Mikrobiologiya va immunologiya



Download 13,45 Mb.
bet234/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

2.Bilvosita usulda avval antigen gomologik fluoressensiyalanmaydigan antitelolar bilan ishlov beriladi (1- bosqich).
Antigen + antitelo kompleksi hosil bo'ladi, uni topish uchun gomologik antitelo olingan hayvon turiga qarshi fluoressensiyalanadigan zardob ishlatiladi (2 - bosqich). Masalan, tovuqlardan olingan antitelolar ishlatilgan bo'lsa, unda tovuq globulinlariga qarshi fluoroxrom bilan belgilangan antitelolar qo'llaniladi.
Ushbu usulda fiksasiyalangan preparatga gomologik fluoressensiyalanmaydigan zardob yoki gamma-globulin quyiladi va 30 daqiqa davomida 370C haroratda turadi. Bog'lanmagan antitelolar yuviladi. Preparatga turga qarshi antitelolari bor kon'yugat quyib, 20 - 60 daqiqa davomida 370C haroratda nam kamerada saqlanadi. Preparatni fizioiogik eritma (pH 7,2 - 7,5) bilan yuvib, havoda quritiladi, maxsus immersiya yog'i bilan mikroskopda ko'riladi.
Preparatga turga qarshi antitelolari bor kon'yugat quyib, 20 - 60 daqiqa davomida 370C haroratda nam kamerada saqlanadi. Preparatni fiziologik eritma (pH 7,2 - 7,5) bilan yuvib, havoda quritiladi, maxsus immersiya yog'i bilan mikroskopda ko'riladi.
Bevosita FAU usulida hujayra kulturasida (a, b, v, g) va zararlangan sichqon miyasidan tamg'ali preparatda (d,ye) quturish virusi antigenini aniqlash Bilvosita usul qator afzalliklarga ega. U faqat antigenni topish uchungina emas, balki antitelolarni aniqlash va titrlash uchun ham qo'llaniladi. Bu usul sezuvchanligi bevosita usuldan bir necha bor kuchli. Chunki antigenning har bir molekulasi antiteloning birdan ortiq molekulasini bog'laydi. Tekshirilayotgan antigen bilan birikkan antitelolar o'z navbatida fluoressensiyalanadigan antiglobulinlar uchun antigen hisoblanib, ko'proq birikadi. Bundan tashqari bu usulda turli virus antigenlarini aniqlash uchun bitta fluoressensiyalanadigan zardob ishlatiladi. Biofabrikada chiqarilgan liofillangan kon'yugatlar 1 yoki 0,5 ml distillangan suvda eritiladi. Keyin ampula yorlig'ida ko'rsatilgan darajagacha fiziologik eritma bilan suyultiriladi. Eritiigan kon'yugatni 2 - 4°C haroratda 1 - 2 oy davomida saqlash mumkin.
Bilvosita usulning bir qancha modifikasiyalari ishlab chiqilgan. Komplement ishtirokidagi usul juda katta ahamiyatga ega. Uning mohiyati preparat avval inaktivlangan fluoressensiyalanmaydigan maxsus zardob va dengiz cho'chqasi komplementi bilan ishlov berilib, keyin antigen + antitelo + komplement komlpeksini aniqlash uchun ustiga fluoressensiyalanadigan antikomplementar zardob quyishdan iborat. Ushbu usul avvalgisidan ham ko'proq sezuvchan va turli virus antigenlarini aniqlash uchun faqat bitta fluoressensiyalanadigan antikomplementar zardob kerak bo'ladi. Bilvosita usulning har ikkala varianti ham antigenni topish va farqlash, maxsus antitelolarni aniqlash va titrlash uchun qo'llaniladi. Bu usulda virusli infeksiyalar diagnostikasi oddiy va tez o'tkaziladi. FAU virusning hujayralar bilan o'zaro ta'siri jarayoni morfologiyasini, hujayrada virus antigenlarining to'planish dinamikasini, virusli infeksiyalar patogenezini o'rganishga imkon yaratadi. Ayniqsa aralash va surunkali infeksiyalarni o'rganishda katta ahamiyatga ega.
FAU diagnostikaning ekspress - usuliga kiradi, chunki qisqa vaqtda (bir necha soat) eng kam miqdordagi antigenni aniqlashga imkon beradi. Ammo, FAU ba'zan laboratoriya diagnostikasida qoniqarsiz natijalar ham beradi. Reaksiyaning maxsuslik darajasini ko'rsatish qiyin. Nospesifik reaksiyalarning sababi to'liq o'rganilmagan. Aniqlanganlari quyidagilar: 1) kon'yugatda oqsillar bilan birikmagan fluoroxromning bo'lishi; 2) kon'yugatda geterologik antitelolar bo'lishi; 3) preparatda belgilangan oqsillarning nospesifik adsorbsiyasi.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish