Mikrobiologiya va immunologiya


-savol. Qo’lannadigan biopreparatlar



Download 13,45 Mb.
bet98/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

3-savol. Qo’lannadigan biopreparatlar.
Biopreparatlar - giperimmun qon zardoblari, gamma globulin, polivalent zardoblar, konsentrlangan, assosirlangan vaksinalar, koliprotektant, koli faglar qo’llaniladi.
Yangi tug’ilgan buzoqlarga kasallikning oldini olish maqsadida giperimmun zardob yoki gamma-globulin yuboriladi (teri ostiga, myshaklar orasiga, tomirga, og’iz orqali).
Bo’g’oz sigirlarni emlash ham katta samara beradi. Bunda buzoq uvuz bilan maxsus antitelolar oladi. Kolostral immunitet ham zardobli immunitet kabi 2-3 hafta saqlanadi. Mamlakatimizda E. soli ning ko’pgina shtammlari va bir nechta salmonella shtammlari kulturalarini formalin bilan o’ldirilgan koli-salmonellyozli vaksina ishlab chiqilgan. Bug’oz sigirlar ikki marta emlanadi orasi 10-14 kun. VIEV koliprotektanti (qizdirish yo’li bilan o’ldirilgan esherixiyalar) buzoqlarga birinchi emdirishda uvuz suti bilan bir necha bor berish taklif etilgan.
Polivalentli koli-gertner-fag ham muvoffaqiyat bilan buzoqlarga enteral, teri ostiga, mo’shaklar orasiga yuborib qo’llaniladi. Antibiotiklar yoki sulfanilamid, nitrofuran preparatlar bilan qo’llanilganda uning samaradorligi yanada ortadi.
O’zbekistonda VITI da buzoqlar kolibakteriozi va salmonellyoziga qarshi assosiirlangan radiovaksina, giperimmun zardob ishlab chiqilgan. Ular O’zbyokistonda buzoqlarda ko’p uchrab turadigan E. coli va salmonella ning mahalliy shtammlaridan tayyorlangan bo’lib, katta muvoffaqiyat bilan ishlatilmoqda.
Cho‘chqa bolalari, buzoq va qo‘zilar kolibakte-rioziga qarshi polivalent gidrooksidaluminli formoltiomersal vaksina.
Mo‘ynali hayvonlar salmonelloz va kolibakterioziga qarshi polivalent vaksina.
VIEV koliprotektani.
Qishloq xo‘jalik hayvonlari kolibakterioziga qarshi polivalent zardob.
Agglutinatsiyalovchi O – koli zardoblar.
Antiadgeziv koli: zardoblar – K 88, K 99, 987 R, A20, F41.
O‘zbekiston veterinariya ilmiy tekshirish institutida mahalliy shtammlardan qo‘zilar, cho‘chqa bolalari va buzoqlar kolibakterioziga qarshi konsentrlangan gidrooksidaluminli vaksina.
Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz va salmonelloz kasalliklariga qarshi assotsiatsiyalangan gidrooksidaluminli vaksina.
Qishloq xo‘jalik hayvonlarining pasterelloz, salmonelloz va kolibakterioziga qarshi polivalent radiovaksina. Immunitet 6 – 12 oy davom etadi.
Qishloq xo‘jalik hayvonlarining pasterelloz, salmonelloz va kolibakterioziga qarshi polivalent giperimmun qon zardobi ishlab chiqilgan.
Buzoqlar salmonelloziga qarshi konsentrlangan formolachchiqtoshli vaksina.
Cho‘chqa bolalari salmonelloziga qarshi vaksina – 50% S.chole-raesuis, 25% S.typhimurium, 25% S. dublin shtammlaridan tayyor-langan.
Cho‘chqalar salmonelloziga qarshi quruq tirik vaksina S.chole-raesuis ning TS-177 Shtammidan tayyorlangan.
Buzoqlar salmonelloziga qarshi vaksina S. dublin №6 shtammdan tayyorlangan.
Qo‘ylar salmonelloziga qarshi polivalentli formoltiomersalli vaksina.
Suvda suzuvchi parrandalar salmonelloziga qarshi quruq tirik vaksina.
Buzoq, cho‘chqa bolalari, qo‘zi va parrandalarning salmonelloziga qarshi polivalent antitoksinli zardob. S. Dublin, S.typhimurium, S. abortus ovis S. choleraesuis shtammlaridan iborat antigen bilan immunlangan hayvonlarning qonidan olinadi.
Buzoqlar salmonellozi va kolibakterioziga qarshi bakteriofag hamda parranda pulloroziga qarshi bakteriofaglar. Salmonelloz va kolibakterioz bilan kasallanib, sog‘aygan hayvonlardan ajratib olingan faglardan tayyorlanadi.
O‘zbekiston veterinariya ilmiy tadqiqot institutida mahalliy shtammlardan buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz va salmonellozlariga qarshi assotsiatsiyalangan gidrooksidaluminli vaksina va immun zardob yaratilgan.
Serologik tekshirish uchun salmonelloz antigeni – inaktivlangan salmonellalardan iborat gomogen suspenziya (miqdori 109/ml), probir-kali AR uchun.
Pullorozli eritrositar antigen.
Parranda pullorozini tekshirish uchun rangli antigen. Formalin bilan o‘ldirib, kristallviolet bilan bo‘yalgan salmonellalarning gomogen suspenziyasi. Qon tomchili agglutinatsiya reaksiyasida parrandalar tirik vaqtida salmonellozga tekshirish uchun ishlatiladi.
Fluoressensiyalovchi salmonellozli O- zardoblar.
Salmonellozli O- kompleksli hamda monoreseptorli O- va H- agglutinatsiyalovchi zardoblar to‘plami. Hayvonlar, hayvonlar mahsu-lotlari va tashqi muhit obyektlaridan ajratiladigan 33 ta salmonella guruhini buyum oynasida AR usulida ekspress tekshirish uchun qo‘llaniladi.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish