«Brutsellozni laboratoriya diagnostikasi» mavzusidagi
laboratoriya ishining (2-soat)
p a s p o r t i
mashg’ulotning maqsadi: Brutsellozga serologik usullarda diagnoz qo’yish.
Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar: Rozbengal namuna uchun brusellyoz antigeni, plastinalar, sut halqali AR uchun brusellyoz antigeni, ijobiy, normal, sinovli qoramol qon zardobi, yangi sog’ilgan sut probirkada, tayyor bo’yalgan surtmalar, Paster pipetkalari, qaychi, skalpel, pinset, predmet oynachalari, pat.material, kyuveta, bo’yoqlar komplekti, mikroskop.
Brusellyozga laboratoriyada diagnoz qo’yish uchun quyidagi tekshirish usullari qo’llaniladi:
Mikroskopik
Bakteriologik
Biologik
Serologik tekshirish
Adabiyotlar:
1. Shapulatova Z.J. Mikrobiologiya fanidan ma’ruzalar matni. Samarqand, 2017 y.
2. Shapulatova Z.J. Mikrobiologiya fanidan o’quv qo’llanma (amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari). Toshkent, 2013 y.
3. Carter. G. R darla J. Wise Essentials of Veterinary Bakteriology And Mycology Sixth Edition 2004 y.
4. кисленко В.Н., Колычев Н.М., Суворина О.С. Ветеринарная микробиология и иммунология. Часть 3, М.2007 г.
5. кисленко В.Н., Колычев Н.М., Ветеринарная микробиология и иммунология. Часть 1, Обшая микробиология. М.2006 г.
Tuzuvchilar:
Dotsent Shapulatova Z.J.
Assistent Ruzikulova U.X.
7-Mavzu: Brutsellozni laboratoriya diagnostikasi.
Mashg’ulotning maqsadi: Patmaterial olish va labaratoriyaga yuborish qoidasini o’rganish. Patmaterialni brusellyozga bakteriologik, serologik usullarda tekshirishni o’zlashtirish.
Brusellyoz qo’zg’atuvchisini birinchi marta 1886 yilda ingliz mikrobiologi David Bryus o’lgan odamning talog’idan ajratdi va Micrcoccus melitensis deb atadi.
Brusellyoz - hayvon va odamlarda surunkali kechadigan yuqumli kasallik. Kasallik odatda klinik belgisiz kechadi, ba’zan-homila tashlash, bursit, orxit, epidedimit, endometrit kabi klinik belgilar namoyon bo’ladi.
Brusellyoz enzootiyaning boshlanishida hayvonlarda yalpi homila tashlash, buning oqibatida yo’ldoshining tezda ajralmasligi, endometrit, bepushtlik bilan namoyon bo’ladi. Ko’p hollarda klinik belgilarsiz o’tadi.
Brusellalarning bir tur hayvondan boshqa turiga o’tishi – migrasiyasi, muhim epizootologik va epidemiologik ahamiyatga ega. Masalan Br. melitensis qoramol va cho’chqalarda topilgan, shuning uchun bunday hayvonlar odamlarning brusellyoz bilan kasallanishida manbai bo’lib qoladi (Ye.V. Kozlovskii, 1954-1956 va boshqalar). Shuningdek, Br.suis qoramol va qo’y, echkilarga, Br abortus qo’y, echki va cho’chqalarga migrasiya qilishi aniqlangan.
Odam hamma turdagi brusella mikroblari bilan kasallanishi mumkin, ammo qo’y-echki brusellalari odamlar uchun nihoyatda yuqumli bo’lib, kasallik og’ir kechadi.
Qo’zg’atuvchisi-Brusella avlodiga mansub bo’lib, 6 ta turdan iborat:
1.melitenzis (qo’y-echkilarda)
2.abortus (qoramollarda)
3.suis (cho’chqalarda)
4.ovis (qo’chqorlarda)
5.canis (itlarda)
6.neotoma (kalamushlarda)
Brusella ovis cho’chqalarda yuqumli epidedimit kasalini chaqiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |