esherihia, Salmonella, Shigeila, Ervinia koida Vibrio, Protobacterium. va
boshqa avlodlarni o`z ichiga olib, ba’zi vakillari odam va hayvonlarda kasallik
ko`zgatsa, ba’zilari tuproqda, suvda yoki epifat mikroflora shaklida uchraydi.
5 - guruhga odam va hayvonlar ichida uchraydigan Bacterioidaceae
oilasiga mansub vakillar kiradi
6 - guruhga ammiak yoki nitratlarni nitratdagacha oksidlaydigan
tayoqchasimon, sharsimon, oval shaklli Nitrobacteriaceae oilasi vakillari hamda
sharsimon, tayoqcha shaklli kapsulali va kapsula ustida temir yoki marganets
oksidlarini to`playdigan Siderocapsaceae oilasiga mansub vakillar kiradi.
7 - guruhga sirpanuvchi bakteriyalar — miksobakteriyalar kirib, ular ikki
tartibga (Myxobacteriales va Cytofagales) kiruvchi oilalar vakillaridan tashkil
topadi. Miksobakteriyalar bir hujayrali, shilliq qalin: bilan qoplangan
organizmlar. Ularning hujayra devorlari oson egiluvchan — elastik bo`lib
hujayra shaklini o`zgartirishi mumkin. Sirpanib harakatlanish xususiyatiga ega.
Rivojlanishining ma’lum davrida meva tanasi hosil taqsim
8 - guruhxlamidobakteriyalar deb atalib, bakteriya hujayrasi usti kobik
bilan uralgan.
9 — guruhga kurtaklanuvchi yoki poyali bakteriyalar kirib, tayoqchasimon
oval yoki loviyasimon shaklli bo`ladi.
10 — guruhga riketsiya va xlamidalar deb nomlangan Rikcettsiales va
Chlamidiales tartiblari kiradi. Tayoqchasimon, sharsimon yoki ipsimon shaklga
ega bo`lib har xil yuqumli kasalliklarga sabab bo`ladi.. Masalan, Rhycketsia
prawarekii toshma tif kasalligini yuzaga keltiradi.
Gracilacates bo`limiga kiruvchi ikkinchi sinf Anocyphotobacteria o`z
ichiga fototrof bakteriyalarni oladi va ularga Rhodospirillaies (kirmizi
bakteriyalar) va Chlorobiales (yashil bakteriyalar) tartiblari ham kiradi.
Fototrof bakteriyalar sharsimon, tayoqchasimon, vibrion va spiral
shakllariga ega. Hujayralar oltingugurt tomchilari to`tadi. fototrof bakteriyalar
bakterioxlorofill va karatinoid pigmentlarga ega bo`lib fotosintez jarayonini
amalga oshiradi. Atmosfera molekulyar azotini o`zlashtirishi mumkin. Bular
aksari suv muhiti bakteriyalaridir.
Oxyphotobacteria
sinfiga
Cyanobacteriales
(sianobakteriyalar)
va
Prochlorales (proxlorofitlar) tartiblari kiradi. Fotosintez jarayonida molekulyar
kislorod ajraladi.
Sianobakteriyalar hujayrasi kapsula bilan qoplangan bo`lib sirpanib
harakatlanadi. Sianobakteriyalar bir hujayrali, koloniyali va ko`p hujayrali
organizmlarda hujayralari sharsimon, tayoqchasimon yoki buralgan shaklga e ga.
Ko`p hujayralilari ipsimon shaklga ega bo`lib trixoma deb ataladi.
Sianobakteriyalarning 1000 dan ortik turlari mavjud bo`lib ular tuproqda, suv
havzalarida keng tarkalgan.
Proxlorofitlar — bir hujayrali, simbioz holda yashovchi sharsimon
organizmlaridir. Sianobakteriyalardan tarkibidagi pigmenti va fotosintetik
23
apparatini ichki tuzilishi bilan farq taqsim
Do'stlaringiz bilan baham: |